Nazorat savollari:
1. Uzumzor uchun joy tanlash va tuproqni ekishga tayyorlash jarayonlari
nimalardan iborat?
2. Uzumzorlarda tur va navlarini tanlashda qaysi omillarga e’tibor
beriladi?
Uzum ko‘chatlarini ekish tartibini ayting?
mashg‘ulot davomi:
Respublikada rayonlashtirilgan asosiy uzum navlarining tavsifi.
Mashg‘ulot maqsadi:Xo‘jalik uchun qimmatli belgi-hususiyatlari nisbatan barqaror, irsiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan klonlarning vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirib hosil qilingan nasli uzum navi deb ataladi.
Mashg‘ulot mazmuni:Klon - bitta o‘simlikning vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirib olingan o‘simliklar yig‘indisi. O‘zbekistondagi nav tarkibi juda boy va xilma-xildir.
Toshkentdagi «O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish intsituti uzum kolleksiyasida 1500 ga yaqin uzum navlari bor. O‘zbekistonda 200 dan ortiq mahalliy navlar alohida qimmatga ega bo‘lib, asosan xo‘raki va kishmish navlardir. Shuningdek, Respublikamizda boshqa chet mamlakatlardan keltirilgan navlar ham ekib o‘stiriladi. Eng ko‘p tarqalganlari: Zakavkaze navlaridan – bayan shirey, saperaviy, rkatsiteli, tavkveri, xindogni; g‘arbiy- yevropa navlaridan kaberne sovinson, risling, morastel, sersial, aleatiko navlari O‘zbekistonda yaxshi o‘sadi, mo‘l hosil beradi va ulardan yuqori sifatli sharoblar tayyorlanadi.
O‘zbekistoning xo‘raki va kishmish navlari tok tuplari va novdalari kuchli o‘sadi, barglari tuksiz, novdalarining hosil tugishi va hosil berish koeffitsientlari past, uzum boshlari va g‘ujumlari yirik, mevasi asosan yangiligicha yeyiladi, mayiz qilinadi, sovuqqa, zamburug‘ kasalliklariga chidamsizroq.
G‘arbiy Yevropa guruxiga kiruvchi uzum navlarining tok tuplari o‘rtacha kuchsiz novdalari sustroq o‘sadi, ko‘pchilik navlarining barglari tukli, novdalarining hosil tugish va hosil berish kaeffitsienti yuqori, uzum boshi va g‘ujumlari maydaroq, mevasi asosan qayta ishlanadi (sharob, sharbatlar va x.k. tayyorlanadi), sovuqqa, kasalliklarga chidamli.qora dengiz sohillari guruhiga mansub uzum navlari esa tok tuplari va novdalari o‘rtacha va kuchli o‘sadi. Barglari qilchaga o‘xshash tuklar bilan qoplangan, novdalarda shingillar soni ko‘p, hosil shoxlari foizi yuqori bo‘ladi, uzum boshi va g‘ujumlari o‘rtacha kattalikda, uzum hosili asosan sharob va sharbatlar tayyorlashda ishlatiladi.
O‘zbekiston respublikasida uzumning jami 36 ta nav va 16 ta sharobbop navi rayonlashtirilgan.
Bularga quyidagi navlar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |