маркетинг стратегиясини ишлаб чиқиш»
271
Bu sohalar yetakchi hisoblangan jamiyatlar postindustrial davlatlar deyiladi. G'arb
dunyosining eng taraqqiy etgan zamonaviy markazlari - AQSh, Kanada, Yevropa
mamlakatlari, Yaponiya va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Chayqov iqtisodiyotining paydo bo‘lishi
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib uchinchi tarmoqdan hech narsa ishlab
chiqarmaydigan yana bir butoqcha - bank va moliya xizmatlari tarmog‘i yuzaga keldi. Bu
soha tez ravnaq topib, shoxlab ketdi. Uning ildam-chaqqon vakillari qimmatbaho
qog‘ozlar va valyutalarni olib-sotish, chayqash, valyuta bozoridagi aldam-qaldam
o‘yinlar, kamxarj fuqarolarga foydasi haminqadar qarz berish, qarz majburiyatlarini bir-
birlariga qayta-qayta sotish kabi yangi, ajabtovur, ko‘pam halol bo‘lmagan ishlar bilan
mashg‘ul bo‘ldilar.
Real iqtisodiyotning real ehtiyojlarini hisobga olmaydigan, sotuvchidan issiq
xonada o‘tirib kompyuter tugmachalarini shiqqillatishdan boshqa hech qanday harakat,
urinish talab etmaydigan bu tarmoq bozorining kengayishi iqtisodiyotda moliyaviy
chayqov kapitalining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Va bu kapital aynan shunday
moliyaviy oldi-sotdilar hisobiga juda tez fursatlarda rivoj topib, kuchayib ketdi.
Mutaxassislarning fikricha, aktsiyalar, qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta oldi-sotdisi
bilan shug‘ullanadigan har qanday moliya bozorining zamirida chayqov yotadi. Bu bozor
piramida qoidalari asosida tashkil etilgan bo‘lib, piramidaga nisbatan xatar tug‘ilishi
hamoni mablag‘ini olib chiqib ketishga ulgurmagan ishbilarmon albatta yutqazishi turgan
gap.
«Ahmoq izlash» o‘yini
Bu bozor ishtirokchilari orasida «ahmoqni izla» yoki «katta ahmoq qonuni» degan
uyin bor. Yana buni chayqovchilar tomonidan «pufak puflash» deb ham ataladi.
Moliyaviy pufak mablag‘ yo‘naltirilayotgan muayyan sohadir, uning aktsiyalari va
qimmatbaho qog‘ozlarini qayta-qayta olib-sotish - chayqash orqali mo‘may daromad
olish mumkin. Ana shu qog‘ozlar atrofida shov-shuv ko‘tariladi, chayqov kapitalining
katta miqdori shu tomonga oqib keladi, mazkur soha boshqalaridan ko‘ra afzalroq,
samaraliroq qilib ko‘rsatiladi.
Chayqov bozoridagi shov-shuv natijasida nekbin kayfiyatdagi chayqovchilar
(«ahmoqlar») narxi ataylab ko‘tarilgan qog‘ozlarni ko‘plab sotib ola boshlaydilar,
ularning maqsadi bu qog‘ozlarni «kattaroq ahmoqlar» ga - yirikroq chayqovchilarga
sotmoqdir. Toki bitta «ahmoq» ikkinchisini topib savdo yurib turar ekan, bu ish foyda
keltiraveradi.
Shu xil faol, qizg‘in oldi-sotdi chayqov bozorida «pufak» paydo bo‘lishiga olib
keladi, vaqti soati yetganda esa bu pufak qarsillab yoriladi, nimagaki, haligi qog‘ozlar
uchun eng baland narxni to‘lagan eng yirik ahmoq ularni sotish uchun xaridor topa olmay
qoladi. Chayqov piramidasi ham qulaydi, yiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |