Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


-MAVZU.ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MEHNATNI ILMIY TASHKIL ETISH BO‘YICHA XIZMATLARNI TASHKIL QILISH VA REJALASHTIRISH



Download 1,05 Mb.
bet53/60
Sana05.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#530999
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
Bog'liq
MEYOR MARUZA

13-MAVZU.ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MEHNATNI ILMIY TASHKIL ETISH BO‘YICHA XIZMATLARNI TASHKIL QILISH VA REJALASHTIRISH
REJA:
13.1.Ishlab chiqarish korxonalarida mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni tashkil qilish va rejalashtirish.
13.2.Mehnatni ilmiy tashkil etish bo’yicha tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash tartibi.
13.3. Me’yorlarni bajarilishini hisobga olish .
13.4. Me’yorlarni bajarilishini korxona yakuniy natijalariga ta’siri.
Tayanch so’z va iboralar: Operativ me’yorlashtirish , hisobot – statistik me’yor va normativlar,ishlab chiqarish me’yori.

13.1.Ishlab chiqarish korxonalarida mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni tashkil qilish va rejalashtirish.
Sanoat korxonalarida mehnatni tashkil etish tadbirlarining muvofaqiyati va yuqori samaradorligini quyidagi shartlarni bajarilishi asosida amalga oshiriladi:
1. Rejaliligini, ya’ni mehnatni tashkil etish tadbirlari reja asosida amalga oshirilishidir.
2. Ommaviy jalbi. Bu shart mehnatni tashkil etish tadbirini ishlab chiqarish korxonasida eng quyi bo’lishidan to butun korxona bo’yicha amalga oshirilishini talab qiladi.
3. Tarmoqli, yahni mehnatni tashkil etish tadbirini hamma tarmoqlarini qilish asosida mehnatni tashkil etishdir.
4. Aniqligi va ilmiy asoslanganligi. Bunda korxonaning alohida birligiga tadbirning xususiy yechimini shu birlikdagi tashkiliy-texnik shartlarini inobatga olgan holda ishlab chiqishdir.
5. Ishchilarni ichidan mehnatni tashkil etish bo’yicha ishda qatnashishligidir. Chunki ishchini o’zidan boshqa hech kim uning ish o’rnini rezervini chuqur bilmaydi.
Mehnatni tashkil etish xizmatining bo’limlari tarkibi ularning soni avvalo ishlab chiqarish korxonasining xarakteri, tipi va texnologik jarayonning murakkabligi, geografik joylashuviga va korxona ishlayotgan ishchilar soniga bog’liq.
Korxonaning mehnatni tashkil etish bo’yicha ish olib borilayotgan bo’linmachalar injener-texnik tashkilotchilar, keng ko’lamli iqtisodchilar, texnologilardan, me’yorlovchilardan va korxona ilg’ori bilan tashkil etiladi.
Korxona mehnatni tashkil etish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Mehnatni tashkil etish bo’yicha rejani bajarilishini nazorat qilish.
2. Mehnatni tashkil etish bo’yicha vujudga kelgan alohida muammolarini hal etish va tarbiyaviy davr belgilash.
3. Mehnatni tashkil etish tadbirlarini joriy etish ob’ektlarini belgilash.
4. Korxona ishchilari o’rtasida mehnatni tashkil etish tadbirlari bo’yicha tushuntiruv ishlarini olib borish va ishchilardan kelgan yangi takliflarni ko’rib chiqish kabilar.
Korxonaning mehnat tashkil etilganligining holati, yangi tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni yig’ish, tadbirlarni olib borilishini nazorati uchun tadqiqotchilar guruhi tashkil etiladi.
Korxonani rejasi jamlovchi reja bo’lib, u o’z ichiga: sexlar, uchastkalar, ishchi joylarning mehnatni tashkil etish rejalarini oladi.
Korxona mehnatni tashkil etish rejasini ishlab chiqishda shuni yodda saqlash kerakki, mehnat tashkilni tobora yaxshilash bu rejadagidan tobora ko’p tadqiqiy (ijodiy) faoliyatni talab etadi. Shuning uchun ham bo’lsa kerak, mehnatni tashkil etish tadbirlarinig samarasi yuqori samaras aloxida uchastka, ish joyini xususiyatlarini va tadbirlarini hisobga oluvchi faktorlarni o’z aksini ifoda etgan joyda namoyon bo’ladi.
Mehnatni tashkil etish rejasini ishlab chiqarishdan oldin, ya’ni mehnatni tashkil etilishini takomillashtirish uchun, avvalo amaldagi bilan mehnat tashkilini chuqur o’rganilib, uning darajasini korxonani eng quyi katlamida to umum korxona bo’yicha aniq belgilash lozim. Bu o’z navbatida korxona bo’yicha zaif joylarni mehnatni tashkil etish tadbirlarining asosiy yo’nalishini belgilashga va mehnatni tashkil etish tadbirlari uchun ajratilgan mablag’larni samarali ishlatilishiga yordam beradi.
Shunday qilib, mehnatni tashkil etish tadbirlarining rejasini samaradorliginig va uning amalga oshirilishi unumli mehnatni tashkil etishning takomillashtirilishi bo’yicha umumiy maqsadini to’g’ri ifodalashdan iborat bo’ladi ya’ni, bu quyidagi uch bosqichdan iborat:
1. Amaldagi mehnat tashkilini o’rganish va tahlil etish.
2. Mehnatni tashkil etish rejasini tuzishda bulajak tadbirlarni ishlab chiqish.
3. Mehnatni tashkil etish tadbirlarini qo’llash.
Birinchi bosqich maqsadi – mehnatni tashkil etilishini takomillashtirilishini asosiy yo’nalishini, uning obektlarini va amalga oshirish tartibini belgilashdan iborat.
Ob’ekt bo’yicha MITQning asosiy yo’nalishini ishlab chiqarishni texnologik jarayonini, uning shart-sharoitini, talaba va kelajaklarini mohiyatini yaxshi tushunib yetgan ishchilar belgilab berishlari mumkin. Shunga ko’ra ham bu masala MITQ savolida berilgan ma’lumotlar va ishlab chiqarish natijalarini sintetik tahlili asosida kelib chiqiladi. Korxona umumiy ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir etuvchi alohida birliklarda birinchi navbatda MITQ tadbirlarini joriy etish ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Birdan birliklar korxona bo’yicha alohida-alohida texnik-iqtisodiy tahlildan o’tkazilib ilg’or keluvchi boshqa sex, uchastkalarga nisbatan taqqoslash natijasida vujudga keladi aniqlanadi.
Tadbir o’tkazilishi lozim bo’lgan birlamchi ob’ekt va uning asosiy yo’nalishi aniqlanganidan so’ng quyidagi ketma-ketlikda keyingi ishlar amalga oshiriladi.

  1. Tadqiqotning ishchi dasturini xulosalash.

  2. Tanlab olingan ob’ektlar bo’yicha amaldagi mehnat tashkilini o’rganish va tahlil etish.

  3. Olib borilgan tadqiqotni xulosalash.

  4. Belgilangan ob'ektlarda mehnat tashkilini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Tanlangan ob'ektni xarakteri va mehnatni tashkilini takomillashtirish yo’nalishini inobatga olingan holda MITQ xizmatining ijodiy guruhlari turli xil mutaxassislardan tashkil etilishi mumkin. Ayrim hollarda bunday guruhlarga tashqaridan quyidagi mutaxassislar jalb etilishi mumkin: psixologlar, vrachlar, fiziologlar, rassomlar, dizaynerlar va boshqalar.
MITQ rejasini ishlab chiqish ikkinchi bosqich masalasidir. Ushbu jarayon quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

  1. Tadbirlar ishlab chiqish.

  2. Har bir tadbir bo’yicha uning samaradorligi hisoblanadi.

  3. Tadbirlar yo’nalishi, vaqti bajarilishi, amalga oshirilishi joyiga qarab guruhlanadi.

  4. MITQ rejalari tuziladi.

  5. Ishlab chiqilgan MITQ rejali muxokama va tasdiq qo’yiladi.

Yuqoridagilarga qo’shimcha qilib shuni aytib o’tish lozimki, MITQ tadbirlarini rejasini ishlab chiqishda MITQ bo’yicha ilmiy-tadqiqot bo’yicha tashkilotlarni normativ va tavsiyanoma xujjatlarini qo’llash, korxonada iqtisodiy resurslarni tejash bilan birga tadbirlarning yuqori samaradorligi ta'minlanadi
Uchinchi bosqich – MITQ tadbirlarini joylarda joriy etish bu butun bajarilgan ishlarning ichida eng og’iri va mas'uliyatlisi bo’lib hisoblanadi. Chunki, loyihalashtirilgan MITQ rejasini muvoffaqiyati, uning bajarilishi muddatlarini aniqligi, amalga oshiruvchi personalning tadbirga muvofiqligi, tadbirning alohida-alohida ishlarining bosqichma-bosqich yoki parallel ravishda bajarilishi shart-sharoitlariga bog’liqdir. Shunga muvofiq ham 3-bosqich quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Yangi tadbirlarning tushuntirish xaritasi, qo’llanish grafigi va uning yangi xususiyatlarini tushuntiruvchi xujjatlar tuziladi.
2. Tadbirning ijro etuvchilariga vazifalarini aniq va ravshan yoritish.
3. MITQ tadbirini amalga oshirish.
4. MITQ tadbirini nazoratini olib borish.
5. Yangi tadbirni qo’llanishdan olingan mehnat samaradorligini hisobi.

  1. Qilingan jami ishlar bo’yicha hisobot tuzish.

MITQ tadbirlarini ish joyiga qo’llash tadbirining to’la-to’kis joriy etilganidan dalolat bermaydi. Vaqt mobaynida har bir ishchini, injenerni xodimni yangi texnik ko’lamiga, yangi ochilgan imkoniyatlaridan keng foydalanish siru-asrorlarini ommaviy tarzda o’qituv-tanishtiruv ishlarini olib borish kerak.
Mehnatni ilmiy tashkil etish bo’yicha tadbirlarni joriy qilishdan maqsad avval ishchilar mehnatini yangilashtirish, ularning ish qobiliyatini samarali bo’lib, shuningdek mahsulot mehnat sig’imini kamaytirish asosida yuqori mehnat unumdorligiga erishishdan iboratdir.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish