Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   276
16.2.14. «Matlab ut-tolibin» 
«Matlab ut-tolibin» («Haqiqat izlovchilarning maqsadi») Tojiddinning 
wg’li Abulabbos Muh’ammad Tolib tomonidan 1663/64 yili ёzib tamomlangan. 
Unda mashh’ur Juyboriy xojalardan xoja Muh’ammad İslom, xoja Sad, xoja 
Tojiddin Hasan, xoja Abdurah’im (1575-1629 yy.), Abdixoja (1577-1607 yy.) va 
Muh’ammad Yusufxoja (1595-1652 yy.)larning h’aёti va ijtimoiy-siёsiy faoliyati 
baёn etilgan.  
«Matlab ut-tolibin» faqat biografik asar bwlib qolmay, unda 
mamlakatning siёsiy va ijtimoiy-iqtisodiy ah’voliga oid h’amda Buxoro xonligi 
bilan Hindiston wrtasida munosabatlarga tegishli wta muh’im malumotlar 
mavjud. Shuning uchun h’am undan V.L.Vyatkin va P.P.İvanov Juyboriy 
xojalarning kr-suvi va mol-mulkini tadqiq etishda asosiy manbalardan biri 
sifatida foydalanishgan. 
                                                 
108
 Хожа Ҳофизиддин Бухорий – Хожа Муҳаммад Порсонинг ҳақиқий номи, 1419 йили вафот этган.
 


 
199
Muh’ammad Tolib h’aqida quyidagilar malum. Asarda uchragan bazi 
malumotlarga qaraganda, otasi 1608 yili vafot etganida u 39 ёshda bwlgan. 
Shuni etiborga olinadigan bwlsa, muallifning tug’ilgan yili 1569 yil bwlib 
chiqadi. U xoja Tojiddin Hasanning ikkinchi wg’li bwlib, h’amma vaqt otasi 
bilan birga Buxoroda istiqomat qilgan. 1623 yili ota-bola Balxga borganlar. 
Muh’ammad Tolibning h’am h’am xwjaligi katta bwlgan. Otasidan olgan 
ulushidan tashqari, 1632-1633 yillari bevarzand xolasining er-suvi va boshqa 
mulki h’am unga berilgan. Mulk otasi tirikligida 400 ming tangaga bah’olangan. 
«Matlab ut-tolibin» tarkibi ananaga binoan muqaddima, xotima va sakkiz 
bobdan iborat. 
Muqaddimada ananaviy fotih’a va h’amdu sanolardan keyin, mazkur 
asarni ёzishda muallif wz oldiga qwygan vazifalar h’aqida swz yuritiladi va asar 
mundarijasi keltiriladi. 
Asarning eng qimmatli malumotlar mavjud qismi uning IV-VIII 
boblaridir. 
Twrtinchi bobda xoja Sadning karomatlari«Matlab ut-tolibin», mol-mulki 
va xizmatkorlari, XVI asrning 80-ymllarida mavjud siёsiy vaziyat h’aqida 
muh’im malumotlar keltiriladi. Aytishlaricha, xoja Sadning Buxoro, Miёnqol, 
Samarqand, Savron, Turkiston, Axsikat, Nasaf, Hisor, Termiz, Qubodiёn, Balx, 
Badaxshon, Hirot, Marv, Murg’ob, Meh’na, Mashh’ad, Chorjwy va Andxud 
viloyatlarida katta mol-mulki, er-suvi, kwp sonli mol-qwylari, dwkonlari, 
h’ammomlari, sardobalari va qullari bwlgan. Masalan, h’azrat eshonning tilga 
olingan viloyatlarda 2000 juft gov
109
 ekin eri, 2500 bosh qwyi, 1500 oti, 12 
h’ammomi, 10ta sardobasi, kwplab bozorlari, savdo dwkonlari va ustaxonalari, 
100 nafar quli va boshqa boyliklari bwlgan. Uning h’ar bir viloyatda g’alla 
omborlari bwlgan. Faqat Buxoroyi sharifning bir wzida shunday omborlardan 
twrttasi qurilgan bwlib, ularning h’ar birida 100 mann
110
 g’alla saqlangan. Xoja 
Sadning yillik daromadi 60.000 tangaga barobar bwlgan. Hazrat xojaning mol-
mulkini kwp sonli va turli lavozimdagi sarkor, vakil, daftardor, soh’ibi xiroj, 
kerak yaroq, bakovul, qozi, dorug’a, mirishkor kabi mansabdorlar boshqarib 
turganlar. 
Twrtinchi bobda keltirilgan siёsiy voqealar ichida Abdullaxon soniyning 
Andijon va Xorazm ustiga XVI asr 80- yillarida qilgan h’arbiy yurishlari, 
Abdullaxon bilan Wzbek sulton wrtasidagi kelishmovchiliklar, Shayboniy 
qwshinlarining  İssiqkwl viloyati ustiga qilgan h’arbiy yurishi h’aqidagi 
malumotlar wta muh’imdir. 
Yana shu bobda baёn qilingan voqealar ichida Samarqand h’okimi 
Shayboniyzoda  İbodulla Sulton, Abdullaxon soniyning inisining wldirilishi 
sabablari h’aqida aytilgan fikrlar zwr ah’amiyatga egadir. «Abdullanoma» 
muallifining swzlariga qaraganda, İbrluooa sultonning wlimiga uning shariat 
qoidalarini buzganligi, yani ramazonning birinchi kuni rwza tutmay, ichkilik 
ichganligi sabab bwlgan. Lekin, 1586 yili Buxoro va Samarqandda bwlib wtgan 
                                                 
109
 Жуфти гов – бир жуфт ҳўкиз билан ҳайдаб экиладиган ер, тахминан саккиз-тўққиз гектарга тенг бўлган.
 
110
 Манн- ўрта асрларда бир манн 25,6 килограммга тенг бўлган.
 


 
200
voqealarni chuqurroq tah’lil etadigan bwlsak, bu faqat bir bah’ona, sababi esa 
tamoman boshqacha bwlgan. Masalan, «Matlab ut-tolibin»da keltirilgan 
malumotlarga qaraganda, XVI asrning 80-yillari boshida Shayboniy  sultonlar, 
xususan  İbodulla sulton bilan Abdullaxon wrtasida munosabatlar bir qadar 
buzilib qolgan. Bunga Abdullaxonning 1583 yili Andijon ustiga, İsfandiёr 
sultonga qarshi qwshin tortgani sabab bwlgan. Asarda keltirilgan malumotlarga 
qaraganda, 1586 yilning 3 avgust kuni Toshkent h’okimi Dwstim sulton, 
Andijon h’okimi İsfandiёr sulton va Hisor h’okimi Wzbekxon, va Samarqand 
h’okimi  İbodulla sultonning elchilari Samarqandga twplanib kengash 
wtkazganlar va gapni bir erga qwyib Abdullaxon soniyga qarshi h’arbiy-siёsiy 
ittifoq  tuzganlar. Oradan kwp vaqt wtmay, İbodulla sulton Abdullaxonning 
ywqligidan foydalanib, Samarqand tevaragidagi tumanlarni bosdi va talon-taroj 
qildi. 
«Matlab ut-tolibin» muallifi yana quyidagilarni ёzadi; «(İbodulla) sulton 
ramazon oyi boshlarida qattiq ichib mast bwlgani sababdan Mirzo Abdurah’im 
kechasi maxfiy ravishda uning xonasiga kirdi va xanjar zarbi bilan uni wldirdi. 
Wsha kunlari h’azrat eshon (xoja Sad) Hisori shodmonda edilar. Tun 
yarimlaganda din suyanchig’i bwlmish amir ul-umaro Qulbobo kwkaltosh 
(h’azrat eshonning h’uzuriga) kirib keldi va İbodulla sultonning wldirilganligini 
aytdi. Bundan sal avval h’azrat eshon onasini tushida kwrganligini va 
mulozimlariga «Yaqin orada İbodulla sulton bu dunёni tark etsa kerak», deb 
aytgan. Asarda keltirilgan bu malumotlarni diqqat bilan tah’lil qilinganda 
İbodulla sulton Abdullaxonning odamlari tomonidan wldirilganligi wz-wzidan 
malum bwladi. 
Yana shu bobda Abdullaxonning 1583 yili Andijon ustiga, İsfandiёr 
sultonga qarshi, va sal keyinroq Xorazmga qwshin tortgani h’aqida malumotlar 
bor. 
Asarning boshinchi bobi xoja Tojiddin Hasanning tug’ilgan kunidan to 
vafotigacha Movarounnah’rda kechgan voqealar h’aqida h’ikoya qilinadi. Bu 
erda keltirilgan malumotlar orasida h’okimiyatning Shayboniylardan 
Ashtarxoniylar sulolasi qwliga wtish vaqti h’aqidagi malumotlar qimmatlidir. 
Malumki, bazi kitoblarda va xronologiyalarga oid asarlarda, masalan, S.Leynpul, 
E.Tsambaur kitoblarida, bu voqea h’ijriy 1006, melodiy 1598 yilda sodir bwlgan 
deb qayd qilinadi. Lekin keyinroq atroflicha wrganilgan «Bah’r ul-asror», 
«Tarixi olamoroyi Abbosiy», «Silsilat us-salotin» asarlarida bu voqea h’ijriy 
1009, melodiy 1601 yili sodir bwlgani ochiq aytilgan. «Matlab ut-tolibin»da shu 
fikr aniq va ishonarli dalillar bilan etirof qilingan. 
Yana shu bobda Abdullaxon soniy bilan uning wg’li va taxt vorisi 
Abdulmwmin sulton wrtasida boshlangan ziddiyat h’aqidagi malumotlar 
tariximizning yaxshi ёritilmagan masalalariga aniqlik kiritishda muh’im 
ah’amiyat kasb etadi. Bu jih’atdan beshinchi bobda keltirilgan malumotlar 
jiqqatgan sazovordir. 
Bulardan biri, Juyboriy xojalarning  mol-mulki yil sayin ortib borishidir. 
Masalan, xoja Sadning vorisi xoja Tojiddin Hasanning mol-mulklari orasida 


 
201
yangilari, yangi qurilgan Hasanobod qishlog’i, 50 nafar chorbog’, 20 qator
111
 
tuya va boshqalar h’am bwlgan. Shuni h’am aytish kerakki, xoja Tojiddin fiqh’, 
h’adis va tarixga oid qimmatli kitoblar yig’ishga h’am etibor bergan. «Matlab ut-
tolibin»da keltirilishicha, uning kutubxonasida 1000 jild qimmatli qwlёzmalar 
saqlangan. Ularning ayrimlari bezakli, tilla suvi berib ёzilgan kitoblar bwlgan. 
İkkinchisi Abdullaxon bilan uning wg’li va taxt vorisi, Balx h’ukmdori 
Abdulmwmin sulton wrtasida XU1 asrning 80-yillaridan boshlab kuchayib 
ketgan ziddiyatlar va Abdullaxonning vafoti xususidadir. «Matlab ut-tolibin»da 
quyidagilarni wqiymiz; «Abdullaxon mamlakatni 44 yil idora qildi. Otasi 
İskandarxon tirikligi chog’ida 28 yil uning nomidan, otasi vafot etgandan keyin 
18 yil mustaqil idora qildi. Saltanatning bir uchi Andijonda, bir uchi Xorazmda, 
uchinchi uchi Dashti qipchoqda, twrtinchisi Xuroson va Seistonda bwlgan. 
Aytishlaricha, Abdumwminxon Muh’ammad Boqibiy bilan til biriktirib, 
otasining ovqatiga zah’ar qwshdirib bergan va xon h’ijriy 1006 yili vafot etgan. 
«Matlab ut-tolibin»ning oltinchi bobi Juyboriy xojalarning yana bir 
namoёndasi xoja Abdurah’imningh’aёti va ijtimoiy-siёsiy faoliyatiga 
bag’ishlangan. B«Matlab ut-tolibin»u bobda yirik xwjadiklarda qul meh’natidan 
foydalanish, er egaligining tanxoh’ va suyurg’ol shakllari, kerak yaroq lavozimi 
va uning vazifalari, Buxoro xonligi bilan Hindiston wrtasidagi munosabatlar 
h’aqida qimmatli malumotlar keltiriladi. 
Kerak yaroqchi h’aqida bu asarda, masalan, bunday deyiladi; «Mulla 
Mirmuh’ammad xoja (Abdurah’im)ning xizmatkorlari jumlasidan edi. Uning 
zimmasiga kerak yaroqchilik vazifasi yuklatilgandi. Uning zimmasiga xojaning 
xonadoni uchun kerak bwlgan h’arir matolar va boshqa narsalarni topib keltirish 
majburiyati yuklatilgandi. Bir payt h’isobchilar mulla Mirmuh’ammad kerak 
yaroqchini taftish qilganlarida unga xojaning sarkorligidan berilgan naqd puldan 
tashqari, uning savdogarlar va boshqa shah’arlardan 90 ming xoniy qarz 
olganligi, lekin shu h’aqdagi tilxatlardan 1000 xoniy mablag’ tilxatlarda xoja 
(Abdurah’im)ning muh’ri ywqligi aniqlandi. Shundan keyin xoja (Abdurah’im) 
uni h’uzuriga chaqirib; «Nega aytilgan qarz h’aqida wz vaqtida bizsha malum 
qilmadingiz va tilxatlarni bizga kwrsatmadingiz?», deb swraganda, mulla 
Mirmuh’ammad (xojaga) bunday javob qilgan; «Biz sizning soh’ibi 
h’immatligingizga ishongan edik». Shundan keyin xoja mulla Hojibek 
devonbegi bilan mutavalliyni chaqirtirib, mulla Mirmuh’ammadning barcha 
qog’ozlarini ywq qilib yuborishni buyurgan.» Keltirilgan parchadan kerak 
yaroqchining vazifalari va h’uquklari, ortiqcha izoh’siz h’am kwrinib turibti.  
Asarning swnggi, ettinchi bobi Abdixojaning h’aёti, faoliyati va 
karomatlari baёniga bag’ishlangan. Lekin tadqiqotchi uchun wta zarur bwlgan 
dalil va malumotlar, masalan, Buxoro xonligining  Abdullaxon soniy vafotidan, 
1598 yildan keyingi ichki ah’voli, Juyboriy xojalarning, masalan, Abdixojaning 
bundagi wrni va vazifasi, Shayboniylar davlatining tuzilishi, xususan, devonbegi, 
miroxur, otaliq, shig’ovul, yasovul, naqib, qozi, bakovul, qurchi boshi, dodxoh’, 
parvonachi, shayxulislom, kwkaltosh, kadxudoyi dah’a (dah’aboshi), chiroqchi, 
                                                 
111
 Бир қаторда тахминан 150 нафар туя бўлган.
 


 
202
munshiy va boshqa lavozimlar h’aqida, shuningdek, wzbek xalqining etnik 
tarkibiga kirgan saroy, qwng’irot, nayman, qatag’on, yuz, arg’in, kenagas va 
boshqa qabilalar va ularning mamlakatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida tutgan wrni 
h’aqida muh’im malumotlar keltirilgan. 
Abdixojaning XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro 
xonligining mchkm ah’voli va uning mamlakatning siёsiy h’aёtida tutgan wrni 
va mavqei h’aqida asarda quyidagi malumotlarni uchratamiz. Swnggi Shayboniy 
Pirmuh’ammad Soniy (1598-1601 yy.) davrida mamlakatning ichki ah’voli 
beqarorlikka yuz tutdi. Shu payt Abdixoja Buxoroni tark etib Samarqandga 
bordi. Uning h’okimi Ashtarxoniy Boqi Muh’ammadning omadi yurishib, toj-
taxtni egallaguday bwlsa, ikkalari davlatni birgalashib boshqarishga ah’d 
qildilar. «Matlab ut-tolibin»da Boqi Muh’ammadxonning mana bu swzlari 
keltiriladi; «Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga muyassar bwlsak, unda 
mamlakatni Siz, men va Vali Muh’ammad wrtasida uchga taqsimlaymiz...» 
Ertasi kuni ertalab, nonushta paytida Abdixoja Boqi Muh’ammadxonga murojaat 
qildi; «Tabriklaymiz, ulug’ ajdodlarimiz Sizga poytaxt shah’ar Buxoroni inom 
qiladilar.» Boqi Muh’ammadxon (ichiga sig’may) suyunib ketdi va singlisini 
Abzixojaga xotinlikka berdi. Abdixoja h’ammasi bwlib Buxoroda bir yilga yaqin 
istiqomat qildi. Shundan keyin Abdixojaning nuvuzi ortti. Muh’ammad Tolib bu 
h’aqda mana bularni ёzadi; «Hazrat xojaning ulug’ligi va kuch-qudrati shu 
darajaga borib etdiki, jinoyat sodir etgan kishi uning h’uzuriga qochib borib, 
uning xizmatiga kirgudek bwlsa, u jaxoga tortilmagan. Xojaning tasiri barcha 
viloyatlarda shu qadar kuchli ediki, biron zot uning swzini qaytarmas edi. 
Kayfiyati ywq paytlarda Boqi Muh’ammadxonni h’am mensimas edi. Agar xon 
biror shaxsni ostonasidan quvib yuborguday bwlsa, xoja uni wz h’imoyasiga olar 
edi. Xoja tex-tez xonga wzgalar oldida tanbeh’ berar edi. Odamlar va h’arbiylar 
faqat xojaga ёrdam swrab murojaat qilar edilar. Xullasi kalom, yirik 
mansabdorlar, aslzodalar va sipoh’iylar shuruh’-guruh’ bwlib h’azrat xojaning 
panoh’iga qochib wta boshladilar. Bazi sipoh’iylar xojaga; «Siz bizning pushti 
panoh’imizsiz. Biz Sizni podshoh’ etib saflamoqchimiz», deb murojaat qila 
boshladilar. 
«Matlab ut-tolibin» chop etilmagan. Uning qwlёzma nusxalari kwpgina 
kutubxonalarda mavjud. WzR FA Sharqshunoslik institutining qwlёzmalar 
xazinasida uning nusxalari saqlanmoqda. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish