60
TQ raisi a‘zo bo‗lgan asosiy manfaatdor tashkilotlar vakillaridan saylanadi. TQ raisi o‗rinbosari ikki kishidan
iborat bo‗lib, biri asosiy iste‘molchidan va ikkinchisi esa «O‗zstandart» agentligi (vakolati doirasida O‗zbekiston
Respublikasi sog‗liqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi, Davarxitektqurilish qo‗mitasi)
vakillaridan tayinlanadi. TQ kotibiyati xaysi tashkilot bazasida t uzilgan bo‗lsa, shu tashkilot tomonidan yuritilada.
TQ o‗z faoliyatini O‗zbekiston Respublikasida amalda bo‗lgan standartlashtirish bo‗yicha me‘yoriy -huquqiy
xujjatlar asosida olib boradi. TQlar:
davlatlararo, davlat, tashkilot standartlarini ishlab chiqadi, ularni qayta ko‗rib chiqadi va o‗zgartirishlar
kiritadi;
standartlashtirish bo‗yicha halqaro va regional tashkilotlar TQlarining ishida qatnashadi;
davlatlararo, davlat, tarmoq standartlashtirish das - turlariga takliflar ishlab chiqadi;
standartlashtirish bo‗yicha halqaro, davlatlararo va regional tashkilotlarda O‗zbekiston manfaatini himoya
qilishga qaratilgan takliflarni tayyorlaydi;
barcha toifadagi MHlarni ilmiy-texnikaviy eksper- tizasini o‗tkazadi.
Belgilangan tartibga ko‗ra, TKdshng ilmiy-texnikaviy ekspertizasi natijasida bergan ijobiy xulosasi «O‗zstandart»
agentligi va vakolatli davlat idoralari tomonidan MHni to‗g‗ridan-to‗g‗ri tasdiqlash va davlat ro‗yxatidan o‗tka-
zishga asos bo‗lishi mumkin.
«O‗zstandart» agentligi bergan vakolatga ko‗ra, milliy TQlar halqaro, davlatlararo va regional tashkilotlarning
TQlari bilan bevosita ish olib borishi va ularning ishida qatnashishi mumkin. Bu esa tegishli darajada ishlab chiqa-
rilayotgan MH loyixasiga O‗zbekistonning tegishli tarmog‗i manfaatidan kelib chiquvchi takliflarni kiritish
imkoniyatini beradi.
TQ ta‘sischi idora, «O‗zstandart» Agentligi (vakolati doirasida O‗zbekiston Respublikasi sog‗liqni saqlash va-
zirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi, Dav- arxitektqurilish qo‗mitasi)ning qo‗shma buyrug‗i bilan
tashkil etiladi.
O‘z RH 51-013:1993 ga ko‗ra, TQ keng vakolatga ega bo‗lib, uning faoliyati barcha darajadagi (halqaro,
davlatlararo, regional, davlat va tarmoq darajasidagi) standartlashtirish ishlarini o‗z ichiga olishi mumkin.
TQ ichida, kerak hollarda, tor sohalarda quyi qo‗mitalar va ishchi guru hlar tuzilishi mumkin. Masalan, informatsion
texnologiyalar sohasida TQ bilan birga quyi qo‗mita ham tashkil etilgan.
TQ faoliyatini takomillashtirish va uning vakolatini oshirishga qaratilgan O‘z RH 51-013:1993 ga kiritilgan 2-sonli
o‗zgartirishga ko‗ra, TQ tomonidan qabul qilingan bayonnoma qarori, TR barcha a‘zolari tomonidan MHni
kelishilgan deb qabul qilishga asos bo‗ladi.
Hozirda O‗zbekistonda quyidagi standartlashtirish bo‗yicha TQ faoliyat ko‗rsatib kelmoqda:
«Paxta» TQ;
«Pilla mahsulotlari» TQ;
«Yog‗ va oziq-ovqat mahsulotlari» TQ;
«O‗zbekneftegazmahsulot» TQ;
«Don mahsulotlari» TQ;
«O‗zvinxolding» TQ;
«Aloqa va informatika» TQ;
«Navurug‗nazorat» TQ;
«O‗zavtosanoat» TQ;
«Go‗sht va sut» TQ;
«Davarxitektqurilish» TQ;
«Kimyosanoat» TQ;
«Yengilsanoat mahsulotlari» TQ;
«O‗zbekcharmpoyabzal» TQ;
«O‗zbekiston Respublikasini xavfsizligi va mudo- faasi doirasida» TQ;
«Fizkultura va sport» TQ;
«Avtomobil va daryo transportini standartlashtirish»
TQ;
«Uzluksiz ta‘lim tizimi standartlari» TQ;
«Turizm sohasida» TQ;
«Energetika sohasida» TQ;
«Tabiatni muhofaza qilish sohasida» TQ.
Respublika bo‗yicha barcha darajadagi MHlarning 14-16 % TQlar tomonidan ishlab chiqariladi.
Standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar fao- liyatining nazorati O‘z RH 51-146:2006 ga muvofiq amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: