Ichki yonuv dvigatellari. Bug‘ turbinasi
Amaliy topshiriq
Mis yoki aluminiy simni olib, bir joyidan bir necha marta buklab,
keyin to‘g‘rilang. Shunda sim sinib ketadi. Sababini tushuntiring.
1. Nima uchun qaynoq choy qoshiqcha bilan aralashtirilganda soviydi?
2. Bir chelak suvni uyning 1-qavatidan 2-qavatiga olib chiqsak, uning ichki
energiyasi o‘zgaradimi?
3. Ishqalanish tufayli ichki energiya ortishiga doir misollar keltiring.
41-MAVZU
ICHKI YONUV DVIGATELLARI. BUG‘ TURBINASI
Moddaning ichki energiyasidan ish bajarish uchun foydalansa
bo‘lmasmikan? Quyidagi tajribani ko‘raylik. Probirkaga ozgina suv
quyib, og‘zini tiqin bilan mahkam yopaylik. So‘ngra probirkani suv
qaynaguncha qizdiraylik. Shunda hosil bo‘lgan bug‘ bosimi ortib, tiqinni
otib yuborganini ko‘rish mumkin. Bu jarayonda yoqilg‘ining energiyasi
bug‘ning ichki energiyasiga aylandi, so‘ngra bug‘ kengayib, tiqinni ko‘tarib
ish bajardi.
Agar probirka o‘rnida silindr, tiqin o‘rnida porshen olinsa, oddiy
Do'stlaringiz bilan baham: |