2.4 Sintetik va Analitik schotlar.
Buxgalteriya hisobida schotlar yordamida korxonalar mablag'larining holati, shu mablag'lar manbalari, shuningdek, mablag'laming xo'jalik jarayonlaridagi harakatlari tezkor ravishda umumlashtirilib hisobga olib boriladi. Masalan, «Xomashyo va materiallam schotida xo'jalikdagi jami xomashyo va materiallaming harakati, «Asosiy ishlab chiqarish» schotida hamma turdagi xarajatlar va mahsulotlaming harakati, shuningdek, «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan schotlam schotida barcha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan olib boriladigan hisoblashuvlar va hokazolar umumlashtirilib aks yettiriladi. Lekin korxonalar mablag'lami but holida saqlashni ta'minlash va samarali foydalanish ustidan nazorat o'matish uchun, ulaming har bir turi bo'yicha batafsil ma'iumotiar ham bo'lishi zarur. Chunki «Asosiy ish lab chiqarish» schotida qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlar to'g'risidagi umumiy ma'lumotIar bilan birga rna'lum vaqtga xarajatlaming har bir turi (masalan, ish haqi, urug'lik, amortizatsiya va hokazolar), shu bilan birga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming har bir turi bo'yicha (paxta, don, sut, tuxum va hokazolar) xarajatlar summasi va turlari bO'yicha tafsiloti bilan aniqlangan ko'rsatkichlar ham bo'lishi zarur. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan schotlar schotida korxonaning ma'lum bir davrga mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo'lgan qarz summasi ko'rinib turishi bilan birga har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi bilanhisoblashuvlar to'g'risida ma'lumotlar ham bo'lishi kerak. Shunday qilib, deyarli hamma schotlarda ham umumiy ko'rsatkichlar bilan birga tafsiloti aniqlangan ko'rsatkichlar ham bo'lishi zarur ekan. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobida hisob obyektlarini umumlashtirib hisobga oladigan (sintetik) schotlar bilan birga ulami turlari bO'yicha alohida hisobga oladigan (analitik) schotIardan foydalanishga zarurat tug'iladi.
Shunga ko'ra buxgalteriya hisobida ikki xiI, ya'ni sintetik va analitik schotlar qo'IIaniladi.
Sintetikl schotlar deb xo 'jalik mablag'lari, mablag'larning manbalari va xo 'jalik muomalalari to 'g'risidagi umumlashgan ma'lumotlarni fagat pul 0'lchovida hisobga oladigan schotlarga aytiladi.
Analitik schotlar deb xo 'jalik mablag'lari va mablag'lar manbalari va xo 'jalik muomalalari to 'g'risida to'la tavsif beradigan vaularni pul, natura va mehnat 0'Ichovida hisobga oladigan schotlarga aytiladi.
Analitik schotlar va ularga tegishli sintetik schotlar orasida doimo o'zaro uzviy bog'liqlik mavjuddir. Chunki sintetik schotlarga yozilgan barcha qoldiq va xo'jalik muomalalari shu sintetik schotlarga tegishli analitik schotlarga ham yoziladi.
Korxonaning xo'jalik faoliyati to'g'risida umumlashgan ko'rsatkichlarga ega bo'lish va hisob yozuvlarining to'g'riligini tekshirib turish uchun joriy hisob ma'lumotlari vaqti-vaqti bilan jamlanib turiladi.
Arnalda bunday joriy hi sob ma'lumotlarini jamlash va tekshirish har oyda oborot vedomostlarini tuzish yo'li bilan amalga oshiriladi. Oborot vedomostlari sintetik schotlar bo'yicha ham, analitik schotlar bo'yicha
ham tuziladi.
Sintetik schotlarning qoldiq va oborotlari asosida iyul oyi uchun oxborot vedomosti quyidagicha tuziladi. Bu oborot vedomosti sintetik schotlardan boshlang'ich qoldiqlar, jamlangan oylik oborotlar va oxirgi qoldiqlami bevosita ko'chirib o'tkazish yo'llari bilan tuziladi
Xulosa
Korxona, tashkilot muassasalarda o’z xo’jalik faoliyatini amalga oshirish davomida xo’jalik mablag’larini va ularning tashkil topish manbaalarini, xo’jalik jarayoni va sodir bo’layotgan turli-tuman xo’jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun bir kancha buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining barcha schyotlari korxonadagi xo’jalik mablag’lari yoki ularning tashkil topish manbalariga yoki xo’jalik jarayonining hisobini olib borishga mo’ljallangan bulsada, ularning ko’pchiligini umumiy xususiyatlariga qarab bir xil guruhlarga yig’ish mumkin. Buning natijasida xo’jalik operatsiyalarining hisobini yuritish uchun kerakli miqdordagi buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining tayinlanishi va to’zilishga qarab turkumlarga ajratilganda bu schyotlarning nima uchun xizmat qilishi, ularning debet oboroti bilan kredit oboroti hamda qoldig’ining qanday mazmunga egaligi hisobga olinadi. Bunday turkumlarga ajratish schyotlardan xo’jalik operatsiyalarini yozish uchun to’q’ri foydalanish, kerakli ko’rsatkichlarni olish uchun qaysi schyotlardan foydalanish zarurligini aniqlashga yordam beradi. Schyotlarning tayinlanishi va strukturasiga kura guruhlashtirishni urganish buxgalteriya schyotlarida ikki yokdama yozish usulini uzlashtirishga katta yordam beradi.
Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishda bu schyotlarda nimalar hisobga olinishi hisobga olinadi. Bunday guruhlash xo’jalik
mablag’larini va ularning tashkil topish manbalarini hamda xo’jalik jarayonining mavjuddigini,axvoli va harakatini tasvirlash.ma'lumotlar olish uchun qaysi schyotlardan foydalanish zarurligini ko’rsatadi.Shuning uchun ham buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishga asosan ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya schyotlarini ikki xususiyatiga qarab turkumlarga ajratish schyotlarning tayinlanishi.strukturasi va iqtisodiy mazmunini tula aks ettiradi.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati
1. O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi. O’zbekiston 2001 yil Toshkent,
2. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’q’risi»dagi Qonuni Toshkent, 1996 yil 30-avgust
3. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida O’zbekiston,
1995.
4. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T. .O’zbekiston, 1998
5. Buxgalteriya hisobining milliy andozalari Toshkent 1998-2000.
6. Umarova M va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. Darslik. Toshkent, Mehnat 1999.
7. Inoyatov U va boshqalar Buxgalteriya hisobi Toshkent, Sharq 2001.
8. Gadoev E.F.va boshqalar Boshlovchilar uchun buxgalteriya hisobi. Toshkent 1996.
9. Xudoyberdiev U.Buxgalteriya ucheti nazariyasi. Samarqand 1995
Do'stlaringiz bilan baham: |