Elka bilan to’rtib to’pni olib qo’yish.
Ushbu usul yakkama-yakka kurashda kuchlik harakatlarga kiradi. Shuning uchun bunday harakatlarga ruxsat etilgan qoidalarga qat’iy rioya qilish zarur. Faqatgina o’yin oralig’ida bo’lgan holda o’yinchi elkasining 1/3 yuqorisini turtishga ruxsat beriladi. Raqib orqa oyoqdan tayanch holatda bo’lgan vaqtida elka bilan turtish mumkin.
To’pni o’yinga kiritishning turli xil ko’rinishlari (61-rasm).
To’pni tashlashda qo’l barmoqlari ochilgan holda uni yon tomonlarini qamrab oladi, katta barmoqlar bir-biriga tegish oraliqda.
rasm
To’pni yon chiziqdan o’yinga kiritish (62-rasm).
Bu tabiiy texnik usul maydon o’yinchisining qo’llari bilan bajariladi. Dastlabki holat – qadam tashlash holatdayoki oyoqlar elka kengligida turadi. To’p bilan qo’llar tirsaklarda buqilib tepaga ko’tarilib bosh orqasida o’tkaziladi. Tana massasi orqada to’rgan oyoqqa o’tkazilib, oyoqlar tizza bo’g’inlarida bo’qiladi, gavda orqaga engashadi.
To’pni tashlash qo’l, gavda, oyoqlarning keskin to’g’rilanishi bilan tashlash tomon yo’nalishiga yakunlovchi barmoqlar zo’r berishidan boshlanadi. Yakunlovchi fazani bajarishda to’pni tashlash qoidalariga rioya qilib, futbolchi ikkala oyog’ini erdan uzmasligi kerak.
rasm
Darvozabon o’yini. Eng murakkab va og’ir vazifalar darvozabonlar oldida turadi. Chunki darvozabon maydonda hamma o’yinchilarni nafaqat ko’rish, ularni kuzatib turishi lozim. Ayniqsa to’p bilan o’ynayotgan sportchini, to’p tepilishini, yo’nalishini ko’rish va sezish kerak.Bulardan tashqari, futbolchilarning o’yin texnikasini, taktikasini va tayyorgarligini darvozabon bilishi shart.
Darvozabon o’yin mahoratiga binoan ko’pincha jamoaning yutuqlari bog’liq. Shuning uchun darvozabondan katta jismoniy tayyorgarlikni, epchillikni, tezkorlikni, chidamlilikni va sezgirlikni talab qiladi. Shu bois epchillikni tarbiyalashda, shuningdek, xuddi kuch va tezlikda ham oldingi yuklamadan (nagruzka) charchash alomatlari bo’lmagandagina, o’zlari mashqlarni bajaradigan, sho’nga nisbatan etarli darajada to’liq tiklash uchun, dam olish vaqt oralig’idan foydalanish ahamiyatga ega.
Futbolchi “portlovchi” kuchini, tezlikni, epchillikni egallashi qiyin, shuning uchun bu sifatni butun sport hayoti davomida tarbiyalash kerak. Uni tarbiyalashga diqqat e’tibor bilan yondashish kerakki, aynan shu sifat futbolchilarning o’yin faoliyati samaradorligini aniqlaydi.
Darvozaboning asosiy holati (63 a-rasm). Texnik usullarning samarali bajarilishi ko’pincha darvozabon harakati tayyorgarligidan aniqlanadi. Buning uchun darvozabonning har xil harakatlarni bajarishdan oldingi dastlabki holat asos bo’ladi. Bu esa, oyoqlar tizza bo’g’inlarida ozgina buqilgan, oyoqlar elka kengligida ochilgan. Tirsakda buqilgan qo’llar ko’krak sathida oldinga uzatilgan. Qo’l kaftlari ichki tomon va oldinga qaratilgan. Barmoqlar kengroq ochilgan. To’g’ri dastlabki holat to’pga sakrashda, yiqilishda, qadamlab brishda, umumiy markaz nuqtasini tezda tayanch holatdan tashqariga o’tishda imkoniyat yaratadi.
rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |