1.3.4.
Xalq og’zaki adabiёti
Og’zaki adabiёt madaniyatning eng qadimgi qismi bwlib, uning ildizi
ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib taqaladi. Og’zaki adabiёtning
ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Tabariy, Masudiy,
Beruniy, Firdavsiy, İbn al-Asir kabi sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha etib
kelgan. Kayumars, Jamshid va Siёvush h’aqidagi afsonalar, Amort va Sparetra,
Twmaris va Shiroq h’aqidagi qissalar shular jumlasidandir.
Urug’chilik davri tarixini, ayniqsa, patriarxal – munosabatlarini wrganishda
“Alpomish”, “Gwrwg’li” kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, marosim
qwshiqlari, matal va topishmoqlarning roli h’am benih’oyat kattadir. Bu xalq
durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turish – turmushi, manaviy
qiёfasi, urf-odati, ayniqsa, uzoq wtmishda h’ukm surgan ijtimoiy munosabatlar
h’aqida qimmatli malumot beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor (nem.
Folk – xalq, lore – bilim; donishmandlik, xalq donoligi) fani shug’ullanadi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |