маркетинг стратегиясини ишлаб чиқиш»
270
Uchinchidan, moliyaviy oldi-sotdilar, amaliyotlarga real iqtisodiyot ehtiyojlarini
e'tiborga olmagan holda ruju qo‘yilishi;
To‘rtinchidan, valyuta bozoridagi chayqovchilik, valyutani qayta-qayta olib
sotishning avjga chiqishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning dunyoning yetakchi mamlakatlari
iqtisodiyotiga qanchalik salbiy ta`sir ko‘rsatganini tushunib yetish uchun real iqtisodiyot
bilan chayqov kapitaliga asoslangan iqtisodiyot orasidagi farqni tushunib olish kerak.
Real iqtisodiyotning uch tarmog‘i
Real iqtisodiyot deb real ishlab chiqarishga - sanoatga, shuningdek, real
mahsulotlar va xizmatlar savdosiga asoslangan iqtisodiyotga aytiladi.
Real iqtisodiyotning taraqqiy etishi uning uch asosiy tarmog‘i mutanosibligiga
bog‘liq. Birinchi tarmoq xom ashyo olish va uni qayta ishlash, yarim tayyor mahsulotga
aylantirish bilan bog‘liq sohalarni o‘z ichiga oladi. Bu tarmoqqa qishloq xo‘jaligi,
baliqchilik, o‘rmon xo‘jaligi, ovchilik va tabiiy ashyolarni (ko‘mir, neft, metall rudalar va
h.k.) qazib olish kabilar kiradi.
Bu insoniyat tarixida paydo bo‘lgan ilk tarmoq sanalib, ibtidoiy odamlarning ilk
iqtisodiy faoliyatlari asosida shakllangan - ovchilik, yig‘ish-terish va h. k.
Sanoat inqilobi yuzaga kelgunga qadar iqtisodiyotning bu tarmog‘i jahon
iqtisodiyotida alohida o‘rin egallagan va uning asosiy jabhasi bo‘lmish qishloq xo‘jaligi
necha yillar mobaynida eng muhim tarmoq hisoblangan.
Bugungi kunda esa yetakchi tarmog‘i qishloq xo‘jaligi bo‘lgan mamlakat yoki
mintaqa iqtisodiy jihatdan qoloq hisoblanadi. Bunga aholisining katta qismi hozirgacha
ham qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan Afrika qittsasi mamlakatlarini misol qilish
mumkin.
Albatta, bu o‘rinda ayrim istisnolar ham mavjud, Misol uchun, iqtisodiyotning
birlamchi tarmog‘iga mansub hisoblangan uzluksiz neft qazib olish va qayta ishlash
sanoati Fors ko‘rfazidagi o‘ziga to‘q mamlakatlar - Saudiya Arabistoni, Katar, Quvayt va
boshqalar iqtisodiyotining asosi bo‘lib qolmoqda.
Biroq, faqat birlamchi tarmoqqa suyanib qolish iqtisodiy taraqqiyotga olib
bormaydi va alal oqibat foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi mumkin.
Real iqtisodiyotning ikkinchi tarmog‘i qayta ishlash va qurilish sanoatini o‘z
ichiga oladi. Mazkur tarmoq G'arbiy Yevropa iqtisodiyotida XIX asrning birinchi yarmi,
yatsni Sanoat inqilobi davrida yetakchi o‘rinni egallab keldi va to ikkinchi jahon
urushining oxiriga qadar shunday bo‘lib qoldi. Iqtisodiyotning ikkinchi tarmog‘i
yetakchilik qiladigan jamiyat sanoatlashgan deyiladi.
Iqtisodiyotning uchinchi tarmog‘i xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq.
Vaqti-soati keldiki, bu tarmoqning mavqei juda kuchayib ketdi. Sababi, sanoatda
mehnat unumdorligining o‘sishi natijasida xizmat ko‘rsatish sohalari uchun qo‘shimcha
mehnat resurslari - imkonlar yuzaga keldi. Ushbu tarmoq transport, aloqa, savdo,
sayyohlik, sog‘liqni saqlash, maorif, ilmiy izlanishlar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
« Мева-сабзавотларни етиштириш, қайта ишлаш ва сотишнинг
Do'stlaringiz bilan baham: |