Metrologiya va standartlashtirish



Download 116,31 Kb.
bet2/8
Sana10.04.2022
Hajmi116,31 Kb.
#541430
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TITUL NAMUNA

Metrologiya (yunoncha: metron — o’lchov va logos — ta’limot) — o’lchovlar, ularning bir xilligini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fan; fizika bo`limi. Asosiy muammolari: a) o’lchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) o’lchash usullari va vositalari; g) o’lchashlar aniushgi (o’lchashlar noaniqligi nazariyasi, o’lchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yo’llari; d) o’lchashlar bir xilligini ta’minlash; yetalonlarni yaratish; j) o’lchash vositalari va o’lchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar o’lchamlarini etalonlardan qolgan barcha o’lchash vositalariga o’tkazish usullari.
Dastlab, M. turli o’lchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sig’im va boshqalar), shuningdek, turli mamlakatlarda qo’llaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975-yil 20-mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, o’lchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining hukumatlararo darajada ta’sis etilishi M.ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
M. yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuqlaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo ob’ektlari xossalarining miqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi o’ziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. O’lchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga o’lchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: o’lchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, o’lchash vositalari va usullari, o’lchash sharoitlari, o’lchash natijalarini tahlil qilish va o’rganish natijasida olingan ma’lumotlar va umumlashmalar kiradi.
M.da o’lchanadigan kattalik ob’ekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, ya’ni xususiyat sifatida qator ob’ektlar uchun umumiy va u bir ob’ekt uchun boshqasiga Karaganda ma’lum son marta katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va boshqa (ob’ektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir ob’ekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va boshqa ga ega; ob’ekt uchun kattalik tushunchasi aniq bo’ladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va boshqalar). Faqat aniq kattaliklarni o’lchash mumkin. Katallikka ob’ektiv (miqdoriy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv bo’yicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil o’lchamli (mas, temperatura shkalasi, Brinel bo’yicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi.
Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga o’tildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari o’rtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari ko’riladi Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qo’llaniladi. Nazariy M. o’lchashlar anikligi (o’lchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bag’ishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa bo’limlaridan keng foydalaniladi.
O’lchashlarning bir xilligiga erishish uchun qo’llaniladigan barcha o’lchash vositalari to’g’ri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan o’tkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — o’lchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning o’lchamlarini boshqa o’lchash vositalariga o’tkazish uchun mo’ljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qo’llanilgan. M. etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yo’llarini, shuningdek, birliklar o’lchamlarini o’tkazish usullari (qiyoslash usullari) ni ham o’rganadi.
Qonunlashtiruvchi M. — davlat tomonidan aniq belgilanishi va tekshirilishi talab qilinadigan, o’lchashlar va o’lchash vositalarining bir xilligiga erishish bilan bog’liq masalalarni ko’radi. Davlatlarda o’lchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada ta’minlash va saqlab turish uchun M. bo’yicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi.



Download 116,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish