MicPowerSi 2- mavzu. Axborot texnologiyalarining inlratuzilmasi reja


Dasturiy ta'minot - xizmat sifatida



Download 4,4 Mb.
bet37/50
Sana29.04.2022
Hajmi4,4 Mb.
#594375
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Bog'liq
IAKT

Dasturiy ta'minot - xizmat sifatida (SaaS- Software as a Service).
SaaS foydalanuvchiga Internet orqali uzoqdan turib litsenziyali dasturiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. SaaS bugungi kunda xizmat ko‘rsatishning eng mashhur shakli hisoblanadi. Odatda SaaS qo‘shimcha dasturlarni yuklab olishni talab qilmaydi, chunki dasturlarning katta qismi brauzerda ishlaydi. PaaS singari SaaS da ham foydalanuvchiga dasturiy ta'minotning kerakli konfiguratsiya sozlamalariga kirish huquqi beriladi.
SaaSning eng mashhur namunalari Google Apps, Dropbox, Microsoft 365, SmartCloud, UZCLOUD.

Yuqoridagi barcha standart xizmat modellarida foydalanuvchi ehtiyojiga ko‘ra infratuzilma, platforma yoki dasturiy ta'minotdan foydalanishi mumkin. Odatda bu kabi bulut xizmatlaridan foydalanish uchun haq to‘lanadi va shu bilan yangi va rivojlanayotgan tashkilot uchun katta investitsiya sarflanishini bartaraf etadi.
3. Bulutli texnologiyalarni turli faoliyat sohalariga joriy etish tamoyillari
Bugungi kunda axborot texnologiyalari biznes samaradorligini oshirishda muhim ro'l o‘ynaydi. Korporativ IT-muhitiga shiddat bilan kirib kelayotgan bulutli texnologiyalar bozor o‘zgarishlariga tezkor javob qaytarishga imkon beradi. Bulut o‘z afzalliklari tufayli IT- bozorning eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Korporativ darajadagi zamonaviy bulutlar ishonchliligi shaxsiy IT- infratuzilma ishonchliligidan ancha yuqori bo'ladi. Biznes-jarayonlar uzluksizligini har qanday vaziyatda ham ta’minlash uchun professional xizmat provayderi axborot-tizimining tarkibiy qismlarini, jumladan geotaqsimlangan axborot markazlarida Tier III darajasidan past bo‘lmagan holatda zahiraga olib qo‘yadi. Bundan tashqari, ma'lumot saqlash tizimlari nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham bo'lishi mumkin, bu esa ma’lumotlarni saqlash tizimi, virtual mashina va ilovalar darajasida sinxron va asinxron nusxalash hisobiga informatsion tizimga maksimal darajadagi kirish imkoniyatini ta'minlaydilar. Zahiraga olish bilan bir qatorda shaxsiy bulutni yaratish uchun sifatli yordam ko‘rsatadigan professional servis provayderlar IT sohasidagi xalqaro yetakchilardan sinalgan echimlarni qo‘llashadi.
Bugungi kunda bulut ishonchli texnologik bazadan tashqari xalqaro standartlarga mos ravishda virtual axborot markazining barcha darajalarida yetarlicha axborot xavfsizligiga ega. Himoya tizimlarini yaratish maqsadida aloqa kanallari, tarmoq perimetri, virtualizatsiya vositalari, operatsion tizimlar, virtual axborot-markazi ma’muriyati va boshqalar uchun ma’lumot himoyasining sertifikatlangan vositalaridan foydalaniladi.
Bulutlarning afzalliklari orasidan uning keng ko‘lami va moslashuvchanligi, ya’ni buyurtmachi biznes vazifalardan kelib chiqib, kompaniya uchun servis-provayderning korporativ bulutini umumiy hisoblash resurslaridan ajratilgan va foydalanilayotgan IT- resurslarni tezkorlik bilan o‘zgartira oladi. Shu tariqa, bulut talabning mavsumiyligi va bosim yuqoriligiga qarab hisoblash quvvatini va ma’lumotlar omborini oshirish yoki kamaytirishga irnkon beradi. Shu bilan birga, bir necha daqiqa ichida dunyoning istalgan nuqtasida ixtiyoriy konfiguratsiya virtual mashinalarini yaratish va konfiguratsiyalar tarmoghni biznes jarayonlarni to‘xtatmagan holatda kommutatorlar va marshrutizatorlar tomonidan aniqlangan dastur yordamida hosil qilsa bo‘ladi. Muhimi, infratuzilmaga egalik qilish qiymati bu holatda faqatgina iste’mol qilingan resurslar miqdori bilan aniqlanadi. Mazkur prinsip kompaniyaning IT-infratuzilmasiga egalik qilish xarajatlarini kamaytiradi.
Turli xil biznes ehtiyojlari uchun xususiy, korporativ va ommaviy bulutdan olingan axborot tizimlarining gibrid arxitekturalari qo‘llaniladi, yirik servis-provayder esa o‘z navbatida gibrid infratuzilmasining tarkibiy ma’lumotlari orasida yuqori tezlikdagi ulanish kanalini yaratgancha global xalqaro servislarga chiqishni ta’minlaydi. Bulut texnologiyalari iqtisodiyot, biznes jarayonlari va insonning hayotiy sohalariga tobora ko‘proq kirib bormoqda.
Avvalo, saqlash uchun bulutlarga katta hajmdagi ma’lumotlar, shu jumladan turli xil xizmatlardan foydalanuvchilar ma’lumotlari, aloqa operatorlari abonentlarining shaxsiy ma’lumotlari, bank kartalari egalarining to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Internet-do‘konlarda xaridlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, narsalar interneti (IoT) va geolokatsion xizmatlari, shuningdek media-tarkibiy qismlar (video, audio va foto materiallar) o‘tkaziladi. Darhaqiqat, bugungi kunda ushbu ma'lumotlarni tizimlashtirish, qayta ishlash va tahlil qilish bulutlarda (Big Data), shu bilan birga vaziyatga oid biznes muammolarini hal qilishda ham uchraydi.
Bugungi kunda bulutlarga foydalanuvchilar uchun ko‘plab interaktiv xizmatlar joylashtirilmoqda, masalan, onlayn tarjimonlar, onlayn o'yinlar, tezkor to'lovlar, video aloqa, navigatsiya xizmatlari, onlayn kutubxonalar, musiqa agregatorlari, davlat xizmatlari, shuningdek matnlar bilan ishlash uchun tanish dasturlar, elektron jadvallar, fotosuratlar va boshqalar.
Bugungi kunda korporativ bulutlarda kompaniyaning aloqa markazlari, pochta aloqasi xizmatlari, veb-saytlari, buyurtma shakllari, shuningdek, elektron hujjat aylanishi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, logistika va savdo, buxgalteriya hisobi va soliq tizimlari uchun dasturiy mahsulotlar, hattoki masofadan turib ishlaydigan xodimlarning ish stollari (VDI) joylashgan.
Agar biz alohida tarmoqlar haqida gapiradigan bo'lsak, unda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish, elektron savdo maydonchalari, telekom, logistika, dizayn va muhandislik, shuningdek, Internet-startaplar, ilmiy tadqiqotlar (meta ma’lumotlarni qayta ishlash) va masofaviy ta’limning butun biznes sohasi bulutlarga ko‘chgan. Yaqin kelajakda biznes uchun muhim bo‘lgan dasturlarni bank va moliya sohalari, sog'liqni saqlash tashkilotlari, yoqilg‘i energetika kompleksi va davlat idoralari kompaniyalari bulutlariga sezilarli darajada uzatilishini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Virtuallashtirilgan muhitlar tobora global miqyosda taqsimlangan bulutli infratuzilmalarga bog'lanib boraveradi. Shunday qilib, eksport va tarmoq korxonalari butun dunyo bo‘ylab AT xizmatlariga bitta mahalliy joydan buyurtma berishlari mumkin, shu bilan birga xizmat ko‘rsatuvchi provayder tomonidan texnik qo’llab-quvvatlashning sifatli darajasiga ega.
Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, umuman bulutli texnologiyalar butun AT-bozorining rivojlanishiga sezilarli ta’sir qiladi, bu esa o‘z navbatida biznes jarayonlarning tezlashishiga va inson hayotiga ta’sir qiladi.
AT-autsorsing tendentsiyalari, shu jumladan hisoblash resurslari (xizmat sifatida infratuzilma), saqlash tizimlari (xizmat sifatida saqlash), ma’lumotlami tiklash xizmatlari (tabiiy ofatlarni tiklash xizmati), axborot xavfsizligi xizmatlari, obuna bo'yicha dasturiy ta'minot (xizmat sifatida dasturiy ta'minot), ma’muriyat va boshqalar kuchayib boraveradi. Bizning tahlillarimizga ko‘ra, kelgusi bir necha yil ichida biz bulutli xizmatlar bozorining jadal o‘sishini kuzatamiz - yiliga kamida 25-30%, shu jumladan uzoq mintaqalarda bu jarayon yuqori tezlikdagi Internetning kirib borishi bilan bog‘liq bo’ladi. Shu bilan birga, kompaniyalarning axborot tizimlarining gibrid arxitekturalarida bulut texnologiyalarining ulushi ortadi, chunki bulutlardan foydalanish bo‘yicha tajriba, muvaffaqiyatli ish holatlari soni va shunga muvofiq ravishda ishonch darajasi to‘planadi. Bulutlardan foydalanish kengaygan sari, xavfsiz bulutli yechimlarga talab oshib boradi.
Umuman olganda, bulutlar global tendensiyalar yo‘nalishi bo‘yicha, shu jumladan xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar tomonidan rivojlanadi. Amaldagi xizmatlar, texnologiyalar va xizmatlar darajasi to‘g‘risidagi bitimlar standartlashtiriladi, sohani tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar davlat tomonidan shakllantiriladi va texnologik nuqtai nazardan bulutlar tobora samaraliroq (juda katta miqdordagi ma’lumotlami qayta ishlashda hisoblashning maksimal tezligi) va kamxarj bo‘ladi.
Bulutli texnologiyalarni rivojlantirishning yana bir tomoni bor: ma’lumotlarning eksponensial o‘sishi - saqlanadigan ma’lumotlarning asosiy qismi talab qilinmaydigan va o‘chirilmaydigan arxiv nusxalariga to‘gri keladi.
Uzoq muddatli istiqbolga kelsak, bulutli xizmatlarning rivojlanishi mashinalarni o‘rganish tizimlarini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘ladi: sun'iy intellekt, neyron tarmoqlar, kengaytirilgan voqelik, shuningdek neyrointerfeyslar, kvant teleportatsiya va boshqalar. Masalan, ma’lumotlarni saqlash va tahlil qilish uchun ma’lumotlar markazlari tarmoqining markaziy tugunlaridan emas, balki ko‘plab geografik jihatdan taqsimlangan shaxsiy qurilmalar (shaxsiy kompyuterlar, planshetlar, gadjetlar, dronlar, maishiy texnika va boshqalar) aslida hisoblash quvvatini atrofimizdagi deyarli barcha qurilmalarga tarqatish tamoyilini amalga oshirish bilan hisoblab chiqish kontsepsiyasi allaqachon chuqur rivojlanib kelmoqda.
1C:Korxona xizmat modelida amaliy yechimlar bilan ishlashni tashkil etishga imkon beradigan Fresh bulut quyi tizimi misolida biz bulutli xizmatiling ishlash prinsipini ко‘rib chihamiz. Xizmat modeli iste’molchilar dastur yechimlarini o‘zlari sotib olmasliklarini taxmin qiladi. Ular faqat Internet orqali dasturiy ilova yechimidan foydalanganliklari uchun to‘laydilar. Ilova yechimlari xizmat ko‘rsatuvchi provayderda, uning uskunasida, barcha foydalanuvchilar ishlaydigan yagona tizim (xizmat, infratuzilma) shaklida joylashtirilgan. Xizmat ko‘rsatuvchi provayder texnik va dasturiy ta'minotni yangilashni markazlashgan holda amalga oshiradi.
Xizmat modelida ishlash SaaS (software as a service —xizmat sifatida dasturiy ta’minot) deb nomlangan amaliy yechimlar kabi 1C:Korxona dasturiy yechimlar ta’minotni sotish va ulardan foydalanishning biznes modelini amalga oshirishga imkon beradi.
Fresh bulut quyi tizimining maqsadi - 1C: Korxona amaliy yechimlari ishini maksimal darajada ijtimoiylashtirish.
Yaxshiroq tushunish uchun kichik bir misolni ко‘rib chiqish mumkin. Aytaylik, tashkilot xodimlari har biri fayl ko‘rinishidagi o‘zlarining amaliy nusxalari bilan ishlaydi.

Bunday holda, amaliy yechimni boshqarish vazifalari barcha xodimlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Ularning har biri o‘zlarining ma'lumotlar bazalarini mustaqil ravishda zaxiralashi, ilova yechimini mustaqil ravishda yangilashi, odatdagi amaliyotlarni mustaqil bajarishi va hokazolarni o‘zlari bajarishi kerak. Bunday holda, tashkilot dastur yechimining bir nechta nusxasiga egalik qiladi (xodimlar soni bo’yicha).


Bunday vaziyatda foydalanishni ijtimoiylashtirish yo‘lidagi birinchi qadam bu ishning mijoz-server variantiga o‘tishdir.
Endi tashkilotning barcha xodimlari dastur yechimining bir xil nusxasi bilan ishlaydi. Ular endi foydalanish masalalari bilan band emas, balki faqat hisob va yozuvlami yuritish vazifalarini hal qiladilar. Foydalanish masalasini AT mutaxassisi boshqaradi. U bir vaqtning o‘zida barcha xodimlar uchun zaxira nusxalarini yaratadi, qo’llaniladigan yechimni yangilaydi, muntazam amaliyotlarni bajaradi va hokazo. Bunday holda, tashkilot qo‘llaniladigan yechim bitta nusxasining egasi hisoblanadi.
Fresh bulut quyi tizimi ekspluatatsiya ijtimoiylashtirilishining keyingi darajasini ta’minlaydi.
D
astur yechimining bir xil nusxasi bilan bir nechta turli tashkilotlar ishlaydi. Endilikda na alohida xodimlar, na tashkilotlarning AT- mutaxassislari amaliy yechimni boshqarish vazifalari bilan band bo‘ladi. Buni xizmat ko'rsatuvchi provayder amalga oshiradi. U bir vaqtning o'zida barcha tashkilotlarning barcha xodimlari uchun zaxira nusxalarini yaratadi, dastur yechimini yangilaydi, muntazam amaliyotlarni bajaradi va h.k. Shu bilan birga, tashkilotlar qo‘llaniladigan yechimning egalari hisoblanmadi. Ular faqat dastur yechimidan foydalanish xizmatlari uchun haq todaydilar.
Fresh quyi tizimi bulutli xizmat ko‘rsatuvchi provayderga quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:

  • “1C” kompaniyasining standart amaliy yechimlarini va boshqa ishlab chiquvchilarning amaliy yechimlarini 1C: Korxona platformasida nashr etish;

  • nashr etilgan amaliy echimlarni markazlashtirilgan ravishda yangilanishi mumkin bo‘lgan yagona me’yoriy ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  • xizmat foydalanuvchilari, abonentlari va abonentlarining foydalanuvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqarish;

  • abonent foydalanuvchilari uchun demo dastur yechimlarini yaratish;

  • xizmatdan foydalanuvchilarning bir-biri bilan va xizmat ko‘rsatuvchi provayder vakillari bilan aloqasini tashkil qilish;

  • amaliy yechimlarni yangilash;

  • amaliy yechim ma’lumotlarini bir versiyadan boshqasiga o‘tkazish;

  • qo’llaniladigan yechimlarning zaxira nusxalarini yaratish;

  • dastur yechimlari ma’lumotlarini yuklash va yuklab olish;

  • yangiliklar, xizmat haqidagi marketing ma’lumotlari, qo'llanilgan yechimlar bilan ishlash bo‘yicha uslubiy ma’lumotlami nashr etish;

  • xizmat infratuzilmasini boshqarish: 1C:Korxona serverlari klasterlarini ro‘yxatdan o‘tkazish: axborot bazalari, taqdim etilgan ma’lumotlarni qabul qilishni qayta ishlashni ulash, xizmat tarkibiy qismlari o‘rtasida almashinuvni muvofiqlashtirish, elektron pochta va SMS orqali abonentlarga ma’lumot yuborish;

  • foydalanuvchilarning ilovalar bilan ishlash statistikasini to‘plash va ular bo‘yicha hisobotlar tuzish;

  • xizmatning turli tarkibiy qismlarini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish.




Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish