22
ko‘rsatish va ishchi qobiliyatini saqlab turilishi uchun dam olish va hokazolar vaqti
ham hisobga olinadi. U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1. Normalashtirilayotgan operatsiya o‘rganiladi.
2. Operatsiyani chuqur o‘rganish ,tahlil qilish uchun tashkil qiluvchi
elementlar (usullar) va xarakatlar aniqlanadi.
3.Har bir element va harakatni bajarish vaqti ta’sir qiluvchi omil aniqlanadi
va analiz qilinadi.
4. Ilg‘or mehnat usullari va uslublari o‘rganilib va ular asosida
operatsiyaning tarkibi, elementlarni bajarish ketma-ketligi
analiz qilinadi va
loyihalashtiriladi.
5. Ish operatsiyasining ayrim elementlarini ma’lum ish vaqti ichida birining
o‘rniga boshqasini bajarish (qo‘l ishlarini mashinada yoki qisman mashinada va
qisman qo‘lda bajarish) imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini hisobga olgan
holda loyihalashtirilgan operatsiyaning har bir elementlari uchun va butun
operatsiy uchun vaqt me’yori belgilanadi.
6. Qabul qilingan ish operatsiyalari elementlarini belgilangan izchilikda
bajarishni, jihozlarning ishlash rejimi va ish o‘rniga xizmat ko‘rsatish tartibini joriy
qilishni,
ish sharoitini yaxshilash, sog‘lomlashtirishni ta’minlovchi tashkiliy-
texnikaviy tadbirlar ishlab chiqiladi.
7. Ishchilarni yangi ish sharoitlarini va tezkorlik mahoratlarini egallashlari
uchun ishlab chiqarish instruksiyasi o‘tkaziladi. Analitik normalashning ikki uslubi
qo‘llaniladi:
1) Anatilik-hisoblash uslubi;
2) Analitik-tadqiqot uslubi.
Bu ikkala uslub ham mazkur operatsiyani bajarish uchun ishlab chiqarish
sharoitlarini o‘rganishni hamda uni tarkibiyqismlarga ajratishni taqozo qiladi.Bu
esa operatsiyani va uning ayrim elementlarini nihoyatda
sifatli analiz qilish
imkonini beradi. Bundan tashqari jihozlardan, asbob-uskunalardan, moslamalardan
optimal foydalanish, mehnat jarayonlariga oqilona tashkil qilishi hisobga olingan
23
holda operatsiyadagi har bir element (usul, xarakat va ayrim xarakat) ish vaqti sarfi
belgilanadi.
Resurslarni
me’yorlashtirishning
analitik-hisoblash
uslubi
–
normalashtiriladigan operatsiyani dastlabki tarkibiy elementlarga bo‘lishdan,
operatsiyaning ratsional strukturasini aniqlashdan hamda oldindan ishlab chiqilgan
va tasdiqlangan normativlar bo‘yicha vaqt va mahsulot ishlab chiqarish me’yorini
hisoblab chiqishdan iboratdir.
Analitik-hisoblash uslubning avzal tomoni shundaki
,
u normativlar va ishlab chiqilgan texnikaviy prosess mavjud bo‘lgan sharoitda
oldindan asoslangan me’yorlarni hisoblab chiqish imkonini beradi,
mehnatga
belgilanadigan me’yorlarning bir xilda bo‘lishini, operatsiyani elementlarga
bo‘lish, ajratishga bir xilda yondashishni ta’minlaydi, ishlab chiqarishni va
mehnatni tashkil qilishning, ishlab chiqarish texnologiyasining va ish joyini
texnika bilan qurollantirishning
progressivligini talab qiladi, normalashning
yagona metodikasini qo‘llash imkonini beradi.Me’yor belgilash uchun ish joyida
normalashtiruvchi bevosita bo‘lishini talab qilmaydi. Me’yorlashtirishda
qilinadigan sermehnat ishlar ancha qisqaradi, chunki bunda bevosita kuzatish yo‘li
bilan ish vaqti sarfini o‘rganib chiqishga hojat qolmaydi, normalovchi ma’lumotlar
yordamida me’yor belgilashi mumkin bo‘ladi.
Bu uslubning nuqsonlari quyidagilardan iborat:
1) normalashtiriladigan operatsiyalarning hamma elementlari uchun normativlar
yo‘q.
2) normativlardan esa ko‘zda tutilgan tashkiliy-texnikaviy sharoitlar amaldagi
tashkiliy-texnikaviy sharoitlardan prinsipial ravishda farq qilishi mumkin.
Bunday hollarda har xil tuzatish koeffitsientlarini qo‘llashga, normativlarni
tegishli hisob-kitoblar bilan to‘ldirishga to‘g‘ri keladi, bu esa me’yorlarning
asoslangan va progressiv bo‘lishiga halaqit beradi.
Shuning uchun analitik
hisoblash uslubi bilan bir qatorda analitik tadqiqot uslubi keng qo‘llaniladi.
Analitik tadqiqot (eksperimental) uslubi operatsiyaga va uning har bir
elementiga vaqt sarf qilinishi ish joyida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida olingan
ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
24
Bu uslub:
1) asoslangan me’yorlarni belgilash uchun keng va aniq material olish;
2) mehnatni ilg‘or uslub va usullarini o‘rganish va umumlashtirish,
shunigdek
amaldagi vaqt normativlarini ishlab chiqish hamda uyg’unlantirish, asoslangan
me’yorlarni belgilash;
3) mazkur korxona mehnatning qanday tashkil qilinganligini, texnikaviy va
texnologik holatni maksimal darajada hisobga olish;
4) ilg‘or tajribadan foydalanish va ishlab chiqarishni ilmiy tashkil qilish imkonini
beradi.
1
Korxonalardagi ishlab chiqarish sharoitlari turlicha bo‘lganligi sababli
asoslangan me’yor belgilash uchun analitik uslubning har ikki turini qo‘llash
kerak, shundagicha ular bir birini to‘ldiradi. Bundan
tashqari tajribada har xil
aralash variantlardan ham foydalanish mumkin. Masalan, operatsiyaning ba’zi
elementlari bo‘yicha mana shu elementlarga vaqt sarfi analitik-tadqiqot uslubi
bilan, boshqalari analitik-hisoblash uslubi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: