ko‘rib chiqamiz. Buxgalteriya hisobini tashkil etish masalalari 4.5 paragrafda batafsil bayon
qilingan).
Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti boshqaruv apparatiga ishonchli va zarur
axborotlarni kam xarajat qilgan holda, o‘z vaqtida taqdim etish vazifasiga bo‘ysundirilgan bo‘lishi
lozim. Ushbu vazifani hal etish qator omillar bilan ta'minlanib, ulardan har biri qaror topgan an'analar,
korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlari va hisob ishlarining xajmidan kelib chiqadi.
Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti uni boshqaruv hisobi va moliyavyi hisob quyi
tizimlariga ajratishni nazarda tutadi. Ular o‘rtasida keskin chegara bo‘lmasa-da, bunday ishni amalga
oshirish zarur. U hisob axborotlarining alohida foydalanuvchilar o‘rtasida aniq yo‘nalishini
belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini shakllantirish bo‘yicha boshqaruv va korxonani
strategik rivojlantirish asosini yaratadi. Ushbu axborot faqat korxona menedjyerlariga ruxsat etiladi.
Boshqaruv hisobini tashkil etish tartiblarini korxona mustaqil belgilaydi.
Moliyaviy hisob u yoki bu darajada tartibga solinadi. Shuning uchun ma'lum talablar va
tamoyillar tizimi ishlab chiqiladi.
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish va amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi uchun
uning rahbari javobgar. Rahbar hisob siyosatini ishchi schotlar rejasini, dastlabki hujjatlar shakllarini
(namunaviy shakli bo‘lmagan xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun), inventarizatsiya
o‘tkazish tartibini, hujjatlar aylanish qoidalarini va buxgalteriya hisobini tashkil etish maqsadida
zarur bo‘ladigan tartib-qoidalarni tasdiqlashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, korxona
rahbari buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yuritish huquqiga ega. Lekin, qaysi holatlarda ushbu
funksiyani rahbarning o‘zi bajarishi aniq ko‘rsatilmagan, ammo bunday variant kichik biznes
korxonalari, masalan, dehqon xo‘jaliklari uchun qulay.
Bosh buxgaltyer boshqaradigan mustaqil buxgalteriya xizmati tashkil etilishi ham mumkin.
Bunday xizmat korxonaning boshqa bo‘linmalari kabi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Bosh buxgaltyer bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi va hisob siyosatini tashkil etish,
buxgalteriya hisobini yuritish, to‘liq va ishonchli moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun
javobgar.
Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashgan buxgalteriya, ixtisoslashgan
mustaqil tashkilot yoki tegishli oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega buxgaltyer tomonidan
yuritilishi mumkin.
Har qanday holatda buxgalteriya hisobining u yoki bu tashkiliy shaklini tanlash hisob
jarayonini oqilona tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Buning ustiga, agar oldin hisob
texnologik jarayoniga EHMni keng qo‘llashga, markaziy buxgalteriya tashkil etish abzal hisoblansa,
hozirgi vaqtda vaziyat boshqacha markazlashmagan buxgalteriya hisobi katta imkoniyatlarga ega.
Asosiy masala – buxgaltyerning ish joyini avtomatlashtirish. Boshqa omillar: hisob ishlarining hajmi,
xodimlar soni ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulotlarning nomenklaturasi, mol yetkazib
beruvchilar, haridorlar va shu kabilarning soni katta ahamiyatga ega emas.
Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ularning ish yuklamasi, boshqaruv tizimidagi
pog‘onalar o‘rtasida to‘g‘ri va teskari o‘zaro aloqalarhisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish
vositalari va kanallaridan kelib chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim.
Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi: predmetli; chiziqli; funksional.
Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlarning bo‘limlarning nomlanishiga muvofiq
taqsimlashni nazarda tutadi:
-
hisob-kitob bo‘limi;
-
ishlab chiqarish bo‘limi;
-
hisob bo‘limi;
-
sotish bo‘limi;
-
umumiy bo‘lim.
Albatta, konsalidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar aksiyadorlar hisoblanadi.
Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholash
imkoniga ega emas. Chunki bosh kompaniyaning balansi faqat sho‘ba korxonalariga quyilmalar
summasidan iborat va ushbu quyilmalarning jami real qiymatini va mos ravishda aksiyadorlarning
ulushini aks ettirmaydi. Aksiyadorlar uchun ularning quyilmalarini obektiv aks ettiradigan, bosh
kompaniyaning barcha sho‘ba va tobe korxonalari faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan
obektiv axborotlar zarur.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish hamda taqdim etishga
qadar barcha ishlarni mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda moddiy-texnik ta'minlash -
Do'stlaringiz bilan baham: |