46
– O‘zbekiston Respublikasi metrologik xizmatini mustahkamlash
va rivojlantirish;
– O‘zbekistonda o‘tkazilgan o‘lchov va sinov natijalarining xorijiy hamkorlar tomonidan tan olinishiga
ko‘maklashish;
– metrologiya va akkreditatsiya sohasidagi nohukumat xorijiy loyihalard a ishtirok etish;
– ―O‘zMMI‖ DK rahbariyati tomonidan chet el delegatsiyalari va vakillarining qabul qilinishi bilan bog‘liq
protokol tadbirlarni bajarish, shuningdek uchrashuv bilan bog‘liq materiallarni o‘rganib,
maqsadga muvofiqligidan
kelib chiqqan holda tavsiyalar ishlab chiqish;
– xorijiy hamkorlar va kompaniyalar bilan shartnoma va bitimlar tuzish hamda ularni amalga oshirishdan
iborat.
―O‘zMMI‖ DK qoshidagi O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish, metrologik ekspertiza qilish,
ilmiy – tadqiqot faoliyati va xalqaro munosabatlar bo‘limi quyidagi xizmat turlarini ko‘rsatadi:
- O‘lchash vositalari davlat reestriga O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan va unga import qilinadigan
o‘lchash vositalarini kiritish maqsadida o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish;
- O‘lchash vositalarini sinash «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan
davlat metrologik tekshiruv va nazoratining tarqalish doirasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan O‘zDst 8.009:2004
me‘yoriy hujjatga muvofiq respublikada o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishda yoki Respublikaga to‘plab olib
kirishda o‘tkaziladi.
Bo‘lim PVG – 06 – 2001 MDH mamlakatlarining davlatlararo kelishuvi «O‘lchash
vositalarini sinash va
turini tasdiqlash, qiyoslash, metrologik attestatlash natijalarini tan olish tartibi»ga muvofiq turni tasdiqlash
sertifikatlarini tan olish tartibotini amalga oshiradi. Tan olingan turni tasdiqlash sertifikatlari o‘lchash
vositalarini
Respublika hududida davlat metrologik tekshiruv va n azoratining tarqalish doirasida birlamchi qiyoslash muddati
tugaguncha ishlatish huquqini beradi.
Bo‘limda yangi ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalariga quyidagi me‘yoriy hujjatlar ekspertizasi ham
o‘tkaziladi:
– o‘lchash vositalari texnik shartlarining ekspertizasi;
– o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlarining ekspertizasi;
– o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarining ekspertizasi;
– o‘lchash vositalari va tizimlarini attestatlash uslubiyatlarining ekspertizasi;
Tadbirkorlik sub‘ektlariga qulay sharoitlar yaratish uchun o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlarining
loyihalari
va yakuniy tahrirlarini attestatlash, tasdiqlash va davlat reestrida ro‘yxatga olish, ularning amal qilish muddatini
uzaytirish maqsadida ekspertiza qilish, shuningdek xorijiy ishlab chiqaruvchilarning O‘lchash
vositasini tan olish
tartibotini amalga oshirish uchun IDXYAP (YEPIGU) orqali arizalar qabul qilish tizimi joriy qilingan.
―O‘zstandart‖ agentligining 2016 yil 17 iyuldagi 415 – sonli buyrug‘iga asosan ―O‘zstandart‖ agentligining
metrologiya bo‘yicha vaqtinchalik Ilmiy – texnik komissiya (ITK) a‘zolarining tarkibi tasdiqlangan. 10 – bo‘lim
boshlig‘i metrologiya bo‘yicha Ilmiy – texnik komissiya kotibidir. Metrologiya bo‘yicha ITK yig‘ilishlarida O‘V
tasdiqlangan turini tan olish, O‘V turini tasdiqlash bo‘yicha sinovdan o‘tkazish maqsadida hujjatlar to‘plamini
ko‘rib chiqish va tasdiqlangan turdagi O‘V sertifikatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqiladi.
Ushbu yig‘ilishda ―O‘zstandart‖ agentligi bosh metrologi tomonidan tasdiqlanadigan ITK bayoni olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: