Mehnat unumdorligining asosiy ko’rsatkichlari olingan mahsulot miqdori va sarflangan ish
vaqti o’rtasidagi nisbatni aks ettiradi, jonli mehnat xarajatlari samaradorligini yetarlicha to’liq
xarakterlaydi. Mahsulotni hisobga olish va baholash uslubi bo’yicha ular natura va qiymat, tarmoq
va mahsulot to’rini qamrash darajasi bo’yicha xususiy va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga
bo’linadi. Xususiy ko’rsatkichlar alohida yoki bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarish mehnat
unumdorligini xarakterlaydi, umumlashtiruvchi ko’rsatkich esa bir butun qishloq xo’jaligi yoki uning
alohida tarmoq(dehqonchilik,chorvachilik)larida mehnat unumdorligini xarakterlaydi. Xususiy
ko’rsatkichlar natural ko’rsatkichlar bilan, umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar qiymat ko’rsatkichlar
216
bilan mos tushadi. 1 xodim hisobiga to’g’ri kelgan mahsulotni ifodalovchi ko’rsatkich yillik mehnat
unumdorligini, ish vaktining yillik sarflanishi samaradorligini aks etdiradi, 1 kishi/soatiga to’g’ri
kelgan mahsulot esa, soatlik mehnat unumdorligini, ya’ni sarflangan sof ish vakti samaradorligini aks
ettiradi.
Mehnat unumdorligining natural ko’rsatkichlari qiymat ko’rsatkichlariga nisbatan bir qator
qulayliklarga ega. Ular mahsulot assortimentidagi tarkibiy o’zgarishlarga ta’sir etmaydi, ulardan
alohida texnologik operasiyalardagi mehnat xarajatlarini baholash uchun foydalanish imkoniyatini
beradi va jonli mehnatning real sarflarini aks ettiradi. Chunki ularning uchyoti shartli qiymat o’lchovi
orqali emas, balki bevosita ish vaqti birligida amalga oshiriladi. Ammo natural ko’rsatkichlarda
mahsulot sifati to’liq o’z aksini topmaydi.
Mehnat unumdorligi asosiy ko’rsatkichlarining, xoh natural, xoh qiymat shaklda bo’lmasin,
kamchiligi shundaki, ularni faqat to’liq yil uchun hisoblash mumkin. Chunki qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining mavsumiyligi tufayli mehnatning pirovard natijasi faqat xo’jalik yili tugagandan keyin
ma’lum bo’ladi. Haqiqatda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning oraliq operasiyalarida mehnat
xarajatlari samaradorligi ustidan operativ nazorat uchun har qanday bir vaqt davomida erishilgan
hajmini ham bilish zarur. Bu maqsadlar uchun qo’shimcha ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular
mehnat xarajatlari samaradorligini to’liq xarakterlamasalar ham, texnologik jarayonlarning oraliq
operasiyalarida individual mehnat unumdorligini: 1 ish kunida yoki 1 kishi/soatida bajarilgan ish
hajmi, yoki 1 birlik ish hajmini bajarish uchun ketgan mehnat xarajatini ifodalaydi.
Qo’shimcha ko’rsatkichlarni xususiy va umumiy ko’rsatkichlarga bo’lish mumkin. Xususiy
ko’rsatkichlar aniq ish turi hajmi va uni bajarish uchun ketgan mehnat xarajatlari o’rtasidagi nisbatni
ifodalaydi. Xususiy ko’rsatkichlardan umumiy ko’rsatkichlar tashkil topadi – ma’lum bir ekin turi
gektariga va ma’lum bir hayvon boshiga to’g’ri kelgan mehnat xarajatlari. Qishloq xo’jaligida jonli
mehnat xarajatlaridan foydalanish samaradorligini yana mahsulot chiqish ko’rsatkichlari ham
bilvosita xarakterlaydi, ya’ni qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi,
chunki ular qancha yuqori bo’lsa, mahsulotning mehnat sig’imi shuncha past bo’ladi va aksincha.
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdarligining ko’pgina ko’rsatkichlari, yuqorida
ko’rsatilganidek, yalpi yoki sof mahsulot miqdori (qiymati)ni mehnat xarajatlari miqdoriga yoki
aksincha bo’lish yo’li bilan hisoblaniladi. Soatlik mehnat unumdorligi va alohida mahsulot turlari
mehnat sig’imi ko’rsatkichlari bir muncha boshqacharoq hisoblaniladi. Qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining o’ziga xos xususiyati, ma’lumki, qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda va mollarni
o’stirishda bir nechta mahsulot turlari ishlab chiqariladi, shuning uchun qishloq xo’jaligi ekinlari va
hayvonlaridan olingan mahsulotlarga sarflangan jami mehnat xarajatlari barcha ishlab chiqariladigan
mahsulot turlari o’rtasida taqsimlanadi.
G’allachilikda mehnat xarajatlari somonning xarajatlari, uni tayyorlashga o’rnatilgan mehnat
xarajatlarining me’yori bo’yicha aniqlanadi va g’allani ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat
xarajatlaridan ajratib tashlanadi. G’alla chiqitlari to’liq g’alladagi ularning salmog’iga qarab g’allaga
aylantiriladi. Demak, soatlik mehnat unumdorligini aniqlash uchun g’alla chiqitlari hisobga olingan
jami g’allani, somonga qilingan mehnat sarfi ajratib tashlangandan qolgan mehnat sarfiga bo’linadi,
ya’ni quyidagicha hisoblanadi:
MX
S)
*
(GChM
TG`M
MUg`
+
=
Bu yerda – Mug’- g’allachilikda mehnat unumdorligi, kishi/soatiga/sentner;
TG’M - toza g’alla miqdori, s;
FChM - g’alla chiqitlari miqdori, s;
C - to’liq g’allaning g’alla chiqitidagi salmog’i, %;
MH - g’allani yetishtirish uchun qilingan mehnat xarajati somon xarajatlari chiqarilgandan
keyingi, kishi/soat.
217
Misol: Xo’jalikda yig’ib olingan toza g’alla 20000 sentnerni, g’alla chiqiti esa 6000 sentnerni
tashkil etadi. G’alla chiqitidagi toza g’allaning hissasi 20%ga teng, sarflangan mehnat harajatlari
(somonga sarflangan mehnat harajatlarini chiqarib tashlab) 10000 kishi/soat bo’lsa, 1 kishi soatiga
ishlab chiqarilgan g’alla quyidagicha xisoblanadi:
.
12
,
2
10000
21200
10000
1200
20000
10000
0,2)
*
(6000
20000
MUg`
s
=
=
+
=
+
=
1 s g’allaning mehnat sig’imi (MSG’) jami mehnat harajatlari miqdorini (somon harajatlari
chiqarilgan) g’alla chiqimlari bilan birgalikda jami galla miqdoriga bo’lib aniqlanadi:
S)
*
(FChM
TG`M
MX
MSg`
+
=
Yuqoridagi misoldan foydalanib, 1 s g’allaning mehnat xarajatlarini hisoblaymiz.
.
/
47
,
0
10000
21200
0,2)
*
(6000
20000
10000
MSg`
Do'stlaringiz bilan baham: