Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

YeR

KQ

 

 



  Kapital qo’yilmalarning miqdor  va  sifat  xarakteristikasi  ularning tarkibini, ya’ni u yoki bu 

elementning umumiy hajmdagi nisbatini aks  ettiradi. 

Kapital qo’yilmalarning tarmoq, takror ishlab chiqarish va texnologik tuzilishi mavjud. Kapital 

qo’yilmalarning  tarmoq  tuzilishi  qishloq  xo’jaligida  turli  tarmoqlar  yoki  ishlab  chiqarish  turlari 

bo’yicha investisiyalar nisbatini ifodalaydi. Takror ishlab chiqarish nuqtai nazardan tuzilishi kapital 

qo’yilmalarning turli yo’nalishlari bo’yicha foydalanish salmog’ini ifodalaydi. Texnologik tuzilish 

esa,  uskunalarga,  qurilish-montaj  ishlariga  va  loyiha-qidiruv  ishlariga  foydalaniladigan  kapital 

qo’yilmalarning salmog’ini ifodalaydi. 

  Kapital qo’yilmalarning tarkibiy tuzilishi: 

      I - Tarmoq tuzilishi: 

  1.Chorvachilik binolari qurilishi va jihozlash; 

  2.Suv xo’jalik qurilishi; 

  3.Elektrlashtirish; 

  4.Bog’lar va boqqa ko’p yillik daraxtlar barpo qilish; 

  5.Traktorlar, mashina va uskunalar sotib olish; 

  6.Uy-joy va madaniy-maishiy qurilish; 

      II-Takror ishlab chiqarish tuzilishi: 

  1.Ishlab chiqarishni rekonstruksiyalash; 

  2.Mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish; 

  3.Yangi qurilish. 

      III-Texnologik tuzilishi: 

  1.Uskunalar; 

  2.Qurilish-montaj ishlari; 

  3.Loyiha-qidiruv ishlari; 

  4.Boshqa qo’yilmalar. 

   Xo’jalik yuritishning barcha shaklllari va qishloq xo’jalik korxonalarning barcha turlari uchun 

umumiy  ishlab  chiqarishda    mustaqillik    va  o’zini-o’zi  moliyalashtirishni  taqozo  qiladigan,  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitida  kapital  qo’yilmalarni  moliyalashtirishni  bosh  manbai    sifatida    xususiy  

manbalar  -  asosiy  vositalar  amortizasiyasi,  foyda  va  boshqalar    hisoblanadi.  Bunda  amortizasiya 

ajratmalari  oddiy  takror  ishlab  chiqarish    manbai   sifatida,  foyda  esa  ishlab  chiqarish  va  noishlab 

chiqarish  asosiy  vositalarini  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  manbai  sifatida  tashkil  topadi. 

Agar shu maqsadlarga xususiy vositalar yetmay  qolsa,  bank  kreditlari jalb qilinadi.   Davlat qishloq 

xo’jaligi  korxonalarida  katta  miqdordagi  pul  vositalarini  asosiy  podani  tashkil  qilishga  sarflaydi. 

Mahsuldor  va  ish    hayvonlari  asosiy  podasini  tashkil  qilish xarajatlari  va  moliyalashtirish  manbai  

umumiy  holda  kapital  qo’yilmalarga  qo’shilmaydi.  Davlat  korxonalarining  podani  tashkil  qilish 

xarajatlari  xususiy  vositalari  hisobiga  moliyalashtiriladi:  brak  qilingan  mollarni  sotishdan  kelgan  

tushum,  ishchi    hayvonlar  amortizasiyasi  va  boshqa  manbalar.  Agar  bu  mablag’lar  korxonada 

yetishmasa,  u  holda  moliyalashtirish  bank  kreditlari  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Davlat  qishloq 

xo’jaligi  korxonalariga  byudjet  vositalari    faqat    muhim  maqsadlarni  (yirik  ishlab  chiqarish    va  

noishlab chiqarish obyektlariga, meliorasiyaga va boshqalarga) moliyalashtirishga ajratadi. 

 Jamoa  xo’jaliklarida  kapital  qo’yilmalarni  moliyalashtirishning  bosh  manbai  xususiy 

vositalardir.  Unga  amortizasiya  ajratmalari,  voyaga  yetgan  mahsuldor  va  ishchi  hayvonlarni 

sotishdan kelgan pul tushumi, xo’jalik o’rmonidan daraxt sotish, sof daromaddan ajratmalar, asosiy 

vositalar sug’urtasi qaytimi va boshqa manbalardir. Davlat xo’jaliklaridan farq qilgan holda jamoa  




 

 

230 



 

xo’jaliklari  xususiy mablag’lari yetmay qolganda kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish  bankning 

faqat uzoq muddatli kreditlari orqali qoplanadi. Uzoq muddatli kredit miqdori  kapital  qo’yilmalar  

xarajatining  rejadagi  hajmi  va  jamoa  xo’jaligining    moliyaviy    imkoniyatlaridan    kelib  chiqib 

aniqlanadi.  Xo’jaliklararo  korxonalar  va  birlashmalarda  kapital  qo’yilmalarni  moliyalashtirish 

paychilar ajratgan vositalar hisobiga, amortizasiya  ajratmalari va birlashma hamda ularning kengashi 

ustavi aniqlagan miqdorda  foydadan ajratmalar  hisobiga amalga oshiriladi. Davlat korxonalarida, 

qishloq xo’jaligi kooperativlarida va  aksionerlik korxonalari va birlashmalarida kapital qo’yilmalarni  

moliyalashtirish  manbai – ta’sischilarning  pul  va  material vznoslari, qimmatbaho qog’ozlar (aksiya, 

obligasiya)dan keladigan daromadlar, xayriya  vznoslari, korxona tashkilot va fuqarolarning ehsonlari 

hisoblanadi. Dehqon xo’jaligi asosiy vositalarni oddiy va  kengaytirilgan  takror ishlab chiqarishni 

o’z mablag’lari hisobiga amalga oshiradilar.  Ular  zarur  bo’lib qolganda, bankdan uzoq va qisqa 

muddatli ssudalarni davlat korxonalari amal qiladigan qoidalar asosida  olish  huquqiga  egadirlar. 

Bundan  tashqari  shaxsiy  mol-mulklarini  garovga  qo’yib,  ipoteka    banklar  kreditlaridan 

foydalanadilar.  

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish