55
qo‗llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‗llash tartibini "O‗zstandart" va davlat
boshqaruvining boshqa organlari o‗z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular xalqaro savdo -sotiq uchun ortiqcha
to‗sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy
yutuqlariga asoslangan va O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo‗lishi lozim. Ular xalqaro
savdo-sotiq uchun ortiqcha to‗sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‗l qo‗yilmaydi.
O‗zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat
qila olish imkonini ta‘minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‗ljallangan, an‘anaviy
texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‗yiladi.
Iste‘molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan o ‗zgartishlar
"O‗zstandart" organlarida haq olmasdan davlat ro‗yxatidan o‗tkazilishi lozim. "O‗zstandart" organlarida ro‗yxatdan
o‗tgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat axborot jamg‗armasini tashkil etadi.
Mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog‗lig‗i va mol-mulkiga xavfsizligini ta‘minlash uchun,
texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‗zaro almashinuvchanligini,
ularni nazorat
qilish usullari birligi va tamg‗alash birligini ta‘minlash uchun standart larda belgilanadigan talablar, shuningdek
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari,
xo‗jalik faoliyati sub‘ektlari rioya etish uchun majburiydir.
Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan o‗zga talablar ham belgilab qo‗yilishi mumkin.
Import mahsulot, basharti u O‗zbekiston Respublikasida amal qilayottan standartlarning
majburiy talablar
qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‗lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda qo‗llanilishi (2-bo‗lim, 7-modda)
bo‗yicha talablar ma‘lumotlar keltirilgan bo‗lib, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi
lozim bo‗lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya
etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazora t qilish va sinash usullarini o‗z ichiga olishi
lozim.
Ko‗rsatib o‗tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va
tartiblarga muvofiq qo‗llanilishi lozim.
Qonunning 3-bo‗lim 8 va 9-moddalarida davlat nazorati organlarining standartlarning majburiy talablariga
rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishlari hamda davlat inspektorlari, ularning huquqlari va
javobgarliklari to‗g‗risida ma‘lumotlar keltirilgan.
Standartlashtirish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik tafsilotlari 3-bo‗lim, 10-
moddada berilgan bo‗lib, ushbu Qonun qoidalari buzilishida aybdor bo‗lgan
yuridik va jismoniy shaxslar,
shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka
tortilishi aytib o‗tilgan.
Davlat yo‗li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta‘minoti bo‗yicha 4-
bo‗lim, 11-moddada quyidagilar keltirilgan.
Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini ishlab
chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish;
aniq standartlashtirish ob‘ektlari bo‗yicha qonun hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek standartlarning
tarkibiy tashkiliy-texnik va umumtexnik majmuilarini ishlab chiqish va ularning amal qilishini ta‘minlash;
texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish, ular to‗g‗risida rasmiy axborot tayyorlash va nashr
etish, shuningdek ularni barcha manfaatdor foydalanuvchilarga yuborish;
standartlashtirish bo‗yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‗zga isharni olib borish;
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
standartlar fondini, texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlarini, xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy)
standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini,
shuningdek standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alangan mahsulot va xizmatlar Davlat reestrini
shakllantirish hamda yuritish;
standartlashtirish sohasida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniqlaydigan o‗zga ishlar davlat
yo‗li bilan moliyaviy ta‘minlanishi shart.
Nashr qilingan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini, mahsulot va
xizmatlar
Davlat reestriga kiritilgan, standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alangan mahsulot va xizmatlarning
nashr qilingan (qayta nashr etilgan) katalogini sotishdan belgilangan tartibda olinadigan mablag‗lar, shuningdek
ushbu Qonun qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima mablag‗larining O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat nazorati organlariga yo‗llanadigan qismi ham standartlashtirish,
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir ishlarni moliyaviy ta‘minlash
manbalari bo‗lishi mumkin.
Respublika budjeti mablag‗laridan to‗liq yoki qisman ta‘minlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda
mahsulot sifatini normativ jihatdan ta‘minlash bo‗limlari nazarda tutilishi lozim.
Standartlar qo‗llanilishini rag‗batlantirish (4-bo‗lim, 12-modda).