Masalan, birinchi yili daromad 33000 so’mni, ikkinchi 66000 so’mni va uchinchi yil
44000ming so’mni tashkil etgan. Har yillik 8%li stavkada diskontlangan qiymat quyidagiga teng
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligi investisiyasiga bir qator omillar ta’sir qiladi.
Shulardan ba’zilarga tovar ishlab chiqaruvchilar ta’sirini o’tkazishi mumkin, boshqalari esa tashqi
sharoitlarga bog’langan va tovar ishlab chiqaruvchilarga bog’liq emas. Tovar ishlab chiqaruvchilarga
227
•
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib berishning muqarrarligi;
•
Mahsulotga qo’yiladigan jahon baholari
Xo’jalik faoliyati obyektlariga uzoq muddatli kapitalning qo’yilishi, ular foyda olishga va
ijtimoiy samaradorlikka erishgandagina o’zini qoplaydi. Investisiya samaradorligining
ko’rsatkichlarini hisoblash ma’lum bir davr davomida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar qo’shimcha
o’sishi nisbatlariga asoslanadi. Umumiy samaradorlik ko’rsatkichi sof mahsulot qo’shimcha
o’sishining shu davrdagi investisiya hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi. Bozor munosabatlariga o’tish
sharoitida, yuqori darajadagi inflyasiyada bu ko’rsatkich investisiya samaradorligi to’g’risida aniq
tushuncha bermaydi. Shuning uchun qishloq xo’jaligidagi investisiyani va yillar bo’yicha yalpi
daromad dinamikasini taqqoslash maqsadga muvofiqdir.
Investisiya samardorligi darajasi bevosita ularni moliyalashtirish manbalariga bog’liq. Eng past
darajadagi samaradorlik imtiyozli investisiya kreditlarida kuzatiladi. Nisbatan yaxshiroq iqtisodiy
natijalarga davlat byudjeti mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan investisiyalarda erishiladi.
Ba’zida kredit mexanizmi orqali yoki byudjetdan bevosita moliyalashtirish vositasi sifatida davlat
tomonidan investisiyaga ajratilgan mablag’lar maqsadli foydalanilmasdan, balki ish haqi uchun
to’lovlarga, ilgari olingan kreditlarni qoplashga va moliyaviy aktivlar bilan bo’ladigan operasiyalarga
ham ishlatilish hollari uchrab turadi.
Investisiyaning qaytarilishi olingan foydani investisiyaning umumiy hajmiga bo’lib topiladi va
foizlarda ifodalanadi.
100
*
uh
Iqd
I
F
=
Bu yerda: Iqd – investisiyaning qaytarilish darajasi, % ;
F - foyda, so’m;
Iuh – investisiyaning umumiy hajmi, so’m.
Investisiyaning qaytarilish darajasi kredit uchun foiz stavkalari bilan taqqoslanadi. Bu holda,
agar investisiyaning qaytarilish darajasi kredit uchun foiz stavkasidan yuqori bo’lsa unda tovar ishlab
chiqaruvchining kapital qo’yilmalar miqdorini ko’paytirishi maqsadga muvofiqdir.
Kapitalning me’yoriy samaradorligi va investisiyaning me’yoriy samardorligi bir-biridan farq
qiladi. Kapitalning me’yoriy samaradorligi - bu qo’shimcha mablag’ning bir so’midan keladigan
qaytim. Investisiyaning me’yoriy samardorligi – bu, kapital tovarning taklifi baholari va talabi
baholari o’rtasidagi muvozanat o’rnatilganda, kredit uchun foiz stavkasidir. Foiz stavkasi qancha
yuqori bo’lsa, kreditga talab shuncha past bo’ladi. Boshqa tomondan, foiz stavkasi qancha past bo’lsa,
kreditning taklifi shuncha yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: