2. Suyuqliklarda tovushning tarqalishi. Suyuq likda zarralar gazlarga
nisbatan zichroq joylash ganligi tufayli ularda tovushning tarqalish tezligi
kattaroq bo‘ladi. Tovushning suvdagi tezligini bi rinchi marta 1826-yilda
J. Kolladon va Ya. Shturm Shveytsariyadagi Jeneva ko‘lida o‘lchashgan.
8°C li suvda o‘lchangan tezlik 1440 m/s ni tashkil etgan. Anhorlarda
cho‘milganda suv tagida ikkita toshni urib ko‘rib, uning ovozini eshitgan
o‘quvchilar bo‘lsa kerak. Tashqarida turib suv ichida hosil qilingan
ovozlarni nega eshitmaymiz? Shunga qarab baliqlar ovoz chiqarmaydi,
degan xulosaga ham borganmiz. Rus tilidagi «Baliqdek soqov» degan
ibora shundan qolgan. Aslida baliqlar ham, boshqa suv hayvonlari – kitlar,
delfi nlar ham ovoz chiqarib, bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Faqat suvda
hosil qilingan ovozning 99,9% suv sathidan orqaga qaytib ketadi. Xuddi
shunday, havoda hosil qilingan ovoz ham suv ichiga o‘tmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |