Asosiy tushuncha va atamalar.
Standartlar va Standartlashtirish
Standart bu mahsulot yoki xizmatlar uchun talablar, qoidalar va ko‘rsatmalarni o‘zaro bir-biri bilan mutanosib kelishini ta’minlovchi hujjat hisoblanadi. Bu talablar, ba'zan, mahsulotlar yoki xizmatlar jarayonlari tavsifi bilan tushuntiriladi.
Standartlar kelishuvlar natijasidir va ular tegishli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Standartlar maqsadi belgilangan doiradagi tartibini optimal darajasiga erishishdir.
Standartlashtirish - Standartlarni shakllantirish, ishlab chiqish va tadbiq etish jarayoniga aytiladi.
Standart - bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi (konsensus) asosida ishlab chiqarilgan va mahlum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullarini o‘z ichiga olgan hamda, belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan mehyoriy hujjatdir. Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat
uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |