Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


Marketingni ichki va tashqi sohasi tushunchalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Marketingni ichki va tashqi sohasi tushunchalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi. 
 
Marketingning atrof-muhiti, umuman bozor konyunkturasiga va xususan  firma faoliyati, shu 
jumladan, bozorning boshqa subyektlariga bevosita ta’sir etuvchi kuchlar va omillar yig‘indisidan 
iborat.  Muhit  doimiy  o‘zgarishda,  ya’ni  u  yoki  bu  salbiy  yo  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkinligi 
sababli, uni tizimli o‘rganish, alohida jarayonlarni va ularning o‘zaro aloqasini kuzatish zaruriyati 
marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir bo‘lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas 
o‘zgarishiga e’tibor bermaslik yoki nazoratni susaytirish firmaning va bozorning boshqa subyektlari 
ishida juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxona marketologlarining muhit 
doirasida  bo‘layotgan  o‘zgartirishlarni  alohida  va  mas’uldorlik  bilan  kuzatib  borishlari  nazarda 
tutiladi. Boshqalarga qaraganda ular yangi tendensiyalarni kuzatib qulay imkoniyatlarni topishlari 
lozim,  chunki  ular  ixtiyorida  maxsus  marketing  instrumentlari,  ya’ni  marketing  tadqiqotlari 
mavjuddir. 
Odatda, makro va mikro-muhit farqlanadi. Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan 
tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan iborat. Bu yerga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, 
demografik, geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa harakterdagi 
ta’sirlarning keng spektri kiradi. Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari firmaning faoliyati va 
uning  imkoniyatlariga  bevosita  tegishli.  Mikro-muhitning  asosiy  qismi  firma  boshqaruvining 
nazorati ostida bo‘ladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy 
darajasi  va  marketing  madaniyati,  maqsadli  bozorlar  (segmentlar)ni,  tovarlar  harakatining 
yo‘llarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini yechish). 
Shunday qilib, mikro-muhitni o‘rganish bozorning aniq subyektiga nisbatan qo‘llanilgan holda 
amalga oshiriladi, undan farqli ravishda makro-muhit esa marketing va bozor subyektlari, mamlakat 
va xalq iste’moli tovarlari sohalari uchun umumiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 


Xalqaro marketing muhitining xususiyatlari asosan ayirboshlash (almashinish) jarayonlarini 
murakkablashtirayotgan  to‘siqlarni  yo‘qotishdan  iborat.  Turli  xil  iqtisodiyotlar  va  mamlakatlar 
o‘rtasida  qiyosiy  ustunliklarni  qayta  taqsimlash  ro‘y  beradi.  Sanoati  rivojlangan  mamlakatlar 
(dastavval,  JanubiSharqiy  Osiyoda),  shuningdek,  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlari  ko‘rinishidagi 
yangi raqiblar paydo bo‘ldi. Ular ilgari g‘arbiy mamlakatlar hukmron bo‘lgan iqtisodiyotning qator 
bazaviy  sektorlariga  (po‘lat,  kimyo,  to‘qimachilik  mahsulotlari)  nisbatan  qulay  o‘rinlarga  chiqib 
oldilar.  Yevropa  hamjamiyati  asosiy  sanoat  mahsulotlari  (avvalo  xom  ashyo  va  materiallar) 
bozorlarida  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarining  faolligini  seza  boshladi.  An’anaviy  rivojlangan 
mamlakatlar uchun xos bo‘lgan raqobat ular chegaralaridan chiqib ketib, haqiqiy global tus oddi. 
Sharqiy  Yevropa  mamlakatlari,  shu  jumladan,  MDH  ga  nisbatan  G‘arb  mamlakatlari 
tomonidan uchta asosiy marketing konsepsiyasi qo‘llaniladi: 
1.  G‘arbda  ishlab  chiqarish,  Sharqda  sotish  —  bu  konsepsiya  Sharqiy  Yevropa  va  MDH 
mamlakatlarida  haligacha  mavjud  bo‘lgan  tovar  defitsitiga  asoslanadi  va  foydani  olib  chiqish  va 
valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina muammolarga qaramay keng tarqalgan. Bu 
yerda  G‘arb  ishlab  chiqaruvchilari  va  vositachilari  tomonidan  nafaqat  tovarlarning  va  ishlab 
chiqarishning yuqori sifati,  balki marketing afzalliklari ham maydonga chiqadi. 
2. Sharqda ishlab chiqarish, G‘arbda sotish — bu konsepsiya ko‘pgina G‘arb kompaniyalari 
uchun  eng  yaxshi  imkoniyatlarni  taqdim  etadi.  Bu  kompaniyalar      Sharqiy  Yevropa  va  MDHdan 
G‘arbda sotish uchun ishlab chiqarish ba’zasi sifatida foydalanish,  malakali Sharqiy Yevropa ish 
kuchini  ekspluatatsiya  qilish  va  mavjud  marketing  kanallari  yordamida  mahsulotlarni  sotish  kabi 
yo‘llar bilan ta’minlangan. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro savdo tizimiga kirish uchun bozorlarni 
ochish  emas,  balki  yangi  industrial  mamlakatlar  singari  G‘arb  firmalari  bilan  kurasha  oladigan 
yangi raqobatbardosh sohalarning paydo bo‘lishi eng muhim ahamiyat kasb etadi. 
 3. Sharqda ishlab chiqarib, shu yerning o‘zida sotish — bu konsepsiya G‘arb biznesi uchun 
ma’lum  qiyinchiliklar  bilan  amalga  oshiriladi,  chunonchi:  yuqori  sifatli  xom  ashyoning 
yetishmasligi, 
byurokratik 
kelishuvlarning 
murakkabligi, 
narxlashtirish 
mexanizmining 
samarasizligi va, ayrim hollarda, bozor imkoniyatlaridan foydalanishda ko‘zda tutib ish qilishning 
nuqsonlari.  Bunga  qaramay,  ishlab  chiqarish  va  sotish  strategiyasi  ko‘pgina  G‘arb  firmalari 
tomonidan faol amalga oshirilyapti. Masalan, Markaziy Osiyo bozori o‘z miqyoslari bilan eng yirik 
ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan, kir yuvish vositalari, tish pastasini chiqaradigan «Prokter end 
Gembl» va «Koka-kola» kompaniyalarini, «Nestle» konserni va boshqalarni qiziqtirib qoldi. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish