Mijoz — yuk jo‘natuvchi yoki uni qabul qilib oluvchi. Yuk — tashish uchun beriladigan har qanday yuk. Tashuvchi — o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan joyga yetkazish va uni yukni qabul qilib oluvchiga berish yoki boshqa transport tashkilotiga topshirish majburiyatini oladigan tashish shartnomasining bir tomoni. Transport jarayoni — tashuvchi tomonidan yuk tashishga qabul qilib olingan paytdan boshlab uni qabul qilib oluvchiga topshirishgacha yoki tayinlangan joyga yetgungacha (yuklash, tashish, tushirish, saqlash. Tegishli tovar-transport hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa xizmatlar) bo‘lgan ekspeditor va tashuvchining birgalikdagi operatsiyalari va harakatlari kompleksi. Transport hujjati — tashish yoki transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatishni, tashuvchi yoki transport-ekspeditorlik korxonasi tomonidan yukni o‘z tasarrufiga olganligini tasdiqlovchi, tashuvchi yoki transport-ekspeditorlik korxonasi tomonidan beriladigan hujjat. Ekspeditorlik topshirig‘i — transport jarayonini tashkil etish va yuklarga transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatish uchun mijoz tomonidan ekspeditorga beriladigan hujjat. Yukni har xil transportda tashish — transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish shartnomasi asosida transport korxonasi tasarrufiga yuk kelib tushgan joydan tayinlangan joygacha yuklarni ikki yoki undan ortiq transport turida tashish. Yuk hujjatlarini rasmiylashtirish — yukni belgilangan joygacha yetkazib berilganlik uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va tashuvchi bilan o‘zaro hisob-kitoblar qilingan holda tashuvchi tomonidan yuk yukni qabul qilib oluvchi yoki ekspeditor tasarrufiga berish tartiboti. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi . Ekspeditor bilan mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar transport ekspeditsiyasi shartnomasi bilan belgilanadi. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi va unda tashish jarayonini transportning har xil turlari, shu jumladan, aralash turlari bilan ham davlat ichidagi, ham xalqaro yo‘llarda tashkil etish bilan bog‘liq transport-ekspeditorlik xizmatlarining aniq ro‘yxati, tomonlarning nomi va manzili, jo‘natish va olib borish joyi (joylari) nomi va boshqa shartlar bo‘ladi. 7. Yukni o‘z tasarrufiga qabul qilib olgandan so‘ng transport-ekspeditorlik korxonasi tashish uchun tegishli transport hujjati (konosament), transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish yuk xati berishi shartdir. 8. Olib kelish va olib ketish maxsus ruxsatnomalar va kvotalar bo‘yicha amalga oshiriladigan, aksiz solig‘i olinadigan yuklarni, shuningdek, xavfli yuklar va chiqindilarni tashish uchun shartnoma tuzishga tegishli ruxsatnomalar bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. 9. Ekspeditor mijoz, tashuvchi va transport jarayonida qatnashuvchi boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq transport-ekspeditorlik xizmatini amalga oshiradi. Yukni bir yoki bir necha transport turi bilan yetkazib berish va mijozning topshirig‘i (buyurtmanomasi)ga ko‘ra transport jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq xizmatlar ro‘yxati shartnomada kelishib olinadi. Mijoz buning uchun kelishib olingan haqni to‘lash majburiyatini oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1Logistika asoslari. Toshkent 2015 M.M.Aripjanov 2.www.ziyinet.com
Do'stlaringiz bilan baham: |