125rasm. Havo yordamida reak tiv harakatni hosil qilish qurilmasi:
a) yonidan ko‘rinishi; b) yuqori dan ko‘rinishi
Raketaning tuzilishi va harakati
Keyingi 50–60 yil ichida fazoga ko‘plab kosmik kemalar, Yerning sun’iy
yo‘ldoshlari uchirildi. Ularni Yerdan orbitaga raketalar olib chiqadi.
126rasm. Raketaning tuzilishi
Raketaning harakati reaktiv harakatga asoslangan. Uning tuzilishi sxematik ravishda 126rasmda tasvirlangan. Raketa, asosan, to‘rt qismdan iborat. 1-qismda Yer atrofidagi orbita ga chiqarib qo‘yiladigan kosmik kema yoki sun’iy yo‘ldosh joylashgan. Raketaning 2qismini yoqilg‘i va raketani Yer dan uchirish jihozlari tashkil etadi. 3qismda yoqilg‘i yonish
R
υ
→ kamerasi joylashgan bo‘lib, bu yerda yoqilg‘i yonishi nati jasida yuqori harorat va bosimli gaz yig‘iladi. Bunday gaz reaktiv soplo (4qism) orqali juda katta υG tezlikda tashqariga chiqariladi. Yonish kamerasiga nisbatan kichik o‘lchamli sop lo orqali chiqayotgan katta bosimli gaz oqimi juda katta tez likka erishadi. Buning natijasida impulsning saqlanish qonu niga binoan gaz oqimi yo‘nalishiga qaramaqarshi yo‘nalishda reaktiv kuch vujudga keladi. Bu kuch ta’sirida raketa harakat ga keladi va υR reaktiv tezlik oladi (127-rasm).
Raketa soplosidan chiqayotgan gazning massasi mG, tezligi υG, raketaning massasi mR, olgan reaktiv tezligi υR bo‘lsin. Impulsning saqlanish qonunini qo‘llab, quyidagi tenglikni
υ
yozish mumkin:
R
m
R
m →υ
G
m →υ G
+ m →υ R
= 0 yoki
→ = – G G .
127rasm. Raketaning ko‘tarilishi
R
Formuladan ko‘rinadiki, raketaning massasi qancha kam bo‘lsa, uning reaktiv tezligi shuncha katta bo‘ladi. Haqiqatda ham, raketa massasining katta qismi yoqilg‘i massasiga to‘g‘ri keladi. Yoqilg‘i yonishi jarayonida uning miqdori hamda raketa massasi kamayib boradi. Bu esa raketa tezligining oshib bo rishiga olib keladi. Raketa belgilangan balandlikka chiqqunga qadar uning yoqilg‘idan bo‘shagan qismlari navbatmanavbat ajralib, havoda yonib ketadi. Raketaning kichik bir qismi – kosmik kema (Yerning sun’iy yo‘ldoshi) uchishni davom et tiradi. Impulsning saqlanish qonuni asosida hosil bo‘ladigan reaktiv harakat kosmonavtikaning asosi hisoblanadi. Kosmik raketa va kemalarning yaratilishiga olimlardan K. E. Siolkov skiy (1852–1935), S. P. Korolyov (1906–1966), M. V. Keldish (1911–1978), V. Braun (1912–1976), G. Obert (1894–1989) va
boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Hozirda kosmonavtika sohasi yuksak darajada taraqqiy etib bormoqda.
Reaktiv harakat deb nimaga aytiladi? Impulsning saqlanish qonuni asosida reaktiv harakatni tushuntirib bering.
123–124-rasmlarda tasvirlangan tajribalarni tushuntirib bering.
Raketa tuzilishini aytib bering.
Raketaning qanday harakatga kelishini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |