192
As-Safiy turli soh’alarga oid 10 ga yaqin asar ёzib qoldirgan. Turli latifa
va badialarni wz ichiga olgan «Latoif az-zaroif» («Zarofatli kishilarning
latifalari»), «Mah’mud va Oёz» dostoni, al-kimёga bag’ishlangan «Tuxfat ul-
xoniy» («Xonning tuxfasi»), «Hirz al-omon min fatan az-zamon» («Zamonning
ziyrakligi bilan joduni qaytaradigan tumor»), «Axloqi Muh’siniy»,
Naqshbandiya tariqatining talimoti va uning yirik namoёndalari h’aёti va
faoliyatiga bag’ishlangan «Usuli Naqshbandiya»
kabi asarlar shular
jumlasidandir. Bundan tashqari, as-Safiy tarjimonlik bilan shug’ullangan.
Masalan, u shayx Shih’obuddin Suh’ravardiyning (vaf.1234 y.) «Uyun al-
h’aqoiq va ixoh’ al-taroiq» («Haqiqatlar bulog’i va tariqatlar izoh’i») kitobini
arabchadan fors tiliga tarjima qilgan. Bu tarjima «Kitob kashf ul-asrori Qosimiy»
(«Qosimiy sirlarining kashf etilishi h’aqida kitob») nomi bilan malum. As-Safiy
Sharqda mashh’ur bwlgan «Kalila va Dimna» asarini h’am qayta ishlagan va
unga «Anvori Suh’ayliy» («Suh’ayl yulduzining nurlari») deb nom bergan.
Wzbekistonning XV asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy tarixini
wrganishda as-Safiyning ayniqsa «Rashah’ot» asari muh’im wrin tutadi. Asar
Naqshbandiya tariqati mashoilarining qisqacha tarjimai h’oli h’amda tariqatning
yirik namoёndalaridan xoja Ubaydulla Ah’rorning h’aёti va maqomotlarini wz
ichiga oladi.
As-Safiy wz asarini ёzishda xoja Muh’ammad Porsoning «Fasl ul-xitob»,
Shih’obuddin ibn Amir Hamza (vaf.1405 y.)ning «Maqoqoti Amir Kulol»,
Muh’ammad al-Buxoriyning (XII asr) «Maslak ul-orifin», Mavlono Muh’ammad
qozining (vaf.1516 y.)ning «Silsilat ul-orifin va tazkirat as-siddiqin»
asarlaridan
foydalangan. Lekin asarning katta qismi, yani xoja Ubaydulla Ah’rorning h’aёti
va faoliyati h’aqidagi qismi, muallifning shaxsiy kuzatuvlari va swrab-surishtirib
twplagan malumotlari asosida ёzilgan.
«Rashah’ot» qisqacha swz boshi-debocha, kirish-maqola va uch qismdan
iborat.
Swz boshida mazkur asarning ёzilish
sabablari, muallifning ismi sharifi,
asarning ёzilib tamomlangan vaqti, shuningdek, xoja Ubaydulla Ah’rorning
Naqshbandiya tariqatiga munosabati h’aqida swz boradi.
Kirish qismida Naqshbandiya tariqati mashoyixlarining,
xoja Yusuf
Hamadoniydan to mavlono Shamsuddin Ruh’iygacha qisqacha tarjimai h’oli
baёn qilingan.
Asarning I-III qismlarida xoja Ubaydulla Ah’ror va uning farzandlari, xoja
Zikriё, xoja Yah’ё, shuningdek, zoja Ah’rorning yaqin muridlarining h’aёti va
maqomotlari h’aqida h’ikoya qilinadi.
«Rashah’ot»ning biz uchun qimmatli tomoni shundaki, unda, ayniqsa
asarning
uchinchi qismida, Wzbekistonning XV asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va
siёsiy avoliga oid qimmatli malumotlar mavjud. Xoja Ubaydulla Ah’rorning er-
suvlari va boshqa mulki, tamg’a solig’i, xorijiy mamlakatlar bilan bwlgan savdo-
sotiq aloqalari va mamlakatda kuchayib ketgan wzaro kurash va bunda
musulmon ruh’oniylari, xususan xoja Ah’rorning ishtiroki h’aqidagi
malumot va
xabarlar shular jumlasidandir.
193
«Rashah’ot» Hindistonda 1890, 1897 va 1906 yillari h’amda Toshkentda
1911 yili chop etilgan. Asar arab, 1852, 1889 yillari h’amda turk tiliga 1888 yili
tarjima qilingan.
XVI-XVIII asrlarda ёzilgan maqomotlar h’am bir talay. Ular h’am
biografik asarlar sirasiga kiradi. Ularning kwplari XVI asrga oiddir. Mah’dumi
Azam Kosoniyning nabirasi xoja Abulbaqoning qaoamiga mansub bwlgan «Jomi
ul-maqomoti Mah’dumi Azam Kosoniy» («Mah’dumi Azam Kosoniy
maqomotlari majmui»). Muh’ammad Rah’im tarafidan ёzilgan «Siroj us-salokin
va latoif ul-orifin» («Twg’ri ywldan boruvchilar uchun chirog’
va donolarning
lutf swzlari»). Dwstmuh’ammad al-Buxoriyning «Juybor ul-asror» («Kwp
irmoqli manzilning siru asrorlari»). Husayn ibn Mir Husayn Saraxsiyning
«Manoqibi sadiya» («Xoja)Sadning maqomotlari»), Muh’ammad Tolib ibn xoja
Tojiddinning «Matlab ut-tolibin» («Toliblar matlabi») kitobi, Badriddin
Kashmiriyning «Ravzat ur-rizvon va h’adiqat ul-g’ilmon» («Jannat bog’i va
changalzor mah’ramlari»), XVII-XIX asrlarda ёzilgan asarlardan Muh’ammad
Qosimning «Nasimot ul-quds» («Qudsiylikning mayin shabadasi»), Muh’ammad
Avazning «Ziё al-qulub» («Qalblar ziёsi»), xoja Hoshim Kishmiyning «Zubdat
ul-maqomot» («Maqomotlar zubdasi»), Sayid Ali Zindaning «Samarot ul-
mashoyix» («Mashoyixlar natijasi»), Muh’ammad Toh’ir ibn Muh’ammad
Tayyib Xorazmiyning «Silsilati xojagoni Naqshbandiya» («Naqshbandiya
xojalarining silsilasi») shular jumlasidandir.
XVI-XVII asrlarda yaratilgan uch-twrt asarga aloh’ida twxtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: