39
―O‗zpaxtasanoat‖ uyushmasining raisi, tegishli bo‗lim boshliqlari, viloyatlar Paxtasanoat birlashmalari va
urug‗lik paxtani qayta ishlovchi korxonalari rahbarlari:
uyushma tizimidagi urug‗chilikka ixtisoslashtirilgan maxsus paxta tozalash korxonalari xo‗jaliklarda
yetishtirilgan urug‗lik paxtani DST 642-95 standarti, ―Paxta tayyorlash, qabul qilish va saqlash‖ yo‗riqnoma
talablariga asosan qabul qilish va saqlashga;
―Urug‗lik paxtani dastlabki qayta ishlash va urug‗lik chigit tayyorlash reglamenti‖ PDKI-44-2002 ―Urug‗lik
chigitni dorilash bo‗yicha tavsiyanoma‖ga asosan dorilashga;
g‗o‗za navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga qat‘iy rioya etgan holda urug‗lik chigit yetkazib
berishga;
urug‗lik chigitni dorilash, tayyorlash va iste‘molchilarga yetkazib berishning belgilangan muddatlariga qat‘iy
rioya etishga;
zaxiraga qoldirilgan urug‗lik chigitni standartlar asosida saqlanishini ta‘minlashga va undan keyingi
foydalanishni O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jalig i vazirligining ruxsati bilan amalga oshirishga
mas‘uldirlar.
Uyushmaning yuqorida qayd etilgan rahbarlari urug‗lik paxtani belgilangan tartibda qabul qilish, saqlash,
qayta ishlash, tozalash, saralash, tuksizlantirish, dorilash va dorilangan chigitlarni o ‗rnatilgan tartibda omborlarda
saqlab, ekish mavsumida paxta yetishtiruvchi xo‗jaliklarga o‗z vaqtida yetkazib berish uchun javobgardir.
Qishloq xo‗jaligi ekinlari urug‗larini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish Davlat markazi
―O‗zdavurug‗nazoratmarkaz‖ning boshlig‗i, Dala nazorati bo‗limi boshlig‗i, Markaziy sinov laboratoriya mudiri,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyat ―Davurug‗nazoratmarkazi‖ va paxta urug‗chilik laboratoriya mudirlari:
qishloq xo‗jaligi ekinlari navlarining genetik sofligini va urug‗ sifatini nazorat qilishga;
qishloq xo‗jalik ekinlari urug‗larni sertifikatsiyalashga;
urug‗lar sifatini aniqlash usullarini ishlab chiqishga, takomillashtirishga, urug‗ yetishtirish va sifatini aniqlash
bo‗yicha Davlat standartlarini, yangi us lubiy qo‗llanmalar va yo‗riqnomalarni ishlab chiqishga;
qishloq xo‗jaligi ekinlarining rayonlashgan va istiqbolli navlarni nav sofligini metodik asosida tahlil qilishga;
g‗o‗za navlarining tasdiqlangan joylashtirish tartibiga rioya etilgan holda ekilishini nazorat qilishga;
urug‗likka olinadigan qishloq xo‗jalik ekinlari aprobatsiyasini to‗g‗ri o‗tkazilishini nazorat qilishga,
laboratoriya tahlillaridan o‗tkazilgan urug‗liklarni arxivda to‗g‗ri saqlashga;
laboratoriyalar tomonidan urug‗likning standartlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi xulosalarning
haqqoniyligiga;
belgilangan tartibda tenderdan o‗tmagan urug‗chilik xo‗jaliklaridan urug‗lik paxtani ixtisoslashgan paxta
tozalash korxonalari tomonidan qabul qilinishini taqiqlashga mas‘uldirlar.
III. G‗o‗za urug‗chiligi va seleksiyasi masalasiga aloqador bo‗lgan mansabdor shaxslarning javobgarligini
aniqlash va ular tomonidan yetkazilgan moliyaviy zararni qoplash tartibi
Ushbu Nizomning II-bo‗limida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta‘minlamagan yoki lozim darajada
bajarilishini ta‘minlamagan mansabdor shaxslar qonunlarda belgilangan tartibda moddiy, intizomiy, ma‘muriy yoki
jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Mansabdor shaxslarning aybdorlik darajasini va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash O‗zbekiston
Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirining buyrug‗i bilan urug‗chilik va seleksiya sohasiga oid olimlar va
mutaxassislar, manfaatdor vazirlik va idoralarning mas‘ul xodimlaridan iborat bo‗lgan idoralararo komissiya
tomonidan amalga oshiriladi.
Idoralararo komissiyasining vakolatlari:
belgilangan vazifalarning bajarilishini ta‘minlamagan yoki lozim darajada bajarilishini ta‘minlamagan
mansabdor shaxslarning aybdorlik darajasini aniqlashdan;
mansabdor shaxslar tomonidan o‗zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta‘minlamaganligi yoki lozim
darajada bajarilishini ta‘minlamaganligi oqibatida yetkazilgan zararni aniqlashdan;
o‗z vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka
tortish bo‗yicha vakolatli organ yoki rahbarlarga takliflar kiritishdan;
belgilangan vazifalarning bajarilishini ta‘minlamagan yoki lozim darajada bajarilishini ta‘minlamagan mas‘ul
xodimlar tomonidan yetkazilgan moddiy zararlarni undirish to‗g‗risida da‘vo arizalari kiritishdan;
belgilangan vazifalarning bajarilishini ta‘minlamagan yoki lozim darajada bajarilishini ta‘minlamagan mas‘ul
xodimlarni ma‘muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish uchun to‗plangan hujjatlarni huquqni mu hofaza etuvchi
organlariga kiritishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: