Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


 Mehnat resurslarini iqtisodiy baholash  uslubiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

9.8. Mehnat resurslarini iqtisodiy baholash  uslubiyoti  

 

Yuqorida qayd etilganidek, qishloq xo’jaligi korxonalarining, jumladan fermer xo’jaliklarining 

ixtiyoridagi  barcha  resurslarning  qiymatini  aniqlash  va  uni  asosiy  vosita  sifatida  buxgalteriya 

balansiga kiritish masalasi muxim masala hisoblanib, u eng avvalo resurslar egalarining qanchalik 

iqtisodiy  quvvatga  ega  ekanliklarini  bildirsa,  boshqa  tomondan  har  bir  resursning  ishlab 

chiqarilayotgan tovar yoki mahsulotdagi ulushini aniqlash imkonini beradi.   

Shunday  qilib,  gap  qiymatini  yoki  bahosini  aniqlash  ancha  murakkab  bo’lgan  2  ta  resurs: 

mehnat  resurslari  va  yer  resurslari  haqida  boradi.  Ushbu  bobda  mehnat  resurslarining  qiymatini 

aniqlashning ayrim jihatlarini ko’rib chiqamiz. 



 

 

209 



 

Ma’lumki, qishloq xo’jaligida,  erkaklar 16  yoshdan 60  yoshgacha va ayollar 16  yoshdan 55 

yoshgacha mehnat resurslari tarkibiga kiradi. Demak, bola dunyoga kelguncha va undan keyin to 16 

yoshgacha, ya’ni mehnat resursi bo’lib shakllanguncha ham davlat tomonidan, ham oilaning o’zida 

oziq-ovqat va kiyim kechak bilan ta’minlashga sarf-xarajatlar qilinadi.  

Shunday  ekan,  mehnat  resurslari  shakllanishi  bilan  bog’liq  xarajatlar  ham  albatta,  uning 

qiymatida  hisobga  olinishi  kerak.  Shundan  kelib  chiqib,  mehnat  resurslari  qiymatiga  bizning 

fikrimizcha quyidagi xarajatlar kirishi kerak: 

1.Homilador  ayolning  bola  tug’ilgunga  qadar  davlatdan  oladigan  mablag’lari;  O’zbekiston 

Respublikasi  “Mehnat  Kodeksining”  233-  “Homiladorlik  va  tug’ish  ta’tillari”  moddasiga  asosan, 

ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug’ish 

qiyin kechgan  yoki ikki va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda —  yetmish kalendar kun) muddati 

bilan homiladorlik va tug’ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa to’lanishi va 

234 - “Bola ikki va uch yoshga to’lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar” moddasida 

Homiladorlik va tug’ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko’ra, unga bolasi ikki yoshga 

to’lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan 

tartibda nafaqa to’lanishi belgilab qo’yilgan. Bunda yuqoridagi Kodeksning  286-“Homiladorlik va 

tug’ish  nafaqasi”  moddasiga  asosan,  homiladorlik  va  tug’ish  nafaqasi  homiladorlik  va  tug’ish 

ta’tilining butun davrida to’liq ish haqi miqdorida to’lanadi va 287- “Bola tug’ilganda beriladigan 

nafaqa” moddasiga asosan, bola tug’ilganda bir yo’la beriladigan nafaqa to’lanadi. Har bir tug’ilgan 

bola  uchun  beriladigan  nafaqaning  miqdori  va  uni  to’lash  tartibi  qonun  hujjatlari  bilan  belgilab 

qo’yiladi.  Bu  miqdor  “Davlat  ijtimoiy  sug’urtasi  bo’yicha  nafaqalar  tayinlash  va  to’lash  tartibi 

to’g’risida Nizomning 6-“Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa” paragrafi  79-bandi  bo’yicha, bola 

tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam 

oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. 

2.Tug’ilgandan  keyin  bola  16  yoshgacha  bo’lgan  davrda  davlat  tomonidan  qilinadigan 

xarajatlar;  

Demak, bola tug’ilishi bilan bog’liq barcha xarajatlar yuqoridagi 1 band bo’yicha hisobga olinar 

ekan.  Bu  yerda  esa  undan  keyingi,  ya’ni  kamida  bola  1  yoshga  to’lgandan  boshlab  to  16  yoshga 

kirgunga  qadar  bo’ladigan  xarajatlar  hisobga  olinadi.  Bu  xarajatlar  ham  2  ga  bo’linib,  biri  davlat 

tomonidan va ikkinchisi oilada sarflanadigan xarajatlardir. Bu bandda davlat tomonidan qilinadigan 

xarajatlar  hisoblanadi.  Aholining  hayoti  davomida  salomatligini  saqlash  va  faoliyatini  ta’minlash 

uchun  tibbiy  me’yorlar  darajasida  ovqatlanishi  va  kiyim-kechakka  bo’lgan  extiyojini  qondirishi 

zarur.  Bu  esa  5  yilda  bir  marta  uslubiy  tavsiyalar  asosida  aniqlashtiriladigan    iste’mol  savati  deb 

nomlanadigan    oziq-ovqat  mahsulotlari,  boshqa  nooziq-ovqat  tovarlari,  shuningdek  aholiga 

ko’rsatiladigan  xizmatlarning  to’plamida  o’z  ifodasini  topadi.  U  ta’kidlanganidek    oziq-ovqat, 

nooziq-ovqat  va  xizmat  savatchalaridan  iborat  bo’ladi.  Bir  vaqtning  o’zida  uchchala  savat  ham 

insonning  faoliyati  uchun  zarur  hisoblanadi.  Shulardan  oziq-ovqat  savati  bir  kishining  bir  oyda 

ovqatlanishi  uchun  ketadigan  mahsulotlar  miqdorini    bildirib,  bu  yerda  mahsulotlar  iste’mol 

qilishning minimal me’yori asos qilib hisoblaniladi. Demak, kishilar iste’mol qiladigan barcha oziq-

ovqat  mahsulotlarining  tibbiy  me’yorlar  darajasidagi  miqdorini,  16  yoshgacha  bo’lgan  yosh 

kategoriyalari  bo’yicha  hisoblab,  shuningdek  ularga  kiyim-kechak  borasidagi  xarajatlarni  ham 

qo’shib hisoblab taxminiy holatdagi sarf xarajatlarni hisoblab chiqarish mumkin bo’ladi. 

3.Oilada bola 16 yoshga to’lguncha, sarf qilinadigan o’rtacha xarajatlar; Xuddi yuqoridagidek, 

oilada  ham  bolalarni  to  balog’at  yoshigacha,  ya’ni  16  yoshgacha  bo’lgan  davrda  ularga  kerak 

bo’ladigan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur xarajatlarni me’yor darajasida hisoblab chiqib, 

aniqlash mumkin.  



 

 

210 



 

Hisob-kitoblarga qaraganda eng ko’p energiya talab qilinadigan yoshlar – bu 13-18; 18-59 va 

10-13 yoshlar oralig’i bo’lib, ularda bir sutkada mos ravishda – 2914; 2834 va 2738  k/kal. energiya 

talab qilinar ekan

6

.   


Demak,  16  yoshgacha  bo’lgan  o’smirga  ham  davlat  tomonidan  va  ham  oilada  sarflanadigan 

xarajatlarni birgalikda qo’shib, hisoblab chiqib ana shu yoshgacha bo’lgan o’smirni voyaga yetkazish 

bilan bog’liq jami xarajatlarni aniqlash mumkin bo’ladi. 

Ushbu  bandlarning  yig’indisi  bizningcha,  16  yoshli  o’smirning,  ya’ni  shakllangan  mehnat 

resursining o’rtacha qiymatini tashkil qiladi. 

Mehnat resurslarining nafaqa yoshigacha bo’lgan davrgacha ishlaydigan vaqtlarini hisoblasak: 

u erkaklar uchun 44(60-16) yil va ayollar uchun 39(55-16) yilga teng. O’rtacha esa 41,5(44+39=83:2 

)  yilni  tashkil  qiladi.  O’rganilayotgan  davrga  qarab,  ana  shu  41,5  yil(mehnat  resursining  yoshiga 

qarab o’zgaradi), hukumat tomonidan turli davrda o’zgartirib turiladigan minimal ish haqi miqdoriga 

ko’paytiriladi. Shuningdek, mehnat resurslarining qiymatiga, minimal ish hakidan ortiqcha va barcha 

to’lovlardan  kolgan  nominal  ish  haqi  ham  kiritiladi.  Xorijiy  va  MDH  davlatlari  olimlarining 

tadqiqotlarini tahlil qilgan holda, o’zimizning amaldagi qabul qilingan hujjatlar asosida va mahalliy 

shart-sharoitlardan  kelib  chiqib,  mehnat  resurslarining  qiymatini  quyidagi  formulada  hisoblash 

mumkin deb, uni tavsiya qilamiz:  

 

 

)



(

5

,



41

*

ÌÈÕ



ÍÈÕ

ÌÈÕ

ÎÕ

ÄÌ

Ì

ÌÐÊ

+



+

+

+



=

  

 



Bunda: 

MRQ

  -


 1 ta mehnat resursining  qiymati,  so’m hisobida; 

М

-  


bola tug’ilgunga qadar davlat tomonidan beriladigan o’rtacha mablag’lar, so’m hisobida; 

ДМ



bola tug’ilgandan keyingi 16 yoshga to’lgunga qadar davlat tomonidan beriladigan 



o’rtacha mablag’lar, so’m hisobida; 

ОХ

 - 


bola tug’ilgandan keyingi 16 yoshga to’lgunga qadar oila tomonidan unga sarflangan 

o’rtacha xarajatlar, so’m hisobida; 

MIH

  - o’


zgarib turuvchi minimal ish haqi miqdori, so’m hisobida; 

41,5

  - 


mehnatga qobiliyatli davr(yoshga qarab o’zgarib turuvchi raqam), yil; 

(NIH-MIH)- barcha to’lovlardan va minimal ish haqidan keyingi nominal ish haki, so’m hisobida. 

Mazkur usul bilan aniqlangan 1 ta mehnat resursining qiymatini jami mehnat resurslari soniga 

ko’paytirib,  jami  paxtachilik  majmuasi  korxonalaridagi  mehnat  resurslari  qiymatini  hisoblash 

mumkin. Paxtachilik majmuasi samaradorligini aniqlashda bir yillik mehnat resurslarining qiymati 

qo’shiladi, xolos. Uni aniqlashda quyidagi formuladan foydalanishni tavsiya qilamiz: 

P

ÌÐÊ

YQ

ÌRO

=

`



  

 

bunda 



MRO’YQ 



mehnat resurslarining o’rtacha yillik qiymati, so’m;

 



mehnat resurslarining ishlab chiqarish jarayonida o’rtacha ishtirok etish davri, yil. 



 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish