10.2. Kapital qo’yilmalar tushunchasi, foydalanishning asosiy yo’nalishlari, tarkibi
va moliyalashtirish manbalari
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayonida harakatdagi asosiy vositalarning asta-sekin
eskirishi, so’ngra esa hisobdan chiqarilish ro’y beradi, bu esa ularni – oddiy yoki kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Asosiy vositalarni takror ishlab chiqarishni
moliyalashtirish kapital qo’yilmalar manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
Qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar deb harakatdagi asosiy vositalarni tiklashga va
kengaytirishga yo’naltirilgan pul vositalariga aytiladi.
Kapital qo’yilmalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo’linadi.
1.Ishlab chiqarish kapital qo’yilmalarga mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar traktor, qishloq xo’jalik mashinalari, ishchi va mahsuldor mollar,
binolar va inshoatlar, yo’l qurilishi va boshqalarga sarflanadi. Ishlab chiqarish kapital
qo’yilmalariga, iqtisodiy mohiyati bo’yicha, shuningdek asosiy podani vujudga keltirish xarajatlari
ham kiradi. Lekin mavjud uchyot sistemasida kapital qo’yilmalar sistemasiga bu xarajatlar
kirmaydi va alohida hisobga olinadi. Asosiy poda uchun kapital qo’yilmalar asosan brak qilingan,
ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi;
2.Noishlab chiqarish kapital qo’yilmalariga uy-joy qurilishi madaniy-maishiy binolar va
sog’liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlar kiradi.
Kapital qo’yilmalar - bu potensial asosiy vositalar bo’lib, ular ma’lum obyektlarni
foydalanishga topshirilgandan keyin asosiy vositalarga aylanadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda kapital qo’yilmalardan foydalanishning asosiy
yo’nalashlari quyidagilardir:
1.O’simlikchilik va chorvachilik ishlab chiqarish binolari, ustaxonalar, uy-joy, madaniy-
maishiy obyektlar va boshqalarining kapital qurilishi va rekonstruksiyasiga;
2.Ishlab chiqarish qurollari(mashina, uskunalar) ishchi hayvonlar sotib olinadi, shuningdek
mahsuldor hayvonlar podasi shakllantiriladi.
3.Yerlarni meliorasiyalash, ko’p yillik daraxtlarni o’tkazish, hosilga kirgancha o’stirish va
boshqalar.
Bevosita qishloq xo’jaligini rivojlantirishga ajratilgan pul vositalaridan tashqari, butun
kompleks ishlar bo’yicha qishloq xo’jaligini rivojlantirishga sarflanadigan kapital qo’yilmalar o’ziga
quyidagi bir qator xarajatlarni oladi:
1.Davlat va jamoa xo’jaliklarini texnika bilan ta’minlaydigan korxona va tashkilotlar qurilishi
uchun vositalar;
2.Qishloq xo’jaligi ilmiy tadqiqot muassasalari qurilishiga;
3.Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha korxonalar barpo qilishga;
4.Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa maqsadlarga.
Ma’lum bir davrga mo’ljallangan kapital qo’yilmalarning jami summasi kapital
qo’yilmalarning to’plamini tashkil qiladi(KQ). Kapital qo’yilmalarning sig’imi (KQS) deganda 1 ga
yer maydoniga (qishloq xo’jalik yaroqli yeriga, haydaladigan yerga) to’g’ri keladigan kapital
229
qo’yilmalar summasi - (Yer) yoki 1 mol o’rni - (MO’)ga to’g’ri kelgan kapital qo’yilmalar summasi
tushiniladi va quyidagi formula bilan hisoblanadi.
MO`
KQ
KQS
;
KQS
=
=
Do'stlaringiz bilan baham: |