Microsoft Word ЌТК ва М 1 кичоб. doc


Maktabda yengil atletikdan to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish



Download 5,98 Mb.
bet127/140
Sana11.07.2022
Hajmi5,98 Mb.
#775516
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   140
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI. 2020.Abdullayev-конвертирован

Maktabda yengil atletikdan to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish


Yengil atletika to’garagining asosiy vazifasi bo’lib, o’quvchilarni sog’lomlashtirish, ma’nan barkamol yetuk shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi kerak. Maktabda yengil atletika turlari yurish, yugurish, uloqtirish va sakrash turlariga, qiziqishlari va iqtidorini inobatga olgan holda o’quvchilarni sportning ushbu turiga jalb qilish zarur.
Ushbu dasturning o’quv materiali barcha yoshdagi o’quvchilar guruhlariga mo’ljallangan. Boshlang’ich tayyorgarlik guruhida (11-12 yosh) asosiy e’tibor salomatlikni mustahkamlashga, har tomonlama jismoniy tayyorlikka, koordinatsion qobiliyatlar (chaqqonlik), tezkorlikni, egiluvchanlikni hamda chidamlilikni rivojlantirishga qaratiladi.
O’smirlik (13-14 yosh) guruhidagi yosh yengil atletikachilarni keyinchalik har tomonlama jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi bo’yicha shug’ullanadilar, ular iqtidoriga qarab yengil atletikaning chidamlilik, tezkorlik yoki kuch talab etiladigan turlariga yo’naltiriladi. “Umid nihollari” musobaqalarining Tuman, shahar, viloyat bosqichlari va boshqa o’tkaziladigan musobaqalarda qatnashadilar.
Kichik o’spirinlar (15-16 yosh) guruhi har tomonlama jismoniy tayyorgarlik va rivojlantirishni takomillashtirishni davom ettiradi, va alohida yo’naltirilgan turlar bo’yicha mashg’ulotlarda qatnashadi. Masalan: qisqa masofalarga yugurish, sakrash va uloqtirish turlari. Shuningdek «Alpomish» va «Barchinoy» test me’yorlari bo’yicha tayyorgarlik ko’radilar va topshiradilar.
Umumiy tayyorgarlik davri: mashg’ulotlarning umumiy tayyorgarlik davrida o’quvchilarini jismoniy sifatlarini va harakat ko’nikma va malakalarini shakllantirishga katta e’tibor berish zarur.
Maxsus tayyorgarlik davri: bu davrga kelib o’quvchilarni yengil atletika turlariga yo’naltirish, turlar bo’yicha jismoniy sifatlarini takomillashtirish, texnik xatti harakatlarini rivojlantirish, turli toifadagi musobaqalarda ishtirokini ta’minlash va maqsadga muvofiq ravishda rejalashtirish lozim.
Mashg’ulot davrlarining muayyan muddatlariga musobaqalar taqvimi jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot jarayoni musobaqalar muddatini hisobga olgan holda
rejalashtirilishi kerak. Musobaqalar taqvimining tuzilishi musobaqalar davrlarining qurilishiga ayniqsa ta’sir qiladi, lekin qisman mashg’ulotning boshqa davrlari davomiyligini cheklaydi. Ikkinchi tomondan, sport taqvimi mashg’ulot jarayonining ob’yektiv zarur tarzda davrlashtirilganligidan kelib chiqib tuzilishi lozim, musobaqalarning ma’lum ravishda guruhlanishi shuning bilan izohlanadi.
Musobaqa davri: musobaqa davrining bosh maqsadi mas’uliyatli musobaqalar oldindan rejalashtirilgan muddatlarida eng yuqori sport natijalariga erishishga olib kelish.
Musobaqa davrida mashg’ulotlarning asosiy vazifalari.

        1. Tanlangan turlardan kelib chiqib jismoniy sifatlarini hamda axloqiy- irodaviy fazilatlarini yanada rivojlantirish.

        2. Sport texnikasi ko’nikmalarini mustahkamlash va ularni takomillashtirish.

        3. Ishlab chiqilgan taktikani o’zlashtirish va musobaqa tajribasini egallash.

        4. UJT va maxsus qo’yilgan “poydevor”ni erishilgan darajada tutib turish, yetarlicha tayyorgarlik ko’rmaganlarda bu darajani yana ham oshirish.

        5. Nazariy bilimlar darajasini oshirish va musobaqa qoidalari bilan tanishtirib borish.

Bu davrda jismoniy tayyorgarlik darajasini ko’tarish, yanada yuqori sport natijalariga erishishga, sport formasini saqlashga intilish kerak. Mashg’ulotlar yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni hal qilish bilan birga sportchining musobaqalarda har hafta oxiridagi tekshiruvlarda ishtirok etishini ham ko’zda tutadigan haftalik sikllar asosida tashkil etiladi. Muhimi, bu davrda musobaqalar tayyorgarlikning eng asosiy vositalaridan biri bo’lishi kerak..
O’tish davri: o’tish davrining vazifasi – umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni, erishilgan texnik tayyorgarlik darajasini keyingi tayyorgarlik davrigacha turli aktiv va passiv dam olish usullari yordamida ushlab turish.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo’yicha mashg’ulotlar jarayonida, bolalarga jismoniy tarbiya darslarida tanish bo’lgan vositalardan va boshqa sport turidagi (futbol, basketbol, voleybol, qo’l to’pi)
vositalardan hamda harakatli o’yinlar, gimnastika, akrobatika va turli estafetali o’yinlardan foydalaniladi.
Instruktorlik amaliyoti o’smirlar va kichik yoshdagi o’smirlar guruhidan boshlab o’tkaziladi. Instruktorlik malakalarini maxsus mashg’ulotlarda va o’quv- mashg’ulotlari jarayonida oladilar. To’garaklarda shug’ullanuvchilarni saflantirish, asosiy buyruqlarni berish, mashg’ulotga tayyorgarlik kabi mashqlarni tanlay olishlari kerak. Instruktorlik va hakamlik vazifalari o’quv-mashg’ulotlarida takomillashtiriladi. Hakamlik tajribasi maktab ichki musobaqalarida amalga oshiriladi.



Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish