Momentli (lahzali) kuzatish uslubi
Ishchining va jihozlarning xaqiqatda ish bilan band bo‘lishi haqida o‘rtacha ma’lumotlarni aniqlash maqsadida momentli kuzatuv uslubidan foydalaniladi. Bu uslubda ish vaqti sarfining absolyut miqdori qayd qilinmaydi. Ish vaqti sarfi toifa va turlarga bo‘linib ularga shartli belgilar belgilanadi. Bunda ish harakatidagi har bir moment, ya’ni masalan ishchining operativ ish bilan shug‘ullanishi, ish kutishi, gaplashib o‘tirishi va hokazolarni shartli belgi bilan qayd qiladi.
Momentli kuzatuv uslubini o‘tkazishga tayyorgarlik ko’rish bosqichi yuqorida keltirilgan kuzatuv uslublari, ya’ni fotografiya xronometraj, fotoxronometrajlardan tubdan farq qiladi. Bu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiraladi:
1) tanlab olingan ob’yekt o‘rganiladi, jumladan undagi ish urinlarining joylashuvi, ishchilar soni, mehnatni tashkil etish shakllari bilan tanishiladi.
2) matematik-statistik qonunlar asosida chiqarilgan formula yordamida kuzatuv vaqti yozib olish uchun talab qilinadigan momentlar miqdori, ya’ni kuzatiladigan momentlar soni aniqlanadi:
M= (10.2)
Bu yerda:
M – momentlar soni;
K – ish vaqtida ish bilan band bo‘lish koeffitsienti.
Uning miqdori ilgari o‘tkazilgan kuzatuv ma’lumotlariga asosan belgilanadi. R - kuzatuvlar natijasida yo‘l ko’ylishi mumkin bo‘lgan nisbiy xatolar miqdori (ko‘pincha 3 foizdan 10 foizgacha bo‘lgan miqdorda belgilanadi).
3) hisoblab chiqilgan kuzatiladigan momentlar sonini hisoblash asosida zarur bo‘lgan ish urinlarini aylanib chiqish soni aniqlanadi:
As= (10.3)
Bu yerda:
A – aylanib chiqishlar soni;
M – momentlar soni;
Nc – kuzatiladigan ob’yektlardagi ishchilar soni.
4) bir aylanib chiqishga ketadigan vaqt aniqlanadi:
ta= (10.4)
Bu yerda:
Tk – kuzatuvning davom etish vaqti.
Yuqoridagi ma’lumotlar aniqlangandan so’ng kuzatuvni boshlash mumkin. Kuzatuv o‘tkazish bosqichida kuzatuv natijalari kuzatuv varaqasiga yozib boriladi. Varaqaning birinchi betida umumiy ma’lumotlar keltiriladi. Ikkinchi betiga mahsus belgilar yordamida kuzatuv natijalari yoziladi. Bunda kuzatuvning har bir momenti nuqtalar yoki chiziqlar soni asosida belgilanadi. Bu momentlar sonini tezlik bilan sanab chiqish imkonini beradi. Xronometraj kuzatish varaqalari ilova tarzida beriladi.
Xronometraj kuzatuvi ish vaqtini fotografiya asosida kuzatish natijalariga asoslangan xolda o‘tkazilar ekan, biz o‘z navbatda ish vaqtini fotografiya asosida kuzatish mohiyatini chuqurroq o‘rganishimiz shartdir.
8.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |