Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Makromarketing va mikromarketing. 
 
Marketingning  tarkibiy  tuzilishi  haqida  fikr  yuritilganda    uning  tarkibida  mikromarketing, 
mikromarketing turlari mavjudligini  alohida ta’kidlash zarur.  
Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritdi va ularni xo‘jalik faoliyati 
bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bilan  bir qatorda foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan madaniyat, 
ijtimoiy, siyosiy va shunga o‘xshash tashkilotlarga nisbatan ham qo‘lladi. 
Mikromarketing  -  korxonaning  ishlab  chiqarishni  shakllantirish,  tovarlar  va  xizmatlarning 
tayyorlovchidan iste’molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
faoliyatdir.  Uning  asosiy  vazifasi  talabni  qondirish  va  ayni  paytda  korxona  oldiga  qo‘ygan 
maqsadlarga erishishdir.  Boshqacha  aytganda bu   ijtimoiy iqtisodiy  jarayon bo‘lib, mahsulot  yoki 
xizmatlarga  bo‘lajak    talab    tarkibini  o‘rganish,  shuningdek  bu  talabni,    taklifni  shakllantirish 
iste’molchiga axborot berish yo‘llari bilan qondirish maqsadini ko‘zlaydi. 
Shunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan iboratdir.  
Makromarketing  faoliyati  korxona  darajasidan  chetga  chiqadi  va  turli  birlashmalar, 
konsepsiyalar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga oshiriladi. 
Yanada kengroq ma’noda makromarketing tushunchasi mamlakatning jami xo‘jaligi miqyosida  
mahsulotlarni  yaratish   va uning pirovard iste’molchisi tomon kuchish harakati hayotiy jarayonda 
qatnashadigan faoliyati va muassasalarni birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim  barcha ishlab chiqarish 
savdo,  transport,  reklama  axborot  va  boshqa    marketing  vazifalarini  bajaradigan  korxona  va 
xizmatlarni qamrab oladi. 
Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat bo‘yicha moddiy boyliklar va xizmatlar oqimini 
boshqarishni tartibga solishdan iborat.  
Turli  darajadagi  boshqarish  vositalari  va  usullari  o‘zaro  farq  qilinadi.  Korxona  darajasida 
asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq darajalarda investitsiya siyosati 
narxlarni  boshqarish,  ilmiy  tadqiqot    va  tajriba-konstruktorlik  ishlari  va  shunga  o‘xshash  faoliyat 
ko‘rsatadi. 
Marketingni  qo‘llash  sohalari  va  obyektlariga  muvofik  quyidagi  holatlarga  ko‘ra    guruhlash 
mumkin: 
1. Ichki marketing; 
2. Tovarlar buyicha marketing; 
3. Eksport marketingi; 
4. Import marketingi; 
5. Ilmiy texnik marketing; 
6. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ (investitsiya) kiritish marketingi; 
7. Xalkaro marketing; 
8. Notijorat faoliyati sohasidagi marketing; 
9. Ijtimoiy g‘oyalar marketingi; 


1.  Ichki  marketing  qoidaga  ko‘ra  bir  tomon  doirasida  tovar  va  xizmatlarni  sotish  masalalari 
bilan bog‘liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga keladi, yukori natijalarga erishgandan 
keyin esa, ya’ni raqobatbardosh mahsulotlarini yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi. 
2.  Tovarlar  va  xizmatlar  marketingi  (tovarlar  bo‘yicha  marketing)  samarali  sotishni  tadqiq 
qilish va tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini ta’minlashni 
ko‘zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat tovarlari marketingi, iste’mol tovarlari va xizmatlar marketingi 
ishlab chiqilgan. 
3.  Eksport  marketingi  yangi  xorijiy  sotish  bozorlarini  quyidagicha  tadqiq  qilish,  firma 
mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni ko‘zda tutadi. 
4.  Import  marketingi  yukori  samarali  xaridorlarni  ta’minlash  uchun  bozor  tadqiqotlarining 
alohida shakllarini ko‘zda tutadi. 
5. Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: patentlar va litsenziyalarni 
sotish  va  xarid  qilish  qismidagi  marketing  tadqiqotlari,  fan-texnika  taraqqiyoti  yo‘nalishlarini 
o‘rganish, tegishli tomonlar patent huquqlari masalalari va boshqalar bilan bog‘liq. 
6. To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kiritish marketingi o‘z ichiga xorijiy faoliyatni tadqiq qilish, 
yangi  korxona  ishining  imkoniyatlari  (biznes-reja  turlari),  uning  sotish  faoliyatini  chuqur  va  har 
taraflama  tahlil  qilishni,  hamda  kompaniya  manfaatlari  va  korxona  qurilgan  mamlakat  qonunini 
hisobga olgan holda tashqi bozorda sotish tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. 
7. Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham ataydilar, mahsulotni 
xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko‘zda tutadi. U ishlab chiqarish, sotish vazifalarining 
juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan ko‘p sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy 
kompaniyalarga javob beradi. 
8.  Notijorat  faoliyati  sohasidagi  marketing  asosan  alohida  tashkilot  yoki  alohida  shaxsga 
nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bog‘liq. 
9.  Ijtimoiy  marketingni  qo‘llashning  eng  muhim  sohasi  rivojlanadigan  mamlakatlarda  oilani 
rejalashtirish,  qariyalar  va  kasallarga  e’tiborni  jalb  kilish  ayrim  ijtimoiy  zaruriyatlarga  xayriya 
qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish