Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni”



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   276
7.3.29. “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” 
Xalqimizning buyuk wg’loniga bag’ishlangan noёb asar “Sirot us-sulton 
Jaloluddin Menkburni” (“Sulton Jaloluddin Menkburnining tarjimai h’oli”) nomli 
kitobni vatandoshimiz Shih’obuddin Muh’ammad Nisoviy (vaf. 1249 y. Xalab) 
ёzgan. Muarrixning twla ismi Shih’obuddin ibn Ah’mad ibn Ali Muh’ammad 
Nisoviydir. 
Tarixchining otasi Xorazmshoh’larning etiborli amirlaridan biri bwlgan. 
Niso viloyatiga qarashli Xurandiz qalasining h’okimi edi. Otasi vafot (1220 y.) 
etgach, uning mol-mulki va mansabi wg’liga wtgan. U 1224 yilga qadar Niso 
viloyatining h’okimi Nusratuddin Hamzaning noibi bwlib xizmat qilgan. 
Nashjuvon (Nisoning katta qishloqlaridan) h’amda al-Halqa (Jurjon qishloqlaridan) 
da mwg’ullar  bilan bwlgan janglarda shaxsan ishtirok etgan. Swng Astrobod 
viloyatlaridan Kabud joma (h’ozirgi nomi Hojilar) h’okimi İmom ud-davla 
Nusratuddin Muh’ammad h’uzuriga kelgan va uning ёrdami bilan yana Nisoga 
qaytishiga muvaffaq bwlgan, lekin oradan kwp vaqt wtmay, Nisoda wzaro feodal  
kurash kuchayib ketganligi sababli u İroqqa ketib qoladi va 1224 yili Sulton 
Jaloluddin Menkburnining (1220-1231) xizmatiga kiradi va uning kotibi (kotib al-
insho) lavozimiga tayinlanadi. Shih’obuddin Muh’ammad Nisoviy bu lavozimda 
1231 yilgacha, yani sultonning wlimiga qadar xizmat qiladi. 
Keyin u Mayofarikin (Diёrbakr viloyatida) h’okimi Ayyubiy al-Malik al-
Muzaffar G’oziyning (1220-1224 y.) xizmatiga kiradi. Biroq oradan kwp vaqt 
wtmay qamalib qoladi. Qamoqdan ozod etilgandan keyin İldegiziylar (1137-1225) 
h’uzurida, swngra 1238 yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) qalasiga h’okim etib 
tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) suotoni al-Malik an-Nosir Saloh’iddin Yusuf ibn 
al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi. 
Shih’obuddin Muh’ammad an-Nisoviy Wrta Osiё, Kavkaz, Yaqin va Wrta 
Sharq mamlakatlarining mwg’ul istilosi davridagi (1220-1231 yy.) ijtimoiy-isёsiy 
ah’volidan bah’s yurituvchi “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli 
qimmatli kitob ёzib qoldirgan. Asar 1241 yili Xalabda ёzib tugallangan bwlib, u 
memuar-xotira-ёdnoma tarzida ёzilgan. 
Kitob muqaddima va 108 bobdan iborat. Asarning I-IV boblarida mwg’ul-
tatarlar, Chingizxonning kelib chiqishi, xon bwlib kwtarilishi masalalari ixcham 
tarzda baёn etilgan. 
V-XXII boblar xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning h’aёti va 
faoliyatiga bag’ishlangan. 


 
66
XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mwg’ul istilosi va 
xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning fojiali taqdiri, sulton Jaloluddinning 
h’aёti va kurashi, fojiali h’alokati h’ikoya qilinadi. 
Ushbu asarning ayniqsa 1224-1231 yillar voqealarini wz ichiga olgan 
boblari original va zwr ilmiy qiymatga ega, chunki baёn etilmish voqealarning 
kwpchiligida muallifning bevosita shaxsiy ishtiroki bor. 
Mana shuning uchun h’am bu kitob tarix ilmi namoёndalarining diqqat 
etiborini wziga jalb etmoqda. Undan h’am wtmishdagi muarrixlar al-Futuvvatiy 
(1244-1323 y.), İbn Xaldun (1332-1406), Badruddin Ayniy (vaf. 1451 y.) qimmatli 
manba sifatida foydalanganlar. Zamonaviy sharqshunoslar h’am wsha davrga oid 
tadqiqotlarida bu asarni chetlab wta olmaydilar. 
 “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli asarning arabcha matni, 
frantsuzcha  tarjimasi bilan 1891-1895 yillari Parijda h’amda Qoh’irada chop 
qilingan. Uning qisqartirilgan turkcha (tarjimonlar Yusuf Ziё va Ah’mad Tavh’id) 
va forsiy (tarjimonlar  Muh’ammad Ali Nosih’ va Mujtab Minoviy) tarjimalari 
mavjud. Asarning turkmanlar va Turkmanistonning XIII asrdagi ijtimoiy-siёsiy 
ah’volidan h’ikoya qiluvchi qismi rus tilida (tarjimon S. L. Volin) nashr etilgan 
edi. 
Kitobni twla h’olida Moskvada Z.M.Buniyatov rus tiliga tarjima qilib, ilmiy 
izoh’lar bilan nashr ettirgan.  
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish