Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


 Investisiyalar  haqida tushuncha, ularning zarurligi, ahamiyati va samaradorligi



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

 

10.1. Investisiyalar  haqida tushuncha, ularning zarurligi, ahamiyati va samaradorligi 

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oshishi mos ravishda tarmoq moddiy-

texnik bazasini rivojlantirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish fondlari hajmining ko’payishi qishloq 

xo’jaligi  ishlab    chiqarish  potensialini  kengaytirishga  yo’naltirilgan  moddiy  va  pul  vositalariga 

qo’shimcha qo’yilma hisobiga amalga oshiriladi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida agrosanoat 

majmui  tarmoqlarining  barqaror  rivojlanishi  korxonalarga  zarur  moddiy  va  pul  resurlari  berishda 

investision faollikka ehtiyoj tug’diradi. 

Investisiya deganda xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy fondlarni va aylanma vositalarni sotib 

olishga  ajratilgan  uzoq  muddatli  mablag’lar  tushuniladi.  Demak  investisiya  bu  nafaqat  asosiy 

fondlarni  kengaytirishga  mablag’lar,  balki  korxonaning  aylanma  vositalarini    shakllantirishga  va 

ularni  to’ldirishga  ajratilgan  xarajatlar  hamdir.  Xo’jalik  faoliyati  obyektlariga  ajratilgan  uzoq 

muddatli kapitalning qo’yilishi shunda o’zini oqlaydiki, agar ular foyda olishga va samaradorlikka 

erishishga imkoniyat yaratsa. Investisiya bozori kapital va moliyaviy qo’yilmalar yo’li bilan asosiy 

va aylanma vositalarga xarajatlarni shakllantirishni bildiridi. 

Moliyaviy va real investisiya turlari mavjud. Birinchisi, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olishni, 

shuningdek  ishlab  chiqarishga  maqsadli  pul  qo’yishni  ko’zda  tutadi.  Real  investisiya-bu  kapitalni 

asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga, moddiy ishlab chiqarish zahiralarini qo’shimcha o’stirish 

maqsadida  qo’yishdir.  Real  investisiya  kapital  qo’yilmalar  deyiladi.  Milliy  hisoblar  tizimida  real 

investisiya deganda asosiy kapitalga va moddiy ishlab chiqarish vositalarini qo’shimcha o’stirishga 

ajratilgan qo’yilmalar tushuniladi. 

Bozor sharoitida qimmatbaho qog’ozlarning bir necha turlari mavjud. 

 



Egalariga aksionerlik jamiyati vositalaridagi hissasiga va uning faoliyatidagi daromad olishga 

guvoh huquqini beruvchi, aksionerlik jamiyati aksiyalari; 

 

Hujjatlarni chiqaruvchi, egalari va shaxslar o’rtasida qarz munosabatlariga guvohlik beruvchi 



obligasiyalar; 

 



Davlatning qarz majburiyatlaridagi qimmatbaho qog’ozlar, bunda qarzdor davlat hisoblanadi. 

 



Egasining sotish yoki sotib olish huquqiga guvohlik beruvchi yasama qimmatbaho qog’ozlar 

(masalan, veksel, xususiylashtirish cheki) 

Qishloq xo’jaligi  ishlab chiqarishida investisiya quyidagi yo’nalishlarga bo’linadi: 

 



Eskirgan va ishdan chiqqan investisiyalarni almashtirish; 

 



Yangi texnologiyalarni joriy qilish va zamonaviy texnika asbob uskunalarni qo’llash; 

 



Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish; 

 



Ishlab chiqarishning yangi turlarini rivojlantirish. 

Qishloq  xo’jaligida  investisiyaning  shakllanishi  qo’yilgan  mablag’larning  qaytish  tezligini 

hisobga  olgandagi  iqtisodiy  asosda  amalga  oshiriladi.  Bunga  yuqori  sifatli  mahsulot  ishlab 

chiqarishning ko’payishi va uning tannarxining pasayishi sharoitidagina erishiladi 

Investisiya qo’shimcha sof daromad olish bilan va mablag’larning qaytish muddatini qisqarishi 

bilan bevosita aloqadordir. Qoplash muddati qancha oz bo’lsa, investisiyaga rag’bat shuncha ko’p 

bo’ladi,  chunki  investisiya  jarayoni  oqibatida  mablag’larning  qaytishi  uzoq  muddatga    cho’zilsa 

sarflangan resurslarning  qadrsizlanishi ro’y beradi. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarishdan 

olingan sof daromad yangi ishlab chiqarishga qo’yilishi mumkin. 

Mamlakat agrosanoat majmui barcha tarmoqlarini qamrab olgan iqtisodiy inqiroz investisiya 

siyosatida  ancha  jiddiyroq  namoyon  bo’ldi.  Ishlab  chiqarish  va  modiy  texnika  resurlari  taqsimoti 



 

 

225 



 

o’rtasidagi  aloqaning  uzilishi,  bozor  infratuzilmasining  yo’qligi  va  muvofiqlikning  buzilishi, 

shuningdek,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  baholari  va  sanoat  tovarlari  va  xizmatlari  baholari 

o’rtasidagi tengsizlikning kuchayishi, qishloq xo’jaligini samarali rivojlantirish tarmoqqa qo’shimcha 

mablag’lar ajratmasdan turib amalda mumkin emasligini ko’rsatdi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  investisiya  siyosatining  zaruriy  elementlari  quyidagilar 

hisoblanadi: 

 



Raqobatbardosh loyihalarni konkurs asosida tanlash;  

 



Xarajatlarning tez qoplanishi mo’ljalini olish; 

 



Investisiyani  mahsulotni  sotish  bozori  va  uning  sifatini  hisobga  olgan  holda  iqtisodiy 

asoslash; 

 

Raqobatchilarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olish. 



Qishloq xo’jaligida investisiya faoliyatini jonlantirmasdan turib ishlab chiqarish  tanazzulidan 

chiqish, moliyaviy barqarorlikka erishish va tarmoq iqtisodiyotini ko’tarish mumkin emas. 

Investisiya  umumiy  va  sof    investisiyalarga  bo’linadi.  Sof  investisiya  kapital  qo’yilmalar  va 

amortizasiya  ajratmalari  miqdori    ayirmasidan  tashkil  topadi.  U  xususiy  resurlardan  samarali 

foydalangan taqdirda qancha qo’shimcha mablag’ qo’yish talab etilishini ko’rsatadi. Sof investisiya 

(Is)quyidagi formula bilan hisoblanadi. 

 

Is= KQ - A 



 

 

Bu yerda KQ - tarmoqdagi kapital qo’yilmalar hajmi, so’m; 



          A – asosiy fondlar eskirishidagi amortizasiya miqdori, so’m. 

Investisiyadan foydalanishni tahlil qilish mablag’larni birinchi navbatda eng muhimroq obe’kt 

va ishlab chiqarishlarga yo’naltirish zarurligini aniqlashga imkon beradi. 

U quyidagi tartibda olib boriladi: 

 

Dastavval  eng  zarur    bo’lgan  investisiya  aniqlanadi.  Masalan,  tovar  ishlab  chiqaruvchiga 



traktor,  avtomobil  sotib    olish  va  sigir  saqlash  uchun  kompleks  qurish  zarur.  Shu  obeyektlardan 

hozirda eng muhimrog’i investisiyalash uchun tanlab olinadi;  

 

Mavjud vositalar uchun, tovar ishlab chiqaruvchi bank kreditidan foydalanadimi yoki yo’qmi 



bundan qat’iy nazar dastlabki to’lovlar miqdori o’rnatiladi. Bu tovar ishlab chiqaruvchining to’lov 

qobiliyatliligini  o’rnatish  va  uning  ishlab  chiqarishni  investisiyalash  bo’yicha  maqsadining 

jiddiyligini aniqlash uchun talab etiladi; 

 



Shu  investisiya  turidan  yillar  davomida    mablag’  tushishi  baholanadi.  Masalan,  traktor, 

avtomobil yoki sut kompleksidan foydalanishdan; 

 

Tovar ishlab chiqaruvchi investisiyadan foydalanishga rozi bo’lgan, bank krediti bo’yicha foiz 



stavkasi tanlanadi; 

 



Yillar  davomida  qo’yilgan  mablag’ni  sof  daromadga  taqqoslash  yo’li  bilan  pul 

mablag’larining joriy miqdori hisoblanadi. 

 

Investisiya variantini tanlash haqida qaror qabul qilinadi. Bunday holda, agar shu mablag’dan 



kelgan sof daromad investisiya kapitali miqdoridan ko’p bo’lsa, unda shu variant optimal deb tan 

olinadi. 

Investisiyalash  variantini  tanlashni  kelajakdagi  daromadni  diskontlash  yordamida  o’tkazish 

mumkin. Tovar ishlab chiqaruvchi kapital tovarni sotib olish va sotib olish xarajatlarini taqqoslashdan 

kelib chiqqan holda amalga oshiradi. Kutilayotgan daromad, kapital tovarni uning xizmat muddati 

davomida foydalanishdan tushadigan har yilgi tushumidan yig’iladi, bunda investisiyalash bir vaqtda 

amalga  oshiriladi. Shu munosabat bilan shu kapital tovarga investisiya miqdorini aniqlash talb etiladi. 

Bu shu shart bilanki, ma’lum bir muddat foydalanganda kerakli daromad olinadigan bo’lsin. Bunday 

hisob-kitoblarni  kelajakdagi  daromadlarni  diskontlash  deb,  shu  paytdagi  kapital  tovar  uchun 

to’lanadigan  kerakli  mablag’ni  esa  –  diskontlangan  qiymat  deb  qabul  qilingan.  Diskontlangan 




 

 

226 



 

qiymat(Dq)  foiz  stavkasiga  bog’liq.  Har  yili  bir  xil  miqdordagi  daromadda  diskontlangan  qiymat 

quyidagi formulada topiladi:   

 

Y



F)

+

(1



 

Dq

A

=

 

 



Bu yerda: A – bankning yillik foiz stavkasida kutilishi    mumkin bo’lgan pul; 

           F – foiz stavkasi, %; 

           Y- yillik daromadlar kutilayotgan davr, yil.  

Masalan, agar tovar ishlab chiqaruvchi 5%li stavkada, ikki yildan keyin 22000 so’m pul olishini 

hohlasa, unda diskontlangan qiymat quyidagiga teng bo’ladi:  

 

19954



0,05)

(1

22000



 

Dq

2



=

+

=



 

 

Agar  qo’yilgan  mablag’dan  keladigan  har  yillik  daromad  turlicha  unda  diskontlangan 



qiymatning miqdori (Dqm) quyidagi formulada aniqlanadi: 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish