205
kwkaltoshning xonadonida muallimlik qildi, 1502-1507 yillari Sulton Husayn
mirzoning wg’illaridan Faridun Husaynning kutubxonasida kitobdor mansabida
ishladi. 1507-1511 yillari Vosifiy Shoh’ruh’
mirzo madrasasida Xurosonda
kwzga kwringan iloh’iёt olimi İmodiddin İbroh’imdan talim oldi.
Zayniddin Vosifiy 1511 yili Xurosonda Safaviylar h’ukmronligi
wrnatilishi va sunniy mazh’abidagi musulmonlarni taqib etish kuchayganligi
tufayli 1512 yilning 17 aprelida bir guruh’ ruh’oniylar sayyid Shamsiddin Kurti,
amir Husayn va boshqalar bilan birga Movarounnah’rga keldi va umrining
oxirigacha shu mamlakatda istiqomat qildi. U Movarounnah’r
va Turkistonning
kwpgina shah’arlari Samarqand, Buxoro, Yassi, Sabron, Shoh’ruh’iya, Toshkent
va boshqalarida istiqomat qildi va mudarris, imom,
tarbiyachi, masalan,
Suyunchxojaning kenja wg’li Navruz Axmadxonning tarbiyachisi bwlib xizmat
qildi, Shoh’ruh’iyada bwlgan yillari esa Keldi Muh’ammadxon h’ukumatida
qozi askar lavozimida turdi. Vosifiy 1551 yili Toshkentda vafot etdi va
muqaddas manzilgoh’lardan shayx Xovand Tah’ur mozoriga dafn qilindi.
Zayniddin Vosifiy wzining «Badoyi ul-vaqoyi» nomli tarixiy-memuar
asari bilan shuh’rat qozondi. Asarda 1512-1532
yillar orasida muallifning
Xuroson va Movarounnah’rda kwrgan-kechirganlari, wsha davrdagi ijtimoiy-
siёsiy vaziyat zwr mah’orat va yuksak sanat bilan baёn etiladi. «Badoyi ul-
vaqoyi»da Movarounnah’rning XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi
yarmidagi ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёtiga oid qimmatli malumotlar kwp.
Asar 1538-1539 yillari ёzib tamomlangan.
«Badoyi ul-vaqoyi» asosan ikki qismdan iborat.
Uning birinchi qismi II
bob bwlib, unda Vosifiyning Hirotdan 1521 yili qochib kelishidan to uning
Shoh’ruh’ichga, Keldi Muh’ammadxon saroyiga 1518 yili kelguniga qadar
Xuroson va Turkistonda bwlib wtgan voqealarni wz ichiga oladi.
İkkinchi qismda Vosifiyning mazkur xon saroyida tez-tez bwlib turadigan
adabiy yig’inlar h’aqidagi esdaliklar joy olgan.
«Badoyi ul-vaqoyi»ning qwlёzma nusxalari keng tarqalgan.
Birgina WzR
FA Sharqshunoslik instituti kutubxlnasida ushbu asarning wndan ortiq nusxasi
saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni Sankt-Peterbkrglik olim A.N.Boldirev
tomonidan 1961 yili ikki jild qilib chop etilgan. U Xorazmda 1826 va 1907
yillarda Dilovarxoja va Muh’ammad Amin twra tomonidan wzbek tiliga tarjima
qilingan. Ayrim parchalar rus tilida A.N.Boldirev va V.P.Yudin tarafidan elon
qilingan. «Badoyi ul-vaqoyi»ning ayrim qismlari N.Norqulov
tomonidan tarjima
qilinib, 1979 yili nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: