Kichik tadbirkorlik subekti davlat ro‘yxatidan o‘tib, bankda schot ochib; soliq, sug‘urta,
ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng faoliyat boshlaydi. Bunda avvalo mavjud mablag‘lari va mablag‘lar
Soddalashtirilgan buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shakli, agar kichik
tadbirkorlik subektlarida mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarish bilan shug‘ullanilmasa tashkil
b) moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi;
v) kapital quyilmalarni hisobga olish qaydnomasi;
g) tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi;
d) boquvdagi va o‘stirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydnomasi;
e) xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
j) boshqa debitorlik qarzlarni hisobga olish qaydnomasi;
z) pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasi;
i) mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
k) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
l) mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi;
m) boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi;
n) xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi;
o) hisobot davri xarajat(sarf)larini hisobga olish qaydnomasi;
p) dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga
olish qaydnomasi;
r) chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish
qaydnomasi;
s) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomasi;
t) sof foyda (zarar) ni hisoblash qaydnomasi;
u) xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi.
Yuqorida sanab o‘tilgan qaydnomalarning har biri, qoidaga ko‘ra buxgalteriya hisobida
qo‘llaniladigan schotlarning bittasi bo‘yicha muomalalarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobning soddalashtirilgan shaklini qo‘llash sharoitida, xo‘jalik muomalasi
shaxmat yozuvi ko‘rinishida bir marta yoziladigan jurnal-orderdan farqli bo‘lib, har bir xo‘jalik
muomalasi ikkita usul bilan rasmiylashtiriladi: bitta qaydnomada – schotning debeti bo‘yicha yozuv,
kreditlanuvchi schotni ko‘rsatgan holda («korrespondensiyalanuvchi schot» grafasida), boshqasida
esa korrespondensiyalanuvchi schotning krediti bo‘yicha bir vaqtning o‘zida debetlanuvchi schotni
ko‘rsatilgan holda.
Ushbu qaydnomalarning jami umumlashtiruvchi shaxmat qaydnomasini jamlanma
qaydnomasi to‘ldirish uchun asos bo‘lib, unda tegishli qaydnomada ko‘rsatilgan har bir schotning
debeti va krediti bo‘yicha yozuvlar aks ettiriladi. Umumlashtiruvchi shaxmat qaydnomasining
mazmuni gorizont bo‘yicha qaydnomalarning nomyerlarini ularning o‘sib borish tartibida, vyertikal
bo‘yicha esa schotlar raqamlarining o‘sib borish tartibi va nomlaridan iborat. Yozuvlar
qaydnomalardan tegishli schotlar bo‘yicha kredit oborotlarini «Korrespondensiyalanuvchi schot»
grafasi bo‘yicha ushbu oborotlarni tegishli schotlarning debetiga tarqatib yozish (raznoska) yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
Shaxmat qaydnomasi qo‘llaniladigan schotlar bo‘yicha oylik umumlashtiruvchi registr
hisoblanadi va nazorat ahamiyatiga ega. U nafaqat joriy oy uchun axborotlarni umumlashtirish
maqsadida, balki buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha amalga oshirilgan yozuvlarning to‘g‘riligini
o‘zaro tekshirish uchun ham xizmat qiladi. Xususan, bu tarqatib yozish vaqtida aniqlanib, uning
natijasida har bir schot bo‘yicha jamlangan debet summasi mazkur schot bo‘yicha tegishli
qaydnomada aks ettirilgan debet oboroti summasiga teng bo‘lishi lozim.
Har bir schotning debeti bo‘yicha aniqlangan jami summalar qo‘shiladi. Aniqlangan natija
schotlarning krediti bo‘yicha umumiy oborotlar summasiga teng bo‘lishi lozim. Har bir schot
bo‘yicha debet va kredit oborotlari oborot qaydnomasiga o‘tkazilib, unda har bir schot bo‘yicha
hisobot davridan keyingi oyning birinchi sanasiga qoldiq chiqariladi (3.7-rasm).
Dastlabki
hujjatlar
Analitik hisob
qaydnomalari va
kartochkalari
Sintetik hisob
qaydnomalari va
kartochkalari
Кassa
Shaxmat
qaydnomasi
Balans va
hisobotlar