VI-MAVZU ISH VAQTI SARFINING TURKUMLANISHI
(KLASSIFIKATSIYASI)
REJA:
6.1. Ish vaqti to‘g‘risida tushuncha va ish uning turkumlanishi
6.2. Xodimning ish vaqti sarflari turlarining mazmunlari va o‘zlariga xos
xususiyatlari
Tayanch so’z va iboralar:
ish vaqti tushunchasi, ish vaqti sarfining
turkumlanishi, normalashtiriladigan va normalashtirilmaydigan ish vaqti, operativ
vaqt, ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti, tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt, dam olish
vaqti, tashkiliy-texnik tanaffuslar vaqti.
6.1. Ish vaqti to‘g‘risida tushuncha va ish uning turkumlanishi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 114- “Ish vaqti tushunchasi
moddasida”, “Xodim ish tartibi yoki grafigiga yohud mehnat shartnomasi
shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarish lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti
hisoblanadi” deb yozilgan. Undan tashqari shu yuqorida ko‘rsatilgan. Mehnat
kodeksining115 -” Ish vaqtini normal muddati moddasida “Xodim uchun ish
vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas” deb
ham ko‘rsatilgan. Shu moddada “Olti kunlik ish haftasida har kunlik ishning
muddati etti soatdan ortib ketmasligi lozim” deb ham ko‘rsatilgan. Shunday ekan,
ish vaqti deganimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat tomonidan qonun bilan
belgilangan ma’lum vaqt birligi tushuniladi. Bu vaqtda korxona va tashkilotlarda
45
xodimlar o‘zlari uchun belgilangan ish va vazifalarni bajaradilar. Korxonalarda
muayyan bir buyumni ishlab chiqarish uchun me’yorini belgilash kerak, buning
uchun uni bajarishga qancha ish vaqti talab qilishini o‘rganish va aniqlash muhim
ahamiyatga ega.
Ish joylarida ish vaqti ko‘p yo‘nalishlarda sarf qilinadi. Bu sarflarning
ba’zilari foydali, ba’zilari esa befoyda bo‘ladi. Foydali sarflar juda murakkab
strukturaga ega bo‘lib, bular ishlab chiqarishda mehnatning samaradorligiga
turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ish vaqtining bekor ketishiga ham turli sabablar bo‘ladi,
ularni bartaraf qilishga alohida yondoshish kerak bo‘ladi. Korxonalarda jami ish
vaqti fondi to‘g‘ri foydalanishni tashkil qilish muxandis-texnik xodimlar va
xizmatchilarning eng muhim vazifalaridan biridir.
Korxonadagi jami ish vaqti fondi deganda, bitta ishchining soat hisobida
muayyan vaqt (smena, dekada, oy, yil) ichida foydali ish vaqti fondini ayni mana
shu ishlab chiqarishda ishlayotgan hamma xodimlarning soniga ko‘paytirish yo‘li
bilan aniqlash tushunaladi.
Jami ish vaqti fondini aniqlash uchun barcha ish vaqti, ya’ni ish kuni
(ovqatlanishga ketadigan tanaffus vaqtini chegirib tashlab) ishlab chiqarish
topshirig‘ida nazarda tutilgan ish bajarilayotgan vaqtga hamda ishchi u yoki bu
sabablarga ko‘ra ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish bilan band bo‘lmagan
tanaffus vaqtlariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarishda buni kuzatayotgan xodimning ish vaqtini hamda
jihozlarni ishlab turishini o‘rganish kerak. Bir muddat ichidagi ish vaqti sarfi
ijrochining ish bilan band bo‘lgan vaqti bilan jihozning bekor turib qolgan vaqtini
yoki buning aksini o‘z ichiga olganligi uchun vaqt sarfini ham ishchiga nisbatan,
ham jihozga nisbatan klassifikatsiyalarga bo‘lib, alohida qarab chiqishi kerak.
Buni quyidagi sxemalarda ham ko‘rib chiqish mumkin.
Xodimning ish vaqti (1-chizmada) hamda jihozlardan foydalanish vaqti (2-
chizmada) bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir. Shuning uchun bu ikkala
klassifikatsiya uchun umumiy bo‘lgan terminalogiyani, ya’ni vaqt sarfi degan
terminni ishlatish mumkin.
46
Xodimning ish vaqti quyidagi ikki guruhga: ish vaqtiga va tanaffus vaqtiga
bo‘linadi. Ish vaqti o‘z navbatida ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun
sarflanadigan vaqtga va ishlab chiqarish topshirig‘ini ko‘zda tutilmagan ishlarni
bajarish uchun sarflanadigan ish vaqtiga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish vaqti mazkur buyumni tayyorlash
uchun texnologik jarayonda ko‘zda tutilgan operatsiyalarni va ishlarni bajarish
vaqti bilan bog‘liqdir. Bu xildagi vaqtMe’yor belgilanishi lozim bo‘lgan vaqt
bo‘lib, u Vaqt me’yori tarkibiga kiritiladi. Ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish
uchun kerakli vaqt unumli ish vaqtiga kiradi.
Ishlab chiqarish topshirig‘ida ko‘zda tutilmagan ish vaqti tasodifiy ish
vaqtiga va unumsiz ish vaqtiga bo‘linadi.
Tasodifiy ish vaqtiga mazkur ijrochi uchun ishlab chiqarish topshirig‘ida
ko‘zda tutilmagan, ammo ishlab jarayonida shuni qilish zarur bo‘lib qolgan ishlar
kiradi.
Unumsiz ishga texnologik jarayonda ko‘zda tutilmagan, ammo uning
bajarilishi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yoki uning sifatini
yaxshilashga xech qanday yordam bermaydigan operatsiyalar kiradi. Masalan, turli
zagatovkalarda ishlov berishda ortiqcha pripusklarni olib tashlash, bundan oldingi
operatsiyalarda yo‘l qo‘yilgan yoki mazkur ishchining aybi bilan sodir bo‘lgan
braklarni tuzatish noto‘g‘ri yig‘ilgan uzelni ajratish va qaytadan yig‘ish, ishchining
zagatovkani, asbobli, moslamalarni olishga ketishi, masterni qidirib yurishi va x.k.
ana shunday unumsiz ishlar jumlasiga kiradi. Ishlab chiqarish topshirig‘i bilan
nazarda tutilmagan ishlarga sarflanmaydgan vaqt normallashtirilmaydigan ish
bo‘lib, unga me’yor belgilanmaydi va normaga kiritilmaydi.
Tanaffus vaqti – bu jihozlarning turli sabablar bilan ishlamasdan bo‘sh turib
qolishidir. Uni normallashtirilgan tanaffuslarga va normmallashtirilmagan
tanaffuslarga bo‘linadi.
Normallashtirilgan tanaffus vaqti – bu jihozni ishga tushirish bilan bog‘liq
bo‘lgan tanaffus, asbob-uskunani tayyorlashi, amaldagi texnologiya va ishlab
47
chiqarish jarayonini tashkil qilish, bilan, ishchining dam olishi va shaxsiy
ehtiyojlari tufayli jihozlarni to‘xtab qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan tanaffuslardir.
Normallashtirilgan tanaffus vaqti bu tashkiliy-texnikaviy sabablar tufayli
yoki xodimning ishlab chiqarish intizomini buzishi tufayli jihozlarning ishlamay
bo‘sh turib qolgan vaqtini o‘z ichiga oladi. Tashkiliy-texnikaviy sabablarga
jihozlarni amalda texnologiya yoki ishlab chiqarishni tashkil qilish qoidalarida
shartlab qo‘yilmagan butun bo‘sh turib qolgan vaqti kiradi.
Xodimning ishlab chiqarish intizomini buzganligi tufayli jihozlar ichida
tanaffuslar sodir bo‘lib qolishiga ishga kechikib kelish, smena orxirida ishdan
barvaqt ketish, tushlik vaqtiga oldinroq ketib, kechikib kelish, smenada ish
ketayotgan paytda ustaning yoki brigadirning ruxsatisiz ish joyidan uzoqlashish,
normada ko‘rsatilgandan ortiq dam olib o‘tirish va h.k. kiradi.
Xodimning yoki jihozning ish vaqti sarfini bir ko‘rib chiqqan klasifikatsiya
doirasida normallashtiriladigan va normallashtirimaydigan sarflarga bo‘lish
mumkin.
Normallashtiriladigan ish vaqti sarfiga Me’yor bilan belgilangan doirada
topshirilgan ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt kiradi. Bunga: tayyorgarlik-
yakunlovchi vaqt, operativ vaqt ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti, dam olish va
shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni
tashkil qilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tanaffus vaqtlari kiradi.
Normallashtirilmaydigan vaqt sarfiga ijrochining jihozning unumsiz, bo‘sh
turib zoye ketgan vaqtlari kiradi, demak, bunday sarflar vaqt me’yori tarkibiga
kiritilmasligi turgan gap.
Xodimning ish vaqti bilan jihozlardan foydalanish vaqtini normallashtiriladi
va normallashtirimaydigan ish vaqtiga bo‘lishdan maqsad ularni qanchalik unumli
ishlagan vaqti bilan bekor ketishga qarshi kurashmoq uchun buni vujudga
keltiradigan sabablarni bilish kerak. Bunday sabablar juda ko‘p bo‘lganligi uchun
ularni bir-biriga yaxshiroq, o‘xshashroq guruhlarga – kategoriyalarga birlashtirish
hamda har bir kategoriyaning mazmuni tarkibini aniq tariflab berish kerak bo‘ladi.
Foydali sarf qilingan vaqt mazmuni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan xilma-xildir.
48
Ulardan ba’zilari normallashtirilgan vaqtning umumiy safida o‘zining tutgan
o‘rnidan, ya’ni salmog‘idan qat’iy nazar foydali bo‘ladi. Shuning uchun ham
ularning salmog‘i qancha ko‘p bo‘lsa, ishchining mehnat unumdorligi shuncha
yuqori bo‘ladi, jihozlardan foydalanish samaradorligi shuncha ortib boradi.
Ba’zi sarflar normallashtirilgan sarflarga kirsa ham, ularning ko‘payib
ketishi mehnat samaradorligi va jihozlarning samarali ishlashini pasaytirib
yuborishi mumkin.
Ba’zan bu xildagi vaqt sarfiga yo‘l qo‘yishga to‘g‘ri keladi, bunga sabab
jihozlarning texnik xolati, asbob-uskunalar, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil
qilish ishlari yetarli darajada takomillashmagan bo‘ladi yoki bo‘lmasa bunga kishi
organizmining fiziologik va ruhiy hususiyatlari ham sabab bo‘ladi.
Demak, bunday sarflarni cheklab qo‘yish ishchining mehnat samaradorligini
oshirishga va jihozlardan samarali foydalanishga yordam beradi. Shuning uchun
ish vaqti sarfini klassifikatsiyalash uning asosiy guruhlarini shunday
kategoriyalarga, ya’ni tayyorgarlik-yakunlovchi, operativ, ish joyiga xizmat
ko‘rsatish, texnikaviy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, reglamentga solingan dam
olish va tanaffus vaqtlariga bo‘lishni taqazo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |