113
Alisher Navoiyning «Tarixi anbiё va h’ukamo» asari 890/1485 va
904/1498-1499 yillar orasida tasnif etilgan bwlib, unda Odam Atodan boshlab,
oltmish oltita payg’ambarlar va wn bitta donishmandlar twg’risida ixcham, lekin
juda jonli va qiziqarli malumotlar baёn etilgan.
Malumki, Alisher Navoiyga qadar h’am anbiёlar h’aqida turli rivoyatlar,
qissalar mavjud bwlgan. Ayniqsa, «Quroni karim»da va eng qadimiy
manbalarda, umumiy tarixga oid Abu Jafar Tabariyning (836-923) «tarixi ar-
rusul va muluk», Abu Rayh’on Beruniyning «Osor ul-boqiya», h’amda Abu
Sulaymon ibn Dovud binni Abu-l-Fazl Muh’ammad binni Dovud al-
Banokatiyning (vaf. 730/1330) «Ravzatu Oli al-bob fi tavorix al-akobir va-l-
ansob» (1317) ёki «Tarixi Banokatiy» (XIV asr) nomli, Hamdulloh’ binni Abu
Bakr binni Ah’mad binni Nasr al-Mustavfi Qazviniyning (vaf. 750/1350) «tarixi
Guzida» (744/1343), Abulqosim Firdavsiyning «Shoh’noma», Nizomiy
Ganjaviyning «Xamsa» va boshqa shu kabi asarlarda tarixiy voqealar,
shuningdek, diniy tarixga oid malumotlar kwp.
Wz davrining yirik olimi va tarixchisi sifatida Alisher Navoiy h’am
bunday manbalarni wrganib chiqqan, ular bilan yaqindan tanishgan. Bu asarlar
aksariyati arab va fors tilida bwlgani uchun, Alisher Navoiy turkiy-wzbek tilida,
kwplab qissalarni qiёsiy wrganish asosida wz asarini yaratdi. U asar mazmun
jih’atidan umumiy tarixga oiddir.
Bu asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Odam Atodan tortib, nuh’,
İso, Muso, Yaqub, Sulaymon, Dovud, Yusuf va boshqa payg’ambarlar h’aёtiga
oid turli naqllarni baёn etadi, h’ar bir tarix oxirida ruboiy keltirilib, ularning
h’aёtiga lirik xotima yasaydi.
Kitobning ikkinchi qismida mashh’ur donishmandlar h’aёti lavh’alari,
ularning h’ikmatlari keltiriladi. Masalan, G’arbda Pifagorga nisbatan bergan bir
iborani Alisher Navoiy Buqrotus h’akim nomidani shunday keltirilgan: «Yaxshi
swz kwngulni ёritur va yaxshi xam kwzning nemati arusidurkim, aning mah’ri
shukrdir».
Butun umri va faoliyati davomida olimlarni qadrlagan Alisher Navoiy
ularning tarixini anbiё, payg’ambarlar tarixidan keyin, ularni birgalikda bitgani
aloh’ida tah’singa sazovor h’oldir. Bu kitob tarixchi, olim va shoirlarga qadimgi
davr izoh’i uchun muh’im manba vazifasini wtashi mumkin. Bu asarni
manbashunoslik fanida aloh’ida wrganish shuning uchun h’am zarurki, tarixga
oid asarlarda tafsilotlari keltirilmay, juda kwp wrinlarda mayg’ambarlar va
ularning h’aёtiga oid voqealarga murjaat qilish uchraydi. Manna shu jih’atidan
Alisher Navoiy asari h’am tarixchi olimlar, h’am tarixni wrganuvchi talabalar
uchun katta ah’amiyat kasb etadi. Shuning bilan birga, u asarda alisher
Navoiyning mashh’ur tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyga munosabati baёn
etilgan. Navoiy uning «Zafarnoma» asari muqaddimasini zikr qlar ekan,
tarixchini «mavlono sharaf ul-millat va davla», yani «davlat va millat sharafi»
deb tariflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: