Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


-rasm. Buxgalteriya hisobining hisob registrlaridan foydalaniladigan sodda shakli



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 

4.7-rasm. Buxgalteriya hisobining hisob registrlaridan foydalaniladigan sodda shakli 

5  MAVZU. KORXONANING HISOB SIYOSATI VA BUXGALTERIYA HISOBINI 

TASHKIL ETISH  

 

5.1. Hisob siyosatining mohiyati, vazifalari, shakllantirish bosqichlari va tamoyillari 

Hisob  siyosati  buxgalteriya  hisobini  yo‘lga  quyish  usullarining  tartiboti  bo‘lib,  ustav  va 

boshqacha  faoliyatning  iqtisodiy  hodisalar  faktini  dastlabki  kuzatish  (hujjatlashtirish  va 

inventarizatsiya), qiymat o‘lchovida ifodalash (baholash va Kalkulyatsiya), joriy guruhlash (schotlar 

va  ikkiyoqlama  yozuB)  va  yakuniy  umumlashtirish  (balanslashtirish  va  hisobot)dan  iborat. 

Buxgalteriya hisobining bir xildagi metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati 

turlicha  bo‘ladi.  Baholash,  Kalkulyatsiya,  xo‘jalik  operatsiyalarini  aks  ettirish  tartibi  va 

hokazolarning muayyan usullarini tanlash imkoniyati korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi 

tanlash yerkinligini bildiradi. 

Hisob siyosatining bosh vazifasi – korxona faoliyatini  yuqori darajada obektiv aks ettirish, 

uning  faoliyatini  samarali  boshqarish  maqsadida  to‘liq  va  ishonchli  axborotlarni  shakllantirishdan 

iborat. 

Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta'minlashi lozim: 

-

 

xo‘jalik  faoliyatining  barcha  faktlarini  buxgalteriya  hisobida  to‘liq  aks  ettirish  (to‘liqlik 



tamoyili); 

-

 



xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z vaqtida aks ettirish 

(o‘z vaqtidalik tamoyili); 

-

 

mumkin  bo‘lgan  daromadlar  va  aktivlarga  qaraganda  xarajatlar  va  majburiyatlarni 



buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin rezyervlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan 

(ehtiyotkorlik tamoyili); 

-

 

xo‘jalik  faoliyati  faktlarini  nafaqat  ularning  huquqiy  shaklidan  kelib  chiqqan  holda,  balki 



iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks 

ettirish (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili); 

-

 

har  oy  oxiriga  sintetik  hisob  schotlari  bo‘yicha  qoldiq  va  oborotlarning  analitik  hisob 



ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid bo‘lmaslik tamoyili); 

-

 



korxonaning  hajmi  va  xo‘jalik  faoliyatining  shart-sharoitlaridan  kelib  chiqqan  holda 

buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili). 

Hisob  siyosati  buxgalteriya  hisobining  milliy  standartlarida  belgilangan  hisob  yuritish 

usullaridan maqbulini tanlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Agar, buxgalteriya hisobi milliy standartida 

qandaydir  obekt  uchun  hisob  yuritish  usuli  belgilanmagan  bo‘lsa,  korxona  o‘zi  ishlab  chiqishi 

mumkin.  Har  ikkala  holda  hisob  siyosatini  tashkil  etishda  korxonada  asosiy  talab  –  buxgalteriya 

hisobini  yuritish  usulini  tanlash  yagona  tamoyilga  asoslanishi  lozim.  Bu  quyidagilarni  bildiradi: 

tanlangan  hisob  yuritish  usulining  korxonaning  barcha  tarkibiy  bo‘linmalari,  jumladan  mustaqil 

balansga  ajratilganlari  ham  qo‘llashi,  aks  holda  hisob  axborotlarini  taqqoslash  va  umumlashtirish 

mumkin emas; biron bir muayyan masalaga nisbatan korxona bitta tanlangan usulni, agar boshqachasi 

standartda belgilangan bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin; masalan, barcha faoliyat turlari uchun sotishdan 

olingan  foyda  bitta  usul  –  tovarlarni  xaridorga  jo‘natish  va  hisob-kitob  hujjatlarini  taqdim  etish 

me’yoriga qarab aniqlanadi. 

 

Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat (4.1 rasm). 



 

 

 



 

 

 




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish