“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


Ish vaqti fotografiyasi mohiyati va uning turlari



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/66
Sana17.10.2022
Hajmi1,18 Mb.
#853604
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   66
Bog'liq
“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni

9.1. Ish vaqti fotografiyasi mohiyati va uning turlari
To‘liq ish kuni uning qismi davomida istesnosiz barcha ish vaqti (bevosita 
ishlab chiqarish va boshqa xil ishlar) sarfini kuzatish va o‘lchash yo‘li bilan ish 
vaqtidan foydalanishni aniqlash ish vaqti fotografiyasi deb ataladi. 
Ish kunini fotografiya qilishdan ish vaqtida ishchilarning ish vaqtida va 
jihozlardan foydalanish darajasini, zoe ketayotgan ish vaqtlarini aniqlashda, ularni 
bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqarishda, ish o’rniga xizmat 
ko‘rsatish, dam olish normativ vaqtlarni belgilashda, ilg‘orlar tajribasini qidirib 
topishda foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish mehnatni tashkil qilish shakli va kuzatiladigan ishchilar 
sonidan kelib chiqib ish vaqti fotografiyasining: 
1) Individual fotografiya o‘tkazish; 
2) Gruppa usulida fotografiya o‘tkazish; 
3) Brigada usulida fotografiya o‘tkazish; 
4) Ommaviy fotografiya; 
5) O‘z-o‘zini fotografiya qilish turlari qo‘llaniladi. 
Individual fotografiya o‘tkazishda bir ish o’rnidagi bitta ishchi kuzatiladi. 
Bunda ishchi butun smena yoki smenaning bir qismi davomida sarflangan ishlab 
chiqarishga tegishli bo‘lgan va tegishli bo‘lmagan barcha vaqt va tanaffuslar 
kuzatiladi. 
Guruh usulida fotografiya o‘tkazishda bir guruh ishchilarning ish vaqti 
kuzatiladi. Bunda har qaysi ishchi o‘z ish o’rnida alohida-alohida operatsiyalarni 
bajaradi. Bu usulning afzalligi shundaki, normalovchi bir smena yoki smenaning 
bir qismi davomida bir necha ish o’rnidagi ishni kuzatadi. Ammo bu usulda 


73 
olingan ma’lumotlarni individual fotografiya asosida kuzatadi. Lekin guruhli 
usulda olingan ma’lumotlar individual fotografiya o‘tkazish orqali olingan 
ma’lumotlarga qaraganda uncha aniq bo‘lmaydi. 
Brigada usulida fotografiya o‘tkazishda bir brigada ishchilarning ish vaqti 
kuzatiladi. Bu ishchilar o‘z urinlarida turli xil (ketma-ket bajariladigan 
operatsiyalarni bajarayotgan) ishchilar gruppasidan iboratdir. 
Ommaviy fotogorafiya o‘tkazishda brigada, uchastka, potok va sex 
ishchilarining smena yoki smenaning bir qismidagi ish vaqti va zoe ketgan vaqtlari 
kuzatiladi. Bunda normalovchi kuzatuv varaqasiga faqat ish vaqtining isrof 
bo‘llishini yozib boradi. So‘ngra bu ma’lumotlar analiz qilinib, isrofgarchilikni 
oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi. 
O‘z-o‘zini fotografiya qilish, bu usul shu bilan harakterlanadiki, ishchi o‘z 
ish o’rnida o’zini-o’zi kuzatadi, ya’ni ishchi smena davomida zoe ketgan ish 
vaqtlarini va unga sabab bo‘lgan sharoitlarni kuzatuv varaqasiga yozib boradi. 
Individual fotografiya quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1)
Ishchini tanlash; 
2)
Fotografiya qilishga tayyorgarlik ko’rish; 
3)
Fotografiya qilish;
4)
Olingan ma’lumotlarni analiz qilish;
5)
Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar ishlab chiqarish. 
1) Ishchini tanlash. Individual fotografiya uchun odatda ishlab chiqarish 
me’yorini bajaruvchi va bajarmaydigan ishchilar tanlab olinadi. 
2) Fotografiya qilishga tayyorgarlik ko’rish quyidagi izchillikda amalga 
oshiriladi: 
a) Normalovchi fotografiya o‘tkaziladigan ish o’rni, ish sharoitlari bilan tanishadi, 
ish o’rniga xizmat ko‘rsatishga va uning tashkil qilinishiga alohida e’tibor beradi; 
b) Ish vaqti bo‘laklarga bo‘linadi va har bir bo‘lakka shartli belgi qo‘yiladi. Shartli 
belgi qo’yishda operativ asosiy va yordamchi vaqtlarga bo‘linmaydi. Shuningdek, 
ish o’rniga xizmat ko‘rsatish va tabiiy zaruratlar uchun tanaffus qilish vaqtining 
har biri bo’yicha shartli belgi qo‘yiladi, ular ayrim-ayrim qayd qilinadi; 


74 
c) Kuzatuv varaqasi, sekundomer, soat va boshqa zarur narsalar tayyorlab 
qo‘yiladi; 
d) Fotografiya o‘tkazishda oldin normalovchi fotografiya ob’yekti hisoblangan 
ishchiga fotografiya o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsadni tushuntiradi. Kuzatuv 
varaqasida korxona nomi, sex, brigada nomeri va kuzatiladigan ishchi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar, uning bajaradigan ishi, foydalaniladigan jihozi, ish o’rniga xizmat 
ko‘rsatilishi, ish o’rnining tashkil qilinishi singari ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 
Shuningdek, varaqaning birinchi betida kuzatuvchi kuzatiladigan sana, 
kuzatishning boshlanishi, tugashi va davom etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham 
keltiriladi. 
3. Fotografiya qilish texnikasi quyidagilardan iborat: fotografiya 
o‘tkaziladigan kun normalovchi sexga ish boshlanishidan 15-20 minut oldin kelib, 
o‘z soatini ish boshlanishi haqidagi signal beradigan soatga to’g’irlaydi. So’ng ish 
kuni fotografiyasining kuzatish varaqasining birinchi betiga ma’lumotlarni yozib 
chiqadi. Normalovchi kuzatuvchi ishchi ish boshlagan paytdan boshlaydi. Agar 
ishchi smena boshlanmasdan erta ish boshlasa, normalovchi ham shu paytdan 
boshlab fotografiyani o‘tkaza boshlaydi. Agar ishchi ish boshlanishidan kech 
qolsa, normalovchi uning kech qolgan vaqtini qayd qiladi. So‘ngra esa qolgan 
kuzatuvlarning faqat tugallangan vaqtini qayd qilib boradi, chunki bu kuzatuvning 
oxiri ikkinchisining boshlanishi bilan ulanib ketadi. Har bir kuzatuv shartli belgi 
bilan ko‘rsatiladi. Barcha ma’lumotlar joriy vaqt grafasiga yozib boriladi. 
Smena tugashi bilan kuzatuv tugallanadi. Sarflangan vaqt uzluksiz kuzatiladi 
va butun smena davomida qayd qilib boriladi. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish