Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Loyihalarning tarkibiy qismi



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/234
Sana06.06.2022
Hajmi4,03 Mb.
#642416
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   234
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Loyihalarning tarkibiy qismi.
Ko’pgina rivojlanish loyihalari, faoliyatning turli sohalari yoki 
turlariga mansub bo’lgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’lishlari mumkin. Misol uchun, qishloq 
xo’jalik ishlab chiqarishi bilan bog`liq loyiha, sug`orish va drenaj tizimlarini o’zlashtirish, turli xil 


153 
mahsulotlarni ishlab chiqarish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga ko’maklashish va h. o’z ichiga 
olgan bo’lishi mumkin. 
Tahlilning birinchi darajali vazifasi – loyihaning turli tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabatlarni 
aniqlashtirishdir. Maktab va tibbiyot muassasalarini barpo etish qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining 
unumdorligiga qandaydir munosabatda bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin. 
Agarda loyiha tarkibiy qismlari o’zaro qalin bog`langan bo’lsa, individual tarzda xarajat va 
daromadlarni taqsimlashning ma'nosi yo’q; shuning uchun ham turli xil tarkibiy qismlar uchun 
daromadlilik stavkalarini alohida-alohida hisoblash kerak emas. Bunday holatda butun loyiha uchun 
sof samarani hisoblash, va keyinchalik, qaysi bir tarkibiy qism hisobiga uni oshirish mumkinligini 
ko’rib chiqish lozim. 
Agarda loyiha tarkibiy qismlarining o’zaro bog`liqlik darajasi past bo’lsa, ularning har birini 
alohida tahlil qilish lozim. Buning uchun moliyaviy tavsiflardan ham foydalaniladi, bunda turli xil 
tarkibiy qismlar olinayotgan foyda nuqtai nazaridan o’zaro o’rinbosuvchi, to’ldiruvchi yoki mustaqil 
bo’lishlari mumkin. 
Agarda loyihalarni birgalikda amalga oshirishning umumiy foydasi, ularni alohida amalga 
oshirishda olinadigan foydadan kam bo’lsa, bunday loyihalar 
o’zaro o’rinbosuvchi
deb, aks holda 
o’zaro to’ldiruvchi
loyihalar deb ataladi. Agarda loyiha mustaqil tarkibiy qismlardan tashkil topgan 
bo’lsa, unda har bir tarkibiy qismni alohida amalga oshirishdan olingan foyda summasi, loyihaning 
umumiy foydasiga teng bo’ladi. Xarajatlar nuqtai nazaridan ham o’xshash tahlil amalga oshirilishi 
mumkin. 
Ayrim ko’p qismli loyihalar, xarajatlar nuqtai nazaridan o’zaro to’ldiruvchi, foyda nuqtai 
nazaridan esa o’zaro o’rinbosuvchi bo’ladilar. Bunda moliyaviy tahlil, ko’p qismli loyihani amalga 
oshirishdagi xarajatlarning tejalishi umumiy loyiha samaradorligiga qay tarzda ta'sir ko’rsatishini aks 
ettirishi lozim. Bundan tashqari, ko’p qismli loyihalarning amaliy bahosi tahlilning texnik, texnologik, 
tijorat va boshqa jihatlarini ham e'tiborga olishi lozim. 
Joylashuv. 
Loyiha joylashuviga ta'sir etuvchi omillar ham juda xilma-xil bo’lib ularni ham 
prognoz qilish lozimdir. Tabiiyki, so’nggi natijani maksimumga olib keluvchi joylashuv eng qulay 
hisoblanadi. Ko’pgina hollarda joylashuvni tanlash, turli xil fikrlar o’rtasida barchani qoniqtiradigan 
qarorga kelish zaruriyati bilan ifodalanadi. Har bir qaror o’z ustunlik va kamchiliklariga ega, ularni 
baholaydilar va eng yaxshisi tanlanadi. 
Turli xil variantlar, quyidagilarning yaqinligi va qiymatini hisobga olgan holda ko’rib chiqiladi: 
- qulay fizik tavsiflarga (yer tuzilishi, qurilish uchun sharoitlar va h.) ega yer uchastkasi;
- xom-ashyo va materiallar bozori; 
- loyiha bo’yicha ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan, mahsulot bozori; 
- energiya manbalari; 
- ishlab chiqarish infratuzilmasi (suv, elektr uzatish liniyalari, yoqilg`i, aloqa vositalari, avtomobil 
va temir yo’llar va h.); 
- ijtimoiy infratuzilma (bolalar bog`chalari, maktablar, do’konlar, kasalxonlar va h.); 
- ishchi kuchi (malakali, past malakali, malakasiz). 
Tanlangan variant loyihaning barqaror amalga oshirilishini va minimal xarajatlar bilan maksimal 
daromadga erishishini ta'minlashi lozim. 

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish