Kontakt quritgichlar.
Kontakt quritgichli apparatdagi dispers materialning harakatlanish mexanizmi juda murakkab va hozirgi kunda shu turdagi apparatlarda dispers materialning yagona gidrodinamik nazariyasi mavjud emas. Oqim va qatlam tuzilishi, zarrachalar feʼli va ularning aylanuvchi kurakchalar bilan oʼzaro taʼsiri toʼgʼrisidagi bilimlarning yetarli emasligi, issiqlik almashinuvi nazariyasiga taʼsir etadi. Kontakt issiqlik almashinuvi (kontakt vaqti, zarrachalar strukturasi, kontaktdagi zarrachalar soni va x.k) muammosi apparatdagi gidrodinamik sharoit bilan oʼzaro bogʼliq. Zarrachalar xarakatlanish parametri koʼpincha kurakchalar geometriyasi, rotorning burchakdagi tezligi hamda apparat ishlash rejimiga bogʼliq boʼladi. “Vinulet” tipidagi “sekin harakatlanuvchi” dispers materiallar issiqlik almashinuvi va gidrodinamikasi dagi adabiyotlarda oʼrganilgan. Barabanli vakuum eshkakli quritgich moslama berilgan.
Barabanli vakuum eshkakli quritgich moslama.
Bu uskuna bugʼli rubashka bilan taʼminlangan silindrik korpusdan iborat. Silindrik korpus ichida materialni aralashtirib beruvchi eshkakli gorizontal val sekin aylanib turadi. Bunday
Val shneki ichida kichik diametrli quritgich.
quritgichlarda turli konstruktsiya: qizitilmaydigan eshkak aralashtirgich qizitiluvchi valli aralashirgich yoki trubkasimon yuzali qoʼshimcha aralashtirgichli qurilmalar oʼrnatilishi mumkin. 18- rasmda val shneki ichida kichik diametrli va roʼparadan keladigan (muqobil) bir oʼramli qoʼshimcha shnek oʼrnatilgan. Shneklarning birgalikda xarakati maxsulotning lokal xarakatlanishiga olib keladi. Bu esa issiqlik almashinish jarayonni tezlashtiradi.
Trubkasimon barabanli qattiq teplonositeli quritgichda quritilayotgan material qizdirilayotgan trubalar orasida aralashib turadi.
Baraban ichidagi aylanib turuvchi teplonositel borligi issiqlik almashinuvini jarayonini jaddallashtiradi. Yuqorida koʼrsatilgan quritgichlarning kamchiligi issiqlik almashinuvida qizitilgan yuzadan toʼliq foydalanilmaslikda hisoblanadi. 20- rasmda rotor aylanish tezligi koʼpaytirish hisobiga baraban ichki yuzasidan toʼliq foydalanishga imkon beruvchi markazdan qochma barabanli quritgich tasvirlangan. Ushbu apparat quyidagicha ishlaydi. Rotor lopatkalari materialni aralashtiradi va bunda paydo boʼluvchi markazdan qochma kuch materialni apparat devoriga tashlaydi. Bunday apparatda material baraban devori orqali isiydi. Markazdan qochuvchi quritgichlarning chet eldagi analoglaridan rotorga oval taqsimlagichli elementlar joylashgan konstruktsiyalarni
Trubkasimon barabanli qattiq teplonositeli quritgich.
koʼrsatish mumkin. Rotorli baraban quritgichlar keng foydalaniladi, lekin shu kunga qadar ularning ishonchli hisoblash usuli mavjud emas. Eksperimental maʼlumotlarni umumlashtirish natijasida olinadigan usul birdan bir qadimgi va keng tarqalgan usuldir.
Vakuum-kurrakchali quritgich.
D.Perri isitayotgan agentning quritilayotgan materialga uzatilayotgan issiqlikning oʼrtacha koeffitsientidan foydalanadi. Perri oddiy quritishda apparat konstruktsiyasi va ishlash tartibiga nisbatan oʼrtacha issiqlik uzatish koeffitsientini 27-28 Vt/(m2. grad) intervalda hisoblashni tavsiya etadi. Shuningdek muallif issiqlik uzatish koeffitsienti materialning fizik xususiyatiga (zichligi, issiqlik sigʼimi) bogʼliqligini koʼrsatib oʼtadi.
Qattik fazalarning issiqlik almashinuviga taʼsir etishini koʼp tadqiqotchilar koʼrsatib oʼtganlar. Masalan, Van-Xarden qattiq fazaning issiqlik sigʼimi 0,36 daraja ortishi issiqlik berish koeffitsientining oʼsishiga olib kelishini aniqlagan. Аnalogik xulosani M.Leva ilmiy ishlarida ham uchratish mumkin. Bunda issiqlik sigʼimi darajasi turli mualliflarda 0,36 dan 0,4 darajaga almashib turgan.
Lentali quritgich. 1 – lentali konveyer, 2 – voroshitellar, 3 – sirkulyatsion ventilyator, 4 –havo taqsimlagich reshѐtka, 5 –bugʼ kaloriferi, 6 – shnek .
Mikley va Feyrbenks kontaktli issiqlik uzatishning siyraklashtirilgan qatlamida eksperimental koeffitsientlarni solishtirganda quyidagicha natija berdi:
(6)
Yuqoridagi natijadan kelib chikib, ular issiqlik zarrachalarni qisib turgan paket yuzasiga uzatiladi va ularni isitishga sarflanadi, deb taklif etdilar. Paketda zarrachalar isitishda vaqtida xarakatlanmaydi, issiqlik butun fazaning isishi tufayli uzatiladi. Ushbu joyda paketlar almashinuvi amalga oshadi va bu jarayon juda tez amalga oshganligi uchun har bir paket qizishi nostatsionar xarakterga ega boʼladi. Kontaktli issiqlik uzatish koeffitsienti muallif tomonidan quyidagi tenglama bilan ifodalangan [23]
(7)
Bu yerda ,s, r- issiqlik oʼtkazuvchanlik, issiqlik sigʼimi va qatlam zichligi; - zarrachalar qatlamining issiqlik uzatuvchi yuza bilan kontakt vaqti.
Do'stlaringiz bilan baham: |