7-MAVZU
ISH VAQTINI KUZATISH TURLARI VA USLUBLARI
REJA:
7.1.
Ish
vaqtidan
foydalanishni
kuzatishning
asosiy
mohiyati
va
maqsadi.Kuzatish bosqichlari
7.2. Kuzatish asboblari
Tayanch so’z va iboralar
:
ish vaqtini kuzatish maqsadi, mohiyati,
ahamiyati, kuzatish bosqichlari: tayyorgarlik bosqichi, qayd qilish bosqichi,
kuzatish usullari, uzluksiz kuzatish, tanlanma kuzatish, kuzatish asboblari.
7.1. Ish vaqtidan foydalanishni kuzatishning asosiy mohiyati va maqsadi.
Kuzatish bosqichlari
Ish vaqtidan foydalanish bevosita ish joyida kuzatish usuli mehnatni
normallashda keng qo‘llaniladi. Bunday kuzatishdan maqsad ishlab chiqarish
imkoniyatlarini va ilg‘or tajribani o‘rganish vaqtni normal bajarilmasligining
4
В.П. Пашуто «Организация, нормирование и оплата труда на предприятиях»(учебно практическое
пособие) М.: Кнорус 2005 126-128стр
.
55
sabablarini aniqlash, mehnat jarayonini rayionallashtirish va ish vaqtining zoe
ketgan sabablarini izlashdan iboratdir.
Kuzatilgan
maqsadga
qarab
kuzatishning
xronometraj
ish
vaqti
fotografiyasi, fotoxronometraj va kino ossilografiyasi hamda momentli linzali
kuzatish turlari mavjuddir.
Xronometraj - bu ish usullari yoki operatsiyasini elementlari qancha davom
etishini o‘lchash maqsadida bevosita ish joyida kuzatish o‘tkazishdir.
Ish vaqti fotografiyasi - bu ish smenasida yoki smenaning bir qismi
mobaynidagi vaqt sarfining hammasini o‘lchash maqsadida bevosita ish joyida
kuzatish o‘tkazishdir.
Ayrim hollarda ish smenasining bir qismida xronometraj o‘tkazib, keyin esa
ish vaqtini fotografiya qilishgani yaxshi chiqadi. Bunday aralash kuzatish
fotoxronometraj deb ataladi.
Kuzatishlar mahsus xujjat bilan - xronometraj xronokarta, ish vaqti
fotografiyasi esa fotokarta ko‘rinishda rasmiylashtiriladi. Kuzatish natijalari
mahsus varaqalarga-kuzatish varaqlariga yoziladi.
Har qanday turdagi kuzatishning uchta: tayyorgarlik, qayd qilish va
natijalarni ishlash bosqichlariga bo‘lish mumkin.
Tayyorgarlik bosqichida, odatda kuzatish ob’yekti tanlanadi, kuzatuvchi
o‘zining ish joyi bilan tanishtiriladi, ijrochi va uning ish joyi tayyorlanadi va
nihoyat, kuzatish ob’yekti to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlar kuzatish varaqasiga
yoziladi.
Mehnat me’yorlarini hisoblashda foydalaniladigan normal vaqt sarfi
me’yorlari ning progressiv bo‘lishini mehnat va uskunalar ish unumi o‘sishini
rag‘batlantirish kerak. Shu sababli normativlar ishlab chiqish uchun professional
bilimi va ko‘nikmalari mukammal, oqilona mehnat usullari va mehnat uslublarini
biladigan va muntazam oshirib bajarayotgan ijrochilarning kuzatish kerakdir.
Ravshanki, bunday ijrochilarning ko‘rsatkichlari o‘rtacha ko‘rsatkichlardan
yuqori bo‘lishi kerak. Muayyan sanoat tarmog‘i korxonalarida keng foydalanish
uchun vaqt normativlarning ishlab chiqayotgan ish usullarining davom etishiga
56
ta’sir qiladigan omillar chegarasini va ishlatish sharoitlarini aniq belgilab berish
maqsadida bunday omillarni analiz qilish muhim muammodir. Masalan,
stanoklardagi stanok tipi, priborlar soni, ularning rangi - ish usullari davom etish
vaqtining omillari bo‘lib xizmat qiladi. Davom etish vaqtining alohida omillarini
aniqlash uchun ish usulining mazmunini bu usulning texnologik jarayoni
xususiyatlaridan kelib chiqqan hamma omil va harakatlarini analiz qilish kerak
bo‘ladi.
Eng oqilona ish usullarini va ish uslublarini tanlab olish uchun ishlab
chiqarish ilg‘orlari va novatorlarini kuzatish kerak, qoloqlar va normani
bajarayotganlar ishini o‘rganish esa ish vaqti isrof bo‘layotgani sababini aniqlashga
yordam beradi.
Kuzatish ob’yekti kutilgan maqsadlarga muvofiq ana shunday tanlanadi.
Kuzatishdan ko‘zda tutilgan maqsad, kuzatishning mazmuni, kuzatish
uslubikasi hakida kuzatuvchiga oldindan instruktsiya berilishi, u kuzatish ob’yekti
bilan tanishtirib qo‘yilishi kerak, normal vaqt sarfi haqida ma’lumot olish uchun
ish joyidagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlar xududi shu ishning yoki operatsiyaning
bajarilish loyihasiga batamom mos holda keltirilishi kerak.
Kuzatishdan maqsad ilg‘orlar tajribasini yoki qoloqlik sabablarini
o‘rganishdan iborat bo‘lsa, ish joyi o‘zgarishsiz qoldiriladi, undagi ijobiy va salbiy
xususiyatlarining hammasi kuzatish jarayonida qayd qilib boriladi.
Tayyorgarlik bosqichi kuzatish o‘tkaziladigan tashkiliy-texnikaviy
sharoitlar, shu jumladan ish usulini davom etish vaqti omillarini ham tafsilotini
yozish bilan tugallanadi. Tafsilot pirovard natijalarni harakteri, bu natijalar qanday
sharoitda olinishi haqida aniq tasavvur hosil qiladigan bo‘lishi kerak. Sharoit
tafsiloti quyidagilardan iborat bo‘ladi:
a) ijrochining ishlab chiqarish harakteristikasiga (ixtisosi, staji, yoshi, me’yorlarni
bajarish darajasi);
b) bajariladigan ishning yoki operatsiyaning harakteristikasi (bajariladigan ishning
nimaga mo‘ljallangan ekani, artikuli);
v) uskunalarning harakteristikasi (mashinaning tipi, ish organlarining soni);
57
g) texnologik jarayonning harakteristikasi (tezliklar);
d) ish joyini tashkil etish harakteristikasi (qanday rejalanganligi, asbob va
moslamalar bilan jihozlanganligi);
e) mehnat qilish tevarak-atrof muhitining harakteristikasi (temperaturasi, namlik,
yoritilganligi);
j) yana boshqa tashkiliy shartlarning harakteristikasi (xizmat ko‘rsatish zonasi,
o‘zaro yordam va boshqalar).
Kuzatish ob’yektining tafsiloti odatda ma’lum formada bo‘ladigan kartaning
o‘ng tomoniga yoziladi.
Qayd qilish bosqichi - bu kuzatish vazifalariga muvofiq ish joyida sodir
bo‘layotgan hodisalarni ro‘yxatga olishdan iborat. Kuzatuvchi tafsilot yozishga
minimum vaqt sarflab protsess elementlarni mazmuniga va vaqtni aniq o‘lchab
borishga maksimum e’tibor berilishini nazarda tutish kerak. Buning uchun
kuzatuvchi kuzatish varaqasi hamda vaqt o‘lchash pribori mahkamlab qo‘yilgan
mahsus planshet bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Yana shu maqsadda
hodisalarning to‘la nomlari o‘rniga, ayniqsa ular kuzatish mobaynida ko‘p marta
takrorlanadigan bo‘lsa, shartli indekslar yozib borilishi ma’qul. Kuzatishdan
maqsad nimaligiga qarab qayd qilish uzluksiz va tanama bo‘lishi mumkin.
Uzluksiz qayd qilishda mehnat jarayonining hamma elementlariga ketgan
vaqt hisobga olinadi va o‘lchanadi.
Tanlama qayd qilishda mehnat jarayonining alohida elementlariga ketgan
vaqt hisobga olinadi va o‘lchanadi. Masalan, ijrochining foydali ish bilan bandlik
darajasini aniqlash uchun vaqt sarflarini hammasini ularning nimaga
mo‘ljallanganligiga muvofiq o‘lchash, ya’ni uzluksiz qayd qilish kerak bo‘ladi.
Biror bir ish usulining davom etish vaqtini aniqlash uchun esa faqat shu usullardan
bir nechtasini o‘lchash, ya’ni tanlama qayd qilish kerak bo‘ladi.
Mehnat jarayonidagi alohida eelementlarning bajarilishi vaqtini o‘lchash
uchun kuzatuvchi, ulardan har birining aniq mazmunini va ular orasidagi
chegaralarni aniq bilish kerak. Jarayondagi har bir elementning boshlanish va
tugash paytlarini bildiruvchi tashqari alomatlar qayd nuqtalari deb ataladi. Qayd
58
nuqtalari har qanday o‘lchash usulida ham ish vaqtining hammasi hisobiga
olinadigan qilib tanlanishi kerak.
Joriy vaqt bo‘yicha uzluksiz qayd qilish bu talabga eng yaxshi javob bera
oladi. Bu usul jarayondagi oldingi elementning tugashi, qayd nuqtasi undan
keyingi elementning boshlanishi, qayd nuqtasi sifatida qabul qilinadi. Bunda qayd
qilish mobaynida ish vaqti uzluksiz hisobga olib boriladi. Tanlab qayd qilishda har
qaysi elementga ikkitadan boshlanish va tugatish qayd nuqtalarini belgilab olish
kerak.
Bunda vaqt alohida sanash usulida o‘lchanadi. Ish usullarining qayd
nuqtalari sifatida usul boshidagi birinchi hakarakatning boshlanish payti va usulni
aniqlovchi oxirgi harakatning tugallanish payti olinadi.
Agar ishchi bitta mashinaga xizmat ko‘rsatsa, unda mashinaning har qanday
talabi bilan to‘xtash paytini qayd nuqtasi mashina yoniga kelib to‘xtagan payt,
mashinaning to‘xtash oxirgi qayd nuqtasi hamma hollarda ham mashina ishga
tushirib yuborilgan payt bo‘ladi.
Alohida sanash usulida tanlab qayd qilish, odatda, alohida ish usullari
orasida albatta bo‘ladigan pauzalarni hisobga olmaydi. Qayd qilishning umumiy
davom etishi va qayd qilish vaqti kuzatishdan kuzlagan maqsadga qat’iyan
muvofiq tanlanishi kerak. Bunda ish kuni mobaynidagi ish qobilyati dinamikasi,
kunduzgi va kechki ishlash xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Mehnat jarayonini
harakterlaydigan yakuniy o‘rtacha ma’lumotlar qanchalik aniq bo‘lishi talab
qilinishiga qarab vaqt necha marta o’lchanishi topib olinadi.
Natijalarni qayta ishlash bosqichi kuzatuvchi maqsadlariga mos hisoblashlar
yo‘li bilan qayd qilish natijalarini aniqlashdan va ularni analiz qilishdan iborat
bo‘ladi.
Yakunlashda kuzatuvchidan olingan ma’lumotlardan foydalanish yuzasidan
takliflar belgilab chiqiladi. Natijalarni qayta ishlash usullari nixoyatda xilma-xil
bo‘lib kuzatish maqsadlariga batamom bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |