Nazorat savollari:
Rezavor meva o‘simliklarining mevachilikda to‘tgan o‘rni nimalardan iborat?
Qulupnoyzorlar uchun yerni tayyorlash, ekish muddatlari, ekish sxemasi, navlarni tanlash va ekish texnologiyasi qanday bajariladi ?
Qulupnoydan mo‘l hosil olish uchun qanday agrotexnika qo‘llash kerak ?
Smorodina ko‘chatlarini tayyorlash muddatlari va qaysi usulda ko‘paytiriladi?
Subtropik meva o‘simliklarining asosiy agrotexnik xususiyatlari
Reja:
1. Tropik mintaqa bilan chegaradosh territoriyalar
Tayanch iboralar: subtropik mevalar, joy tanlash, bog‘ barpo qilish, ko‘chatlarni ekish muddatlari, usullari texnikasi, ko‘chatlarni parvarishlash, bog‘larni o‘g‘itlash, sug‘orish, shakl berish, kesish, kasallik va zarakunandalarga qarshi kurash, hosilni terish, tashish, saqlash, anor, anjir, xurmo, chilonjiyda.
2. Subtropik o‘simliklarning biologik xususiyatlari
1. Tropik mintaqa bilan chegaradosh territoriyalar
Tropik mintaqa bilan chegaradosh territoriyalar XIX asr oxiridan boshlab subtropik mintaqa deb atala boshlandi. Subtropik mintaqadagi o‘simliklarning vegetatsiyasi yil davomida kechadi, ammo issiq va sovuq davrlar bo‘yicha ularning tabiati birmuncha farq qiladi. Subtropik mintaqalarda eng sovuq oyda havoning kunlik o‘rtacha harorati 00S dan past bo‘lmaydi. Bu joylarda ѐzda issiqlik tartiboti tropik mintaqalarning tartibotidan farq qilmaydi, ammo qishi tropik mintaqalarning qishidan farq qiladi.
Subtropik mintaqalarning asosiy agroiqlim ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: tropik mintaqa chegarasida (250 sh.k.) sovuqlar kuzatiladi ѐki sovuq urish xavfi yuzaga keladi, mo‘tadil iqlim mintaqasi chegarasida esa (43-440 sh.k.) eng uzun kun 15 soat, eng qisqa kun 9 soatga teng, 100S dan yuqori haroratlar yig‘indisi 3000-40000S ni tashkil etadi.
Subtropik mevalar uchun yil davomida ikki o‘suv davrining mavjud bo‘lishi xosdir. Eng sovuq davr havoning o‘rtacha harorati muayyan chegaragacha pasaygan paytdan emas, balki sovuqlar yuzaga kela boshlagan davrdan boshlanadi. Subtropik mintaqalarda birinchi sovuqlar oktabr-noyabr oylarida kuzatilishi mumkin, ammo bu davrda havoning harorati yetarlicha yuqori bo‘ladi. Bu davrda qish sezilmaydi, chunki barcha o‘simliklar hali yashil tusda bo‘ladi. Sovuqlar kutilmaganda boshlanadi va birinchi sovuqdan so‘ng yana 1-2 oy mobaynida issiq ob-havo qaror topishi mumkin. Biroq sovuqsiz kunlar bu davrga kelib tugaydi. Bu paytda sitruslar va paxta hosilini yig‘ib olish tugallanadi. Sovuq ob-havo dekabr-yanvarda boshlanadi va u mart ѐki aprelgacha davom etadi.
Subtropik hududlarda kuz va bahor go‘ѐki qo‘shilib ketadi, barqaror sovuq davrli qish esa kuzatilmaydi. Kuzdan bahorgacha davom etadigan nisbatan salqin va sovuq urish xavfi kuzatiladigan mazkur davr subtropiklarda qish deb ataladi.
Subtropiklarda qishda havoning o‘rtacha oylik harorati mo‘tadil iqlimlarda kuzatiladigan darajagacha tushishga ulgurmaydi va bahor boshlanishi bilan (odatda fevralda) harorat muntazam ko‘tarila boshlaydi.
Subtropiklar sovuq urish xavfi kuzatiladigan davrning mavjudiligi va termik mavsumiyligi bilan tropiklardan keskin farq qiladi, ya’ni tropiklarda bunday holat kuzatilmaydi. Qisqa muddatli sovuqlar o‘tsimon o‘simliklarning vegetatsiyasini mustasno etuvchi yalpi sovuq davr bilan ulanib ketuvchi hududlarda subtropik mintaqa keskin ѐki muntazam ravishda mo‘tadil mintaqaga o‘tib boradi.
Olimlarning aniqlashicha, subtropiklar – yer sharining tropik va mo‘tadil iqlim mintaqalari orasida joylashgan tabiiy-tarixiy mintaqa, unda bir yilning o‘zida ikkita vegetatsiya davri kuzatiladi – sovuqsiz va xavfli sovuqli. Sovuqsiz davr mobaynida ѐg‘ochli va issiqsevar o‘tsimon o‘simliklar, o‘ziga xos subtropik “qish” deb ataluvchi sovuq davr mobaynida esa sovuqqa chidamli o‘tsimon turlar o‘sadi, bu davrda ѐg‘ochli va issiqsevar o‘tsimon o‘simliklar tinim davrida bo‘ladi.
Subtropiklarning o‘zi mintaqa ichida quruq, o‘rta yer dengizi va nam ѐki mussonlarga bo‘linadi. So‘ngisiga Osiѐning ko‘pgina hududlari, Afrikaning janubiy-sharqiy sohillari, Hindistonning shimoliy hududlari, AQShning janubiy-sharqiy sohillari va Kavkazning Qora dengiz sohillari kiradi.
O‘rta yer dengizi tipidagi subtropiklar jazirama quruq ѐzi va serѐmg‘ir yumshoq qishi bilan ajralib turadi. Yillik o‘rtacha ѐg‘in miqdori 600-1500 mm, tog‘li joylarda 1800 mm atrofida. Mazkur mintaqaga O‘rta yer dengizi havzasiga tutashgan mamlakatlar (Italiya, Ispaniya, Yugoslaviya, Turkiya) kiradi.
Quruq subtropiklarga yillik ѐg‘in miqdori 300-400 mm dan oshmaydigan hududlar kiradi. Quruq subtropiklar Iroqning alohida hududlari, Eron, Afg‘oniston, Suriya, Shimoliy Amerikaning janubiy hududlari, Avstraliyaning markaziy qismi, Azarbayjon, O‘zbekiston, Turkmaniton va Tojikistonning ayrim joylarini qamrab oladi.
MDH davlatlari ichida Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi subtropik mintaqaning eng shimoliy (43-440 sh.k.) qismi hisoblanadi, bu yerda sanoat asosida subtropik dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgan. Janubda Psou darѐsidan (Abxaziya) shimolda Tuapse atrofigacha bo‘lgan qariyb 150 km li mazkur territoriya Kavkaz tizmalari va Qora dengiz oralig‘ida tor polosa bo‘lib cho‘zilgan. Hozirgi kunda Krasnodar o‘lkasining subtropiklarida sitrus ekinlarni sanoat asosida yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |