Mexanik harakat haqida



Download 3,48 Mb.
bet11/106
Sana01.02.2022
Hajmi3,48 Mb.
#421407
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106
Bog'liq
fizika 7 uzb

II bob.


TO‘G‘RI CHIZIQLI HARAKAT

Tevarak-atrofimizdagi jismlar harakati turli-tuman murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni o‘rganish va chizmalarda ifodalash uchun mexanik harakatning sodda ko‘rinishlarini tahlil etishdan boshlaymiz. Eng oddiy mexanik harakat – bu to‘g‘ri chiziqli tekis harakatdir.


Bu bobda avval jismlarning to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini o‘rganamiz, notekis harakat haqida qisqacha ma’lumot olamiz. So‘ngra to‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakatni o‘rganishga kirishamiz.


5-§. TO‘G‘RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT HAQIDA TUSHUNCHA




Tekis harakat








  1. rasm. Aravachaning notekis harakati





  1. rasm. Aravachaning tekis harakati

Jismning mexanik harakatini tahlil qilish uchun quyidagi tajribani o‘tkazaylik. Aravachaga 24-rasmda ko‘rsatilganidek tomizg‘ich o‘rnatilgan bo‘lsin. Bir xil vaqt oralig‘ida bittadan tomchi tushib tursa, u qaysi vaqtda arava qayerda bo‘lganligini belgilab ketadi. Aravachani qo‘yib yuborsak, u osilgan yuk ta’sirida harakatlanadi. Bunda aravacha ortidagi tomchilar orasidagi masofa bir xil emasligini kuzatish mumkin. Demak, aravacha bir xil vaqt oraliqlarida turlicha masofani bosib o‘tgan, ya’ni u notekis harakat qilgan. Endi yuqoridagi tajribani biroz o‘zgartiraylik. Bu gal osilgan yukni kamaytirib shunga erishaylikki, tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil bo‘lsin (25- rasm). Bu holga aravacha bir xil vaqt oraliqlarida bir xil yo‘lni bosib o‘tgan, deyish mumkin. Aravaning
bunday harakati tekis harakatga misol bo‘la oladi.




Harakat tezligi o‘zgarmas bo‘lgan jismning harakati tekis harakatdir. Agar avtomobil to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km dan yo‘l bosib o‘tayotgan bo‘lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10
minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo‘lni bosib o‘tadi.
Soat millari uchining harakati ham tekis harakatga misol bo‘la oladi. Lekin ularning harakat trayektoriyasi aylanadan iborat. Yuqorida keltirilgan misollardagi jismlarning harakatini uch turga ajratish mumkin:

  1. tezligi bir xil va trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli;

  2. tezligi bir xil, lekin trayektoriyasi egri chiziqli;

  3. trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli, lekin tezligi har xil.

Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo‘ladi. Ayrim hollardagina jismlar yo‘lning ma’lum bir qismida to‘g‘ri chiziqli harakat qilishi mumkin.


To‘g‘ri chiziqli harakat


24 va 25-rasmlardagi aravachaning tezligi bir xil yoki har xil bo‘lishidan qat’i nazar, ularning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqlidir. To‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan avtomobilning, temiryo‘lning to‘g‘ri qismida yurgan poyezdning, ma’lum balandlikka ko‘tarilib olganidan keyingi samolyotning ma’lum bir masofadagi harakatini to‘g‘ri chiziqli harakat deb olish mumkin.




To‘g‘ri chiziqli tekis harakat

  1. rasmdagi aravacha to‘g‘ri chiziqli, lekin harakat davomida turlicha tezlikda, ya’ni notekis harakat qilganida, uning harakatini to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deb bo‘lmaydi. Soat millari bir xil tezlikda, ya’ni tekis harakat qiladi, lekin trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli emas. Shuning uchun soat millari uchining harakati ham to‘g‘ri chiziqli tekis harakatga misol bo‘la olmaydi. Aravachaning 25-rasmdagi harakatida aravacha ham to‘g‘ri chiziqli, ham tekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakatdir.




Bunga yo‘lning ko‘tarilish, pasayish va burilishlar bo‘lmagan qismida avtomobilning tezlikni o‘zgartirmay harakatlanishi misol bo‘ladi. Shuningdek, poyezd tezlik olib, ma’lum masofa o‘tganidan so‘ng to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qila boshlaydi. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat eng oddiy mexanik harakatdir. Shuning uchun mexanik harakatni o‘rganishni tezlik, masofa va vaqt orasidagi eng sodda bog‘lanishga ega bo‘lgan jismlarning to‘g‘ri chiziqli tekis harakatidan boshlaymiz. So‘ngra notekis va egri chiziqli harakat tezliklarini tahlil qilishga o‘tamiz.





Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish