YArussiz shoxlar. Bunda asosiy tana bo’ylab ketma-ket bir-biridan ma’lum oraliqda joylashadi.
Vazasimon shox. SHoxdan odatda, yarus ko’rinishida 3-5 ta asosiy shoxlar chiqarib, daraxti kosasimon shaklda bo’ladi.
YOtib o’sadigan shox. SHox-shabbani yer yuzasidan 30-60 sm oraliqda oskti qismlarida o’sadigan bir necha mustaqil tanalardan iborat bo’ladi.
So’ngi yillarda so’ridan foydalanib, past bo’yli payvandtaglarda meva daraxtlari o’stirib shox-shabbasi yassi shakl berish usuli qo’llanilayapti.
9.3. SHoxlarni kesish turlari
Kesish turlari. Meva daraxtlarini kesish ikkiga: shoxlarni qisqartirish hamda siyraklashtirishga bo’linadi. Qisqartirish usuli qo’llanilganda, shu yili o’sgan novdalarning yoki ko’p yillik novda, shox yoki butoqlar tanaga tutashgan joyidan qirqib tashlanadi. Meva daraxtlarni butashda ikkala usul ham qo’llaniladi, lekin daraxtlarning holatiga va qanday maqsadlarda kesilishiga qarab, birinchi yoki ikkinchi usul ko’proq qo’llanishi mumkin (37, 38 – rasmlar).
Qisqartirish va siyraklashtirish daraxtlarning o’sishi va meva berishiga turlicha ta’sir etadi. Meva daraxtlari ko’pgina navlarining novdalari qisqartirilganda ko’proq (kuchli) shoxlaydi, ularni shoxning asosiga yaqinlashtiradi. Novda yoki shoxlar qisqartirilganda, uning barcha qolgan qismlarida yon novdalar paydo bo’ladi
XULOSA
Meva daraxtlariga shakl berish bilan daraxtning hosilga kirish muddatlarini o’zgartiradi, uning mahsuldorlik davrini uzaytirish, mustahkam, yoritilgan shox-shabba tuzish, bog’larni parvarish qilishni qulaylashtirish, yildan-yilga meva berishini tartibga solish, daraxt hosildorligini oshirish mumkin va hokazo. SHakl berish va kesish orqali gektariga ko’proq daraxt joylashtirishga imkon beradigan ixcham (kompakt) shox-shabbalar tuzish, shu bilan bir vaqtda kesishda, mevalarni terishda mehnat unumdorligini oshirish mumkin. Ixcham shox-shabbalar bog’ ishlarini mexanizatsiyalashga yordam beradi. Kam shox-shabbasi va yassi shakllar birmuncha afzalikllarga.
NAZORAT SAVOLLARI:
Meva, rezavor meva ekinlarini butash va ularga shakl berishning asosiy tamoyillari.
Meva, rezavor meva ekinlariga shakl berish va butashning axamiyati.
Meva, rezavor meva ekinlarining butashni bialogik asoslari.
Meva, rezavor meva ekinlarining butashni biokimyoviy asoslari.
Meva, rezavor meva ekinlarining o’sishning shakl berish va butash bilan bog’liq qonuniyatlari.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ostanaqulov T.E., Narzieva S., G‘ulomov B.X. Mevachilik asoslari. S., 2011. O‘quv qo‘llanma.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori. PF-3709-Farmoni. // Xalq so‘zi – 2006 yil 11 yanvar.
Ribakov A.A., OstrouxovaS.A. O‘zbekiston mevachiligi. T., «O‘qituvchi», 1981. O‘quv qo‘llanma.
G‘ulomov B., Islamov S, I.Normuratov “Sitrus ekinlarini yetishtirish texnologiyasi” Toshkent-2012 yil. O‘quv qo‘llanma.
INTERNET RESURSLAR
http://www.amazon.ru;
http://www.tex books.ru;
http://www.ziyonet.uz;
www.opb.ru/ogorod_ov.html Plovovodstvo, kalendari rabot na uchastke, obmen opitom, soveti.
www.adventus.info/bibl/ovochi.php
Do'stlaringiz bilan baham: |