Jarima to’pi va erkin to’p tepish. Qo’pol va daxshatli o’yin o’zining jarima maydonidan darvozaga xavf-xatarni kuchaytiradi. Aniq hisobchilarning tasdiqlashi bo’yicha Jahon chempionatlarida 40% gollarni (standart) bir qolipdagi ahvolda kiritgan. Ko’pincha jarima to’pi tayinlansa, himoyachilar darvoza oldida devor bo’lib turishadi. Bunday vaziyatni engib o’tish, faqat epchil, to’pni o’z vaqtida uzatishga qodir futbolchi egallaydi.
Darvoza oldida to’rgan devorni bartaraf qilish uchun bir qancha standart kombinastiyalarni bilish lozim.
Eng oddiysi-shiddatli qisqa zarba bilan darvoza oldidagi devordan oshirib darvozaning burchagiga qarab to’pni tepib kiritish ko’pincha bunday paytlarda raqib osonlikda qarshilik ko’rsatadi.
Zarba uchun dastlabki holatda ikki o’yinchidan bittasi u yoqdan bu yoqqa yuguradi, lekin to’pni tepmay, u bilan yonma-yon yugurib boradi. Dastlabki holatga qaytib kelgandan so’ng aldash sababini tushuntiradi. Bu vaziyatdan foydalangan sheriklardan biri qisqa uzatish qiladi, uchinchi o’yinchi darvozaga qarata to’pni tepadi.
Jamoaning ikki o’yinchisi devorning ichki qismiga saflanib turishadi. Himoyachilarning darvozaboni darvoza ustunidan uzoqlashib, zarba tepilgan to’pni ilib olish uchun harakat qiladi.
Burchakdan to’p tepish. Burchakdan bo’lgan zarba zamonaviy kombinastiya bo’lib kelgan. Burchakdan har xil zarbalar qilish mumkin. Pastdan, yuqoridan yoki sherigi yordamida to’pni bir-biriga tez uzatib darvozaga tepishlari mumkin. To’p tashlashda juda oddiy kombinastiyani qo’llasa bo’ladi. Sheriklar 7- 10 metrda bo’lgan masofadan foydalanishadi. Sherigidan boshiga yoki oyog’iga to’pni ilib olganda shu zahoti to’pni qaytarib, o’zi bo’sh hududga o’tib olishga harakat qiladi. Bitta o’yinchi yon tomon vaziyatini egallaydi (8-10 m).
Ikkinchisi xuddi shu masofada bo’lgan hududni egallaydi.
Xulosa qilib aytganda, har bir burchak to’pidan unumli foydalanish maqsadga muvofiq.
Hujumni oxiriga etkazish. Hujumning tugash bosqichi hujumida jamoa uchun juda muhim va qiyin davr. Bu bosqich o’yinchilarning faolligi, texnologik kuchliligini ta’riflaydi. Taktikaga asoslangan bilimi, texnika fazilatlarini, o’yinchilarning epchilligi juda ko’p narsani hal etadi. Darvozaga yo’naltirilgan zarba hujumningxotimasi. Darvozaga tepilgan bitta aniq zarba hujumga yakun yasaydi. Darvozaga yo’naltirilgan zarba o’yinchilar va jamoa uchun juda muhim ahamiyatga ega. Har bir gol jamoani g’alabaga yaqin qanday mag’lubiyatni tan olishni bilish kerak. Har bir o’yinchining o’zining hududi bor, shu hududdan u darvozani ishg’ol qilishi mumkin. To’pni raqib darvozasiga yo’naltirish uchun jamoa bu bellashuvda o’z kuchlarini kuchaytirishlari kerak. Shuning uchun to’pning qadriga etib darvozaga to’pni nishonga olishda xatoga yo’l qo’ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |