Mexanizatsiyalash muhandislik milliy tadqiqotlar universiteti


Buxgalteriya hisobi schotlarining turkumlanishi



Download 40,15 Kb.
bet4/7
Sana22.01.2022
Hajmi40,15 Kb.
#399012
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5323632609299797474

2.2 Buxgalteriya hisobi schotlarining turkumlanishi.

Korxonalar o'z xo'jalik faoliyatida mablag'larini va ularning tashkil top ish manbalarini, xo'jalik jarayonlarini haroda sodir bo'layotgan turIi-tuman xo'jaJik muomalalarini aks ettirish uchun buxgalteriya hisobi schotlaridan foydalanadi. Bu schotIarda normalar hisobga olinishi, ular yordamida qanday umumlashtiruvchi ma'lumotIar olish mumkinligini bilish shu schotlardan korxonalar amaliyotida to'g'ri foydalanish uchun shart-sharoit yaratib beradi. Qo'llanilayotgan buxgalteriya hisobi schotlari xo'jalik mablag'lari, ulaming tashkil top ish manbalari va xo'jalik jarayonlarini gwuhlashni ta'minlashi lozim.

Schotlarda aks ettirilgan yozuvlar yordamida xo'jalik jarayonlariga aroaliy ta'sir ko'rsalish va ular ustidan nazorat o'matish uchun zarur bo'ladigan rna' lumotlar umumlashtiriladi.

Buxgaiteriya hisobidagi mavjud schotlarning yig'indisi schotlar tizimini tashkil etadi.

Buxgaiteriya hisobining schotIar tizirnini bilish barcha schotlarni ma'lum bir tartibda guruhlash (turkumlash) hamda har bir guruh schotlarining iqtisodiy mazmunini, ulaming tayinlanishi va tuzilishini tushunish imkonini beradi.

Bunday turkumlashga negizida buxgalteriya hisobi predmetining iqtisodiy mazmuni, ya'ni xo'jalik mablag'lari va mablag'laming manbalari haroda mablag'laming kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi doiraviy aylanishi (xo'jalik jarayonlari: ta'minot, ishlab chiqarish va realizatsiya) asos bo'ladi

Schotlami turk urn lash quyidagi maqsadlarni ko'zlaydi:

I) schotning mazmuni, funksiyasi va tayinlanishini, uning boshqa schotIardan prinspial farqi va umumiyligini tushuntirish;

2) schotlarning mohiyatini, ulaming iqtisodiy shakllanishi va ishlatilishini 0'rganishni osonlashtirish;

3) schotlar rejasini tuzishda yordam beradi.



Buxgalteriya schotlarining turkumlanishi - bu schotlarning balansga munosabati va hisob obyektlarini qamrab olish darajasiga; aks ettiriladigan ko'rsatkichlarning iqtisodiy mazmuniga hamda tuzilish va tayinlanishiga qarab guruhlarga birlashtirilishi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, hozirgi vaqtda qo'llanilayotgan buxgalteriya hisobi schotlarining turkumlanishi mablag'lar, manbalar va jarayonlaming iqtisodiy turkumlanishiga asoslangan bo'lib, yagona hisoblanadi va schotlarning mazmuni, tayinlanishi va tuzilish belgilari bo 'yicha shakllantirilgan.

Buxgalteriya hisobi schotlarining yagona turkumlanishi kattaamaliy aharniyatga ega. Har bir schotning iqtisodiy mazmunini tushunishga yordam berib, hisobga olinadigan obyektlami guruhlash uchun schotlardan to'g'ri foydalanishni osonlashtiradi. Har bir schotning tayinlanishini, uning funksiyalari va ko'rsatkichlari tavsifmi aniqlashtirib, u tadbirkorlikni boshqarish va nazorat uchun schotlarni to'g'ri qo'llashga yordam beradi. Schotlarning texnik xossalari va tuzilish xususiyatlarini ochib bergan holda ularni tuzilmasiga muvofiq to'g'ri yuritishni ta'minlaydi. Shotlarni balansga munosabati va hisob obyektlarini qamrab olish darajasiga ko'ra turkumlash

Buxgalteriya hisobining schotlari balansga munosabatiga ko'ra:

1. Balans schotlari (aktiv va passiv schotlar) va balansdan tashqari schotlar;

2. Sintetik va analitik schotlarga bo'linadi.



Balansdan tashqari schotlar. Vaqtincha korxona ixtiyorida bo'lib, uning balansida aks ettirilmaydigan mol-mulklar balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadi. Bunday mol-mulklar qaysi korxonaga tegishli bo'lsa, o'sha korxona balansida aks ettiriladi. Balansdan tasari schotlar balans schotlaridan tubdan farq qiladi. Ularda yozuvlar bir yoqlama yoziladi. Ya'ni balansdan tashqari schotlar o'zaro ham, boshqa schotlar bilan ham korrespondensiyalanmaydi.

Balansdan tashqari schotlarni tuzilishiga ko'ra aktiv schotlar qatoriga kiritish murnkin. Ularning debetida vaqtincha korxona ixtiyorida bo'lib, unga tegishli bo'lmagan mol-mulklar hamda bu mol mulklarga oid majburiyatlaming qoldig'i va kO'payishi, kreditida esa kamayishi ko'rsatiladi.

Yevropa mamlakatlarida balansdan tashqari schotlar qo' llanimaydi, buxgalteriya hisobining barcha obyektlari balans schotlarida hisobga olinadi.

«Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schotlar rejasi va uni qo'llash bO'yicha Yo'riqnoma» N221 Buxgalteriya Hisobining MiIliy Standartiga muvofiq balansdan tashqari schotlar - korxonaga tegishli bo'lmagan, lekin vaqtincha korxona qararnog'ida bo'lgan aktivlar, shartli huquqlar va majburiyatlar mavjudligi hamda harakati to'g'risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo'ijallangan schotlardir. Bu schotlaming qoldiqlari xo'jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida balansga ilova sifatida beriladi, lekin ularda aks ettirilgan xo'jalik muomalalari moliyaviy natijalarga ta'sir ko'rsatmaydi.

Agar korxonalarda asosiy schotIarga yetarli darajada e'tibor berilayotgan bo'lsa, balansdan tashqari schotIaming roli va aharniyati amaliyotda ko'p hollarda tan olinmasligi, ularda aks ettiriladigan axborotlaming susayishiga olib keladi. Qoidaga ko'ra, balansdan tashqari schotlar mazkur korxonaga tegishli bo'lmagan, lekin ma'ium muddatga uning qaramog'ida bo'ladigan yoki saqlanadigan mablag'lar va majburiyatlaming mavjudligi hamda harakatini hisobga olish uchun mo'ljallangan.

Bizning fikrimizcha, balansdan tashqari schotlarning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

- amaldagi qonun hujjatIari va me'yoriy

hujjatIarga muvofiq mazkur korxonaga tegishli bo'lmagan mulkJar, mablag'lar va majburiyatlar ustidan nazorat o'matishni ta'minlash;

- balansdan tashqari schotlarda hisobda turgan mulklarning saqlanishi ustidan nazoratni ta'minlash;

- ushbu schotlarda hisobda turgan mablag'lar harakatini hujjatlar bilan rasmiylashtirish;

- korxonaning kreditga layoqatliligini va moliyaviy barqarorligini baholash, boshqaruv uchun zarur to'liq va ishonchli axborotlar bilan ta'minlash.

Ta'kidlanganidek, balansdan tashqari schotlarda korxonaga qarashIi bo'lmagan, lekin vaqtinchalik uning ixtiyorida bo'lgan: ijaraga olingan asosiy vositalar, qayta ishlash uchun qabul qilingan moddiy boylikIar hisobga olinadi. Ushbu qiymatliklar buxgalteriya hisobida oddiy tizimda, ya'ni ikkiyoqlama yozuv qoidasidan foydalanmasdan aks ettiriladi.

Balansdan tashqari hisob oddiy tizim bO'yicha yuritilganligi sababli, balansdan tashqari schotlardagi ko'rsatkichlaming bir qismi natura o'lchovlarida aks ettirilishi mumkin. Shuningdek, bu schotlarda axborotdan foydalanuvchilar uchun zarur bo'lgan asosiy ko'rsatkichlar, xususan hisobot davri boshiga va oxiriga bo'lgan qoldiqlar aks ettiriladi.

Balansdan tashqari schotlar bO'yicha hisob yuritish korxonarahbarining buyrug'i bilan buxgalteriya xodimlarining bittasiga yuklatiladi. Bundan tashqari, buxgalteriyada balansdan tashqari schotlar bo'yicha hisobni tashkil etish tartibi aks ettirilgan xizmat vazifalarining yo'riqnomasi ishlab chiqilishi lozim

Buxgalteriya hisobining schotlari iqtisodiy mazmuniga ko'ra uch guruhga bo'linadi:

1. Xo'jalik mablag'lari (aktivlar)ni hisobga oluvchi schotlar.

II. Xo'jalik mablag'larining manbalarini (passivlar)ni hisobga

oluvchi schotlar.

III. Xo'jalikjarayonlarini hisobga oluvchi schotlari

Schotlami iqtisodiy mazmuniga ko'ra turkumlash buxgalteriya hisobining schotlar rejasini tuzishga asos bo'ladi

1. Xo'jalik mablag'lari(aktivlar)ni hisobga o/uvchi schotlaming barchasi aktiv bo'lib, mablag'larning qoldiqlari va ko'payishi (kirimi) debetida, kamayishi (chiqimi) esa kreditida aks ettiriladi.


Download 40,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish