64
Belgilangan tartibotga ko‗ra, standartlashtirish tayanch tashkilotlari «O‗zstandart» Agentligida ro‗yxatdan o‗tish -
lari kerak.
Mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni standartlashti- rish bo‗yicha ishlarni bevosita amalga oshirish uchun ilmiy -
tekshiruv, konstruktorlik-texnologik bo‗limlar, byuro va laboratoriyalar tashkil etilishi mumkin.
STT uchun standartlashtirish bo‗yicha ishlar asosiy fao- liyat hisoblanadi va bu ishlar tashkilotning tematik rejasi
asosida amalga oshiriladi.
STT o‗z faoliyatini amaldagi barcha toifadagi me‘yoriy- huquqiy xujjatlardan belgilangan tartibda foydalanish
asosida tashkil etadi. Xususan, davlat ahamiyatiga ega me‘- yoriy-huquqiy xujjatlarga zid bo‗lmagan
tarmoq
xujjatla- ridan ham foydalanishi mumkin.
STTlar bir turdagi mahsulotga ixtisoslashganligi va bir tarmoqda bir necha STT bo‗lishi mumkinligi sababli, bir-
birlarining ishlarini qaytarmasliklari uchun ular tizim doirasida o‗zaro aloqada bo‗lishlari kerak.
Har bir STTning «O‗zstandart» Agentligi bilan keli- shilgan o‗z Nizomiga ega bo‗lishi kerakligi belgilangan.
O‗z ST hujjatlari O‘z RH 51-012-93* da STTning o‗ziga biriktirilgan soha (mahsulotlar guruhi) bo‗yicha asosiy
vazifalari va fo‗nksiyalari belgilangan:
STTga biriktirilgan tashkilotlar va korxonalarning standartlashtirish bo‗yicha ishlarini muvofiqlashtirish hamda
yagona texnik siyosatni ta‘minlash;
kompleks tarzda standartlashtirishni rivojlanti- rishni asosiy yo‗nalishlarini ishlab chiqish;
MHlar
loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va kelishish, ularni tatbiq qilish va qayta ko‗rib chiqish bo‗yicha
takliflar va tadbirlar tayyorlash;
MHlarga kiritilayotgan talablarni amaldagi O‗zbekis - ton Respublikasi qonunchiligi talablariga va zamonaviy ilmiy-
texnik yutuqlarga mosligini ta‘minlash;
standartlashtirishning nazariyasi va amaliyoti sohala- rida ilmiy-uslubiy ishlarni olib borish,
yangi mahsulot- larda
talablarning optimal darajada bo‗lishini ta‘minlash;
mahsulotlar MHlaridagi ko‗rsatkich va me‘yorlarni amaldagi me‘yoriy -huquqiy xujjatlar talablariga mosligini
doimiy tekshirib borish;
standartlashtirish va setrifikatlashtirish bo‗yicha reja va tadbirlarni ishlab chiqishda korxona va tashkilot- larga
uslubiy yordam ko‗rsatish.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 410-sonli
qaroriga binoan, davlat bosh-
qaruv idoralari davlat budjetidan to‗liq yoki qisman moliyalashtirilayotgan davlat dasturlarini ishlab chiqish
jarayonida mahsulot sifatini me‘yoriy ta‘minlash masala- sini ko‗zda to‗tishlari kerak.
Yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun STTlarga keng doiradagi huquqlar (masalan,
standartlashtirish masalalarida halqaro tashkilotlar bilan o‗zaro mu- nosabat) berilgan.
Shu bilan birga, STT zarur hollarda standartlashtirish bo‗yicha ma‘lumotlarni korxona va tashkilotlardan talab qilib
olish va MHlarni ilmiy-texnik ekspertizasi na- tijalari bo‗yicha yuqori tashkilotlarga takliflar
berish huquqlariga
etadir.
STT belgilangan tartibda soha bo‗yicha standartlashtirish bo‗yicha MHlar fondini tashkil etadi hamda standart -
lashtirish masalalarida biriktirilgan korxona va tashkilotlar ishlarini nazorat ksladi.
Hozirda O‗zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‗yxatdan o ‗tgan 17 ta STT faoliyat ko‗rsatadi. Masalan,
«Paxtasanoatilm», «O‗zneftegazLITI», «Kinap» STTlar shular qatoridadir.
Standartlashtirish tayanch tashkilotlari faoliyatining na- zorati ham O'z RH 51-146:2006 ga muvofiq amalga
oshiriladi.
Korxona va tashkilotlardagi standartlashtirish xizmatlari
Standartlashtirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda hamda amaldagi qonunchilik talablarini bajarish maqsadida
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar o‗z qoshida standartlashtirish bo‗yicha bo‗linmalar (xizmatlar) tashkil etadilar.
Ushbu
xizmatlar xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar manfaatidan kelib chiqqan holda, standartlashtirish bo‗yicha ishlar ustidan
tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik rahbarlikni amalga oshiradilar, korxonada standartlashtirish bo‗yicha
ilmiy -
tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajaradi, vakolati doirasidagi masalalar bo‗yicha boshqa
bo‗linmalarning ishlarini muvofiqlashtiradi va ular bilan hamkorlik qiladi.
Standartlashtirish bo‗yicha xizmatlarni tashkil etishni muvofiqlashtirishga qaratilgan O‗z ST doirasida rahbariy
xujjat RD O‗z 51-051-96* ishlab chiqilgan bo‗lib, unda
umumiy talablar bilan birga, bu tuzilmalarning asosiy
vazifalari, huquqlari belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: