Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


«Ravzat ur-rizvon va h’adiqat ul-g’ilmon»



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   276
16.2.11. «Ravzat ur-rizvon va h’adiqat ul-g’ilmon» 
«Ravzat ur-rizvon va h’adiqat ul-g’ilmon» («Jannat bog’i va changalzor 
mah’ramlari») asari Badriddin Kashmiriy qalamiga mansub bwlib, unda XVI-
XVII asrlarda Wzbekistonda va qwshni mamlakatlar, Xuroson, Shimoliy 
Hindiston va Koshg’arning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida katta nufuzga ega bwlgan 
Juybor xojalari, xususan xoja Muh’ammad İslom (1493-1563 yy.), xoja Sad 
(1531/32- 1589 yy.) va xoja Tojiddin Hasan (1574-1646 yy.)larning h’aёti va 
faoliyati h’aqida h’ikoya qilinadi. Kitob XVII asrning birinchi yarmida ёzib 
tamomlangan. 
Asar muallifining twla nomi Badruddin ibn Abdussalom ibn sayyid 
İbroh’im al-Husayniy al-Kashmiriydir. Asar muqaddimasida wzi keltirgan  
malumotlarga qaraganda, asli kashmirlik bwlib, 1554 yili Buxoroyi sharifga 
kwchib kelgan va xoja Muh’ammad İslomning shaxsiy kotibi sifatida xizmatiga 
kirgan. Uning vafotidan keyin wg’illari xoja Sad va xoja Tojiddin Hasanlarning 
xizmatida (uning faoliyatining boshida) bwlgan. 
Asar mazmuni, uslubi va unda turli mavzu bwyicha twplangan 
maoumotlardan kwrinishicha, Badriddin Kashmiriy keng malumotli, tarix, 
sheriyat, insho ilmlarini chuqur egallagan kishi bwlgan. U «Ravzat ar-
rizvon»dan boshqa «Shami dilafrwz» («Dilni ravshan qiluvchi chirog’», 1568/69 
yili  ёzilgan), “Meroj ul-komilin” (“Komil kishilarning merojga kwtarilishi”, 
1573/74 yili ёzib tamomlangan), “Ravzat ul-jamol” (“Gwzal bog’”, 1575/76 y. 
ёzib tamomlangan), “Bah’r ul-avzon” (“Vaznlar wlchovi”, 1583 y.) va 


 
194
“Rasulnoma” (1593 y.) kabi nazmiy va nasriy asarlar ёzib qoldirgan. Swnggi 
asarining twrtinchi qismi “Zafarnoma” sheriy doston bwlib, unda Shayboniy 
Abdullaxon soniyning tarixi baёn qilingan. 
“Ravzat ur-rizvon” – katta 552 varaqdan iborat asar bwlib, muqaddima, 
xotima va etti bobdan tashkil topgan. 
Muqaddimada xoja Muh’ammad İslomning avlod-ajdodi, h’azrat 
eshonning xulq-atvori, xoriq odatlari va olijanob fazilatlari h’aqida malumotlar 
keltiriladi, Badriddin Kashmiriyning Buxoroga kwchib kelish sabablari, mazkur 
asarning twrt yil ichida ёzib tamomlanganligi va buning evaziga h’azrat 
eshondan 2.500 Abdullaxoniy kumush tanga va boshqa inomlar olgani h’aqida 
gap boradi. 
Birinchi bobda Movarounnah’rning XVI asrning birinchi yarmidagi 
ijtimoiy-siёsiy h’aёti, 1556 yili Buxoroning Abdullaxon soniy tarafidan ishg’ol 
etilishi, Abdullaxonning g’alabalari va bunda xoja Muh’ammad İslomning 
ishtiroki va wrni h’aqida qimmatli, kwp wrinlarda tarixiy asarlarda uchratish 
qiyin bwlgan malumotlar mavjud. 
Asarning ikkinchi bobi wta qimmatli. Unda Shayboniy sultonlar – 
Muh’ammad Amin sulton, Dinmuh’ammad sulton, Xisrav sulton, Abduquddus 
sultonlarning xoja Muh’ammad İslom va xoja Sad nomiga ywllagan arznomalari 
va Buxoro, Samarqand, Marv va Badaxshon shoirlari Mushfiqiy, Mah’ramiy, 
Shuuriy, Vosifiy, Sabriy va boshqalarning h’azrat eshon – xoja Muh’ammad 
İslom va xoja Sadlar sharafiga bitgan sherlaridan namunalar keltirilgan. Bu erda 
keltirilgan arznomalar, shuningdek xon va sultonlarning farmonlari asosan uch 
masala; 1) Buxoro xonligining XVI asrdagi ichki ah’voli, yani markaziy 
h’ukumat bilan ulus, viloyat, wlka h’okimlari wrtasidagi munosabat, 
2)xonliklarning ijtimoiy-iqtisodiy ah’voli, 3) Buxoro xonligi bilan Eron, 
Shimoliy Hindiston va Koshg’ar wrtasidagi munosabatlari masalasiga 
twxtalingan. Arznomalar va sherlar Wzbekistonning XVI asrdagi ijtimoiy-
iqtisodiy h’aёti va madaniyatini wrganishda katta ah’amiyatga ega. 
Asarning uchinchi va twrtinchi boblarida xoja Muh’ammad İslomning 
XVI asr 60-yillari boshidagi h’aёti va faoliyati bilan bog’liq malumotlar 
keltiriladi, shuningdek, Juybor xojalarining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
h’aёtidagi ishlari h’aqidagi malumotlar wrin olgan. Bu malumotlarning 
kwpchiligi h’atto shu masalalarni maxsus wrgangan tadqiqotchilarga h’am 
malum bwlmasa kerak
106

“Ravzat ur-rizvon”ning beshinchi bobi h’am ёzishmalarga bag’ishlangan. 
Bu bobda Abdullaxonning xoja Muh’ammad İslom va xoja Sadga ywllagan 100 
dan ortiq maktubining nusxalari, Shayboniy sultonlar, yirik olimlar va viloyat 
h’okimlari, shuningdek, Hindiston, Eron va Koshg’ar h’ukmdorlarining Juybor 
xojalariga ywllagan maktublarining nusxalari keltirilgan. Bular orasida h’azrat 
xojalarga inom etilgan mulklar, h’azrat eshonning erlarini obod qilish yumushiga 
                                                 
106
 Из архива шейхов Джуйбари. Материалы по земельным и торговым отношениям Средней Азии ХVI века. 
Под редакцией Е.Э.Бертельса.-М.-Л.; 1938; Иванов П.П. Хозяйства Джуйбарских шейхов. К истории 
землевладения Средней Азии ХVI-ХVII вв.,-М.-Л.; 1945.
 


 
195
ah’olini majburiy safarbar qilish va deh’qonlarni erga biriktirish h’aqidagi 
farmonlarning nusxalari keltirilgan. 
Juyboriy xojalarga sher, qasidalar, masnaviylar, tarixlar bag’ishlagan 
shoirlar Meh’riy Buxoriy, Rah’imiy Samarqandiy, Masih’o, Foniy, Hofiz 
Husayn, Meh’riy, Hofiz İbroh’im va boshqalarga asarning oltinchi bobi 
bag’ishlangan. Tarixda Abdullaxon va Juyboriy shayxlar qurdirgan binolar 
h’aqida muh’im dalil va malumotlar keltirilgan.  
Asarning swnggi, ettinchi bobida Buxoro xonligining xoja Sad va 
Abdullaxon davridagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli h’aqida muh’im, diqqat etiborga 
sazovor malumotlar keltiriladi. 
“Ravzat ur-rizvon”ning yaxshi va yagona qwlёzmasi WzR FA 
Sharqshunoslik insititutining xazinasida 2094 raqami ostida saqlanmoqda. Asar 
h’ali biron xorijiy tilgan tarjima qilinmagan. Uning twg’risida B.Ah’medov va 
İ.Saidah’medov maqolalari elon qilingan. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish