II.Mablag'lar manbalarini hisobga oluvchi barcha schotlar passiv bo'lib, ulaming kreditida manbalaming qoldiqlari va ko'payishi (kirimi), debetida esa kamayishi (chiqimi) aks ettiriladi.
III. Xo 'lalik jarayonlarini va moliya-xo 'lalik faoliyati natijalarilli hisobga oluvchi schotlar mablag'laming ta'minot, ishlab chiqarish varealizatsiya jarayonlaridagi harakatini aks ettirish hamda yakuniy moliyaviy natijalami aniqlash uchun mo'ljallangan. Ushbu schotlarda korxona moIiya-xo'jalik faoliyatining turlari bO'yicha hisobot davrining boshidan to oxirigacha axborotlar to'planib, hisobot davrining oxirida ular taqqoslanadi va tezkor tahlil o'tkazish hamda zarur boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida foydalaniladi.
Ta'minotjarayonini hisobga oluvchi schotlarda resurslar va ularni sotib olish hamda yetkazish bilan bog'liq xarajatlar aks ettiriladi. Shuningdek, tayyorlangan resurslaming haqiqiy tannarxi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga oluvchi schotlarda mahsulot ish lab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlar to'planadi va taqsimlanadi.
Realizatsiya jarayon; va yakuniy mo/iyaviy natijalami hisobga oluvchi schotlarda realizatsiya qilinadigan mahsulot, tovar, ish va xizmatlaming turlari bo'yicha tannarxi va olingan daromadlari; asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari va daromadlari; davr xarajatlari; moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari; favqulodda foyda (zarar)lar; foydaning ishlatilishi hamda yakuniy moliyaviy natijalar aks ettiriladi.
Xarajatlarni iqtisodiy mazmuni bO'yicha turkumlash korxona moliya-xo'jalik faoliyati to'g'risidagi schotlar guruhlarini aniqlash va ularga doir axborotlarga ega bo'lish uchun zarur.
Schotlarni tayinlanishi va tuzilishi bo'yicha turkumlash
Buxgalteriya hisobi schotlarini tayinlanishi va tuzilishiga qarab tasniflashda bu schotIarning nima uchun xizmat qilishi, ulaming debet va kredit oboroti hamda qoldig'ining qanday mazmunga egaligi hisobga olinadi. Bunday turkurnlash xo'jalik muomalalarini aks ettirishda schotIardan to'g'ri foydalanish zarurligini aniqlashga yordam beradi.
Schotlarning tayinlanishi va tuzilishiga qarab guruhlanishini o'rganish buxgalteriya schotlarida xo'jalik muomalalarini ikki yoqlama yozuv usulini o'zlashtirishga katta yordam beradi.
Buxgalteriya hisobi schotlarini tayinlanishi va tuzilishi bo'yicha turkumlash, ularning iqtisodiy turkumlanishini buxgalteriya hisobini ilrniy yo'iga qo'yish qismida to'ldiradi.
Buxgalteriya hisobi schotlari o'zlarining tayinlanishi va tuzilishiga qarab quyidagilarga bo'linadi:
I. Asosiy schotlar.
2. Tartibga soluvchi schotlar.
3. Taqsimlovchi schotlar.
4. Kalkulatsiya schotlari.
5. Tranzit (taqqoslovchi) schotlar
1. Asosiy schotlar xo'jalik mablag'lari va ularning tashkil topish manbalarini hisobga olish hamda nazorat qilish uchun tayinlangandir.
Ularning asosiy deb atalishiga sabab ularda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobining obyektlari - xo'jalik mablag'lari va ular manbalari xo'jalik faoliyatining asosi bo'lib, bularsiz birorta xo'jalik jarayonini amalga oshirish mumkin emas.
Asosiy aktiv schotlarda fondlarning ahvolini va o'zgarishini, moliyalashtirish, korxonaning majburiyatlari va kreditorlar bilan hisoblashuvlarnihisobga olish uchun tayinlangan. Bularga «Ustav fondi», «Bankning qisqa muddatli ssudalarj}), «Xodimlar bilan mehnatga haq to'lash bO'yicha hisoblashuvlam va boshqa schotlar kiradi.
2. Tartibga soluvchi schotlar. Ma'lumki, asosiy schotlarda xo'jalik mablag'lari, ularning tashkil top ish manbalari va hisob-kitoblar aks ettirilib hamda xususiyatiga qarab guruhlashtiriladi. Bu schotlarda aks ettirilgan mablag'lar va ularning tashkil topish manbalari tegishli ma'lumotlar yordamida aniqlashtirish zarurati tug'ilib qoladi. Masalan, asosiy vositalar qabul qilingandan to foydalanishga yaroqsiz deb topilib, hisobdan chiqarilgunga qadar «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar) deb atalgan asosiy' aktiv schotlarda boshlang'ich qiymati bO'yicha hisobga olinib boriladi. Asosiy vositalar foydalanish jarayonida eskiradi va ularning bu eskirgan qismi ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko'rsatilgan xizmat) tannarxiga amortizatsiya ajratmasi ko'rinishida bo'laklab qo'shib boriladi. Xo'jalikka rahbarlik qilish vauni boshqarish uchun «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlam schotlar ma'lumotlarini asosiy vositalarning eskirishi to'g'risidagi qo'shimcha ma'lumotlar bilan taqqoslash kerak bo'ladi.
Bunday ma'lumotlarni olishda tartibga soluvchi schotlar deb nomlangan bir guruh schotlardan foydalaniladi. Tartibga soluvchi schotlar boshqa buxgalteriya schotlarida aks ettirilgan ko'rsatkichlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Bunday schotlardan foydalanish hisobda to'la va aniq ma'lumotlar olish zaruriyatidan kelib chiqqan bo'lib, hisob obyektlarini buxgalteriya schotlarida ikki bahoda, ya'ni balans qiyrnati va qoldiq qiymati bO'yicha aks ettirish irnkoniyatini yaratib beradi.
Tartibga soluvchi schotlar ikki guruhga bo'linadi:
a) to'ldiruvchi schotlar; b) kontrar schotlar.
Kontrar tartibga soluvchi schotIar balansda tartibga solinuvchi schot bilan yonrna-yon aks ettiriladi. Tartibga soluvchi schotlarning tuzilishi va vazifasiga qarab kontrar schotlar ham ikki guruhga: a) kontraktiv tartibga soluvchi schotlar; b) kontr-passiv tartibga soluvchi schotlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |